Shok holati. Uzoq muddatli bosib qolish sindromi. Kuyishlar. Muzlash. Zaharlanish. Reja
Download 20.25 Kb.
|
Shok holati. Uzoq muddatli bosib qolish sind
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO`YISHDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
EZILISH SINDROMI
Oyoq - qullar tananing boshqa qismlari yumshoq tuqimalarninig zilzila vaqtida, bosib qolishda va boshqalarda uzoq muddatgacha turli narsalar (daraxt, toshlar, beton plitalar, uta og`ir buyumlar va hokazo) ostida bosilishi oqibatida yuz beradigan ma`lum simptomlar kompleksi e z i l i sh sindromi deyiladi. yoki shikastlanish taksikozi deyiladi. Bunda muskullar teri osti yog` kletchatkasi tomirlar va nervlar suyaklar majaklanadi va sinadi. Uzoq vaqt ezilish natijasida muskullar va boshqa tuqimalar qonga yolchimay qoladi natijada bu tuqimalarda nekroz boshlanib tuqimalar o`la boshlaydi va uzidan zaharli moddalar ajratadi. So`ng to`qimalarda yig`ilgan toksinli moddlar, shuningdek og`riq impulslari oqimi organizmga tushadi va shokni eslatuvchi klinik manzarani keltirib chiqaradi.
bemorning umumiy ahvoli dastlab ancha yahshi bo`ladi u umuman beholligidan ezilgan joyi og`rishidan shikoyat qilmaydi. Oradan 6-8 soat o`tgach shikastlangan oyoq- qo`lda shish paydo bo`ladi. Bu soxaning terisi avalgiga qaraganda oqaradi, so`ngra qizg`ish- ko`kimtir tusga kiradi. Terida ichi suyuqlikka to`la pufakchalar paydo bo`ladi , oyoq- qo`lini qimirlatib bol`may qoladi. Bemorning umumiy ahvoli og`irlashadi. Tana harorati 39 / 40 ga ko`tariladi. boshi qattiq og`riydi , qon bosimi avvaliga ko`tarilib keyin tushadi pulsi tezlashadi , buyrak ishi buziladi , oldin siydik ajralishi kamayadi so`ngra siydik umuman ajralmay qoladi – anuriya. KUYISH deb, tuqimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddlar, elektr toki, nur energiyasi ta`sirida kelib chiqqan jarohatga aytiladi. Kuyishlar turlari qo`yidagilar: termik: - issiq suvdan, olovdan, cho`g`dan, bug`dan kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksus essentsiyasidan nur energiyasi va elektr tokidan Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi. Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi. SHOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qo`zg`algan bo`ladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi. Toptid bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo`ladi. Siydik ajralishi kamayib, to`liq anuriyaga boradi. toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi. Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bo`ladi. Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza ko`p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bo`ladi. rekonvalessent( sog`ayish) davrida tana harorati , qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, to`qimalaring nekrotik qismlari kuchib tushadi, kuygan yuzada pushti rang sog`lom granulyatsiyalar paydo bo`ladi. TERMIK kuyish- tuqimalarga yuqori harorat, issiq suv bug` va boshqalar at`sir etganda sodir bo`ladi. Termik omil harorati nechog`li yuqori bo`lsa va termik omil qanchalik uzoq ta`sir qilsa to`qimalar shunchalik kup shikastlanadi. Erigan metal ta`sirida ayniqsa chuqur kuyish hollari kuzatiladi. to`qimalarning shikastlanishi xarakteri va chuqurligiga kura 4 darajaga bo`linadi: Kuyishning 1 darajasi: terining picha qizarishi va shishishi bilan ifodalanadi. Kuyishning bu darajasida teri kappilyarlari kengayadi va ularning utkazuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofidagi tuqimalarga chiqadi. Bu 2-3 kun davom etadi, keyin epidermis kuchib tushadi. kuyishning 2 darajasi – pufaklar paydo bulishi bilan harakterlanadi. pufaklar kuyishdan bir necha minut utkach paydo bulishi mumkin. terining yuza qatlami qavati jonsizlanadi. pufak yorilganda terining tiniq- qizil surgichsimon qavati kurinadi. Kuyish asoratsiz utganda 4-6 kunga kelib pufakdagi suyuqlik surilib ketadi. Kuyishning 3 darajasi terining barcha ichki qavatlarining jonsizlanishi bilan harakterlanadi. Kuygan yuzada to`q rangli pustloq paydo bo`ladi. Pustloq oqsillar koagulyatsiyasi (ivishi) va aylanishini tuxtashi hisobiga vujudga keladi. Kuyishning bu darajasida pustloq kuchgandan keyin u er ikkilamchi chandiqli bulib bitadi. Kuyishning 4 darajasi teridan tashqari birmuncha ichkarida joylashgan tuqimalar (teri osti tuqimasi, mushaklar , suyakalr) ning lonsizlanishi kuzatiladi. bu juda sekinlik bilan bitib, katta chandiqlar hosil bo`ladi. To`qimalarning ayrim joylari kuchub, hatto oyoq- qular uz- uzidan uzilib tushishi mumkin. kuyishning klinikasi kuygan yuzaning darajasi va maydoniga bog`liq. Gavdaning 30% va undan kuprogi` kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqadi va bunda bemor ulishi ham mumin. QO`YISHDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH yordamning asosiy maqsadi termik omil ta`sirini yiqotishdir. kuyishda aseptic bog`lam quyiladi, og`riqsizlantiruvchi dori yoki narktiklar yuboriladi, gavdaning shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi va shok profilaktikasi utkaziladi. Agare havo sovuq bo`lsa bemor issiq qilib urab quyiladi va davolash muassasasiga olib boriladi. kimyoviy moddadan kuyishda uni kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashalsh, qoldiqlarni esa neytrallash kerak. kislotalarni neytrallash uchun 2% li soda eritmasi qullaniladi. Qattiq kuyishda bu soxaga bur kukuki, kuydirilgan magneziydan mul qilib sepiladi. teriga yonib turgan fosfor bulakchalari tushganda gavdaning shu qismini suvga botirib turish, fosfor qoldig`ini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan sohaga 5% mis kuporosi eritmasiga xullangan bog`lam quyiladi yoki talk sepiladi. Download 20.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling