Sholi kassaliklar va ularga qarshi kurash choralari Reja


Download 22.5 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1407913
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sholi kassaliklar va ularga qarshi kurash choralari

Virus kasalliklari
G’o’zada 16 ta virus va 2 ta mikoplazmasimon organizm qo’zg’atadigan kasalliklar mavjudligi xabar qilingan, ammo ularning ba’zilari boshqalarining sinonimi misol uchun, antosianoz va barg buralishi «ko’k kasallik»; barg tomirlari mozaikasi va barg tomirchalari oqarishi barg g’ijimlanishi va h.k. bo’lishi ehtimol qilinadi. Virus va virussimon kasalliklar asosan tropik mamlakatlarda, ayniqsa Markaziy Afrika hamda Markaziy va Janubiy Amerika mintaqalarida kengroq tarqalgan. Bu kasalliklardan ba’zilarining tabiiy manbalari noma’lum, aniqlanganlari esa ekinlarga asosan oqqanot, kamroq hollarda o’simlik bitlari va saraton turlari hamda barg burgachasi yordamida tarqaladi.

2. Sholi kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.
Sholining unayotgan urug’lari va maysalari chirishi kasalliklarini Achlya, Bipolaris, Curvularia, Fusarium, Pythium va Rhizoctonia turlari, kamroq hollarda ba’zi boshqa mikromisetlar qo’zg’atadi. Bu kasalliklar O’zbekistonning turli iqlimli mintaqalarida tarqalishi va ekinga iqtisodiy zarari yetarli o’rganilmagan.

Don zararlanishi. Unayotgan urug’, maysa chirishi hamda tuplash-boshoqlash-mum pishish davrida o’simliklarning ildiz chirishlari kelib chiqishida infeksiyaning muhim manbaalaridan biri o’suv davrida don (boshoq, ro’vak, so’ta) zararlanishidir. Tajribalar natijalari ko’rsatishicha g’alla ekinlari va sholining donlari va boshqa generativ organlarini (qorakosov, ba’zi zang va qorakuya kasalliklaridan tashqari) bug’doyda 80 ta, arpada 54, javdarda 12, sulida 34, tariqda 19, tritikaleda 9, makkajo’xorida 30, oddiy va oq jo’xorida 42 va sholida 52 tadan ko’proq zamburug’ va har bir ekinda 1-2 tadan bakteriya turlari zararlashi aniqlangan. Fitoekspertiza paytida donda Alternaria, Ascochyta, Aspergillus, Bipolaris, Cladosporium, Curvularia, Drechslera, Epicoccum, Exserohilum, Fusarium, Mucor, Nigrospora, Penicillium, Pythium, Rhizopus, Sclerospora, Septoria, Trichothecium, Pseudomonas, Xanthomonas turkumlari namoyandalari va boshqa turlar tez-tez uchrab turadi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling