Shokirov toxirjon nurmamatovich


Download 114.2 Kb.
bet6/20
Sana06.05.2023
Hajmi114.2 Kb.
#1436218
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
9.02. автореф. вакка берл

Tadqiqot predmetini musiqiy meros vorisligining ijtimoiy-falsafiy jihatlari tashkil qiladi.
Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil, tizimli tahlil, analiz va sintez, dialektik va kompetentli yondashuv, kuzatuv, so‘rov usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
musiqashunos, san’atshunos, folklorshunos tadqiqotchilar uchun folklor, dostonchilik, maqom san’atida o‘z aksini topgan vorisiylikning zaruratini tahlil qilingan hamda “vorisiylik” bilan “madaniy meros” tushunchalari bir ma’no anglatuvchi tarixiy atama emasligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
ma’naviy yangilanish jarayonlari milliy madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan musiqiy merosni millatning identifikatsiyasini ifoda etishini hamda musiqiy meros bilan identifikatsiyalash orqali yoshlar ma’naviy madaniyati komponentlarini milliy-madaniy qadriyatlarga moslashtirish jarayoni aniqlangan;
ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom va barqaror ma’naviy muhitning vorisiylik an’analari asosida qaror topishi hamda uning muhim komponenti sifatida yoshlar musiqiy madaniyati tizimi (folklor, dostonchilik, milliy maqom san’ati) ilmiy-ijodiy mas’uliyatning epistemologik mezoni ekanligi dalillangan;
an’anaviy musiqiy meros namunalarining (folklor, dostonchilik, maqom san’ati) jamiyat madaniy taraqqiyotiga ta’siri funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida isbotlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
o‘zbek milliy madaniyatining asosi bo‘lgan folklor, dostonchilik, maqom san’ati rivojlantirishda vorisiylik dolzarb ilmiy muammo ekanligi asoslangan;
folklor, dostonchilik, maqom san’atining rivojlanishida vorisiylikka aksiologik munosabat va ilmiy-ijodiy faoliyat uyg‘unligini aniqlovchi omillarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tamoyillari hamda uning shaxs ijodiy faoliyatiga ijobiy ta’siri masalasiga doir uslubiy ko‘rsatmalar havola qilingan;
folklor, dostonchilik, maqom san’atida vorisiylikning mazmun-mohiyati tahlil qilingan va boshqa xalqlar milliy madaniy merosidan o‘zbek xalqining mentalitetiga mos bo‘lgan asarlarni kiritish taklif qilingan.

Download 114.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling