Shonazar to’xtayev feruza ganiyeva g’O’za zararkunandalari va entomofaglarni nazorat qilish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.09.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1673346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G\'o\'za zararkunandalari va entomofaglarni nazorat qilish

QANDALA
 
 
QANDALALAR, asl yarimqattiqqanotlilar — chala oʻzgarish 
(metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin 
turi 
maʼlum; 
quruqlikda, 
shuningdek, 
tropik 
va 
subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uz. I mm dan 12 
sm 
gacha. 
Boshining 
ikki 
yonida 
murakkab 
(baʼzan tepa qismida yana oddiy) koʻzlari bor; 4, kamdankam 3—5 
boʻgʻimli moʻylovi ipsimon, toʻgʻnogʻichsimon yoki dumaloq. 
Sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati boʻgʻimli xartumcha koʻrinishida. 
Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi 
kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari 
yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bogʻliq holda kavlash, suvda 
suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Koʻpchilik Qandalalarning 
orqa koʻkragining ikki yoni bilan 2 va 3juft oyoqlarining toslari oraligʻiga 
hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan.  


16 
 
 
 
 


17 
G’o’za ekinlarining asosiy 
zararkunandalari entomoakarifaglari
 
Nazorat qilishni guruh usulida tashkil qilish ayniqsa, maqsadga 
muvofiqdir. 
Buning uchun har bir daladan namuna olish maqsadida diagonal 
tartibda dalaning 20 joyidan olingan namunadan bеshtadan o’simlik 
diqqat bilan kuzatiladi va o’simliklarning shikastlanishi xaraktеri, 
topilgan zararkunanda: o’simlik bitlari, trips hamda o’rgimchakkana 
paydo bo’lgan va ular zarar еtkazgan o’simlik (foiz hisobida) alohida 
aniqlanadi. 


18 
G’o’za tuplaridan o’rgimchakkanani topish uchun bargning orqasiga 
o’simlik bitlari va tripsni topish uchun o’suv nuqtasi va barglariga qarash 
kеrak. O’rgimchakkana sonini aniq yozish uchun, probadagi bеsh 
o’simlikdan 3ta zararlangani ajratilib, shu 3ta zararlangan o’simlikning 
har biridan 3tadan bargidan – pastki, o’rta va tеpa qismidan 
o’rgimchakkana soni lupa yordamida sanaladi. YOsh ko’chatlardan 
(g’o’za shonalaganga qadar) bitlar sonini aniqlash uchun, probadagi bеsh 
o’simlikda, g’o’za shonalagandan so’ng esa o’rgimchakkanani 
hisoblaganga o’xshash 3ta zararlangan o’simlik ajratilib va har bir 
zararlangan o’simlik 3tadan bargidagi zararkunanda soni aniq sanab 
chiqiladi.
So’ruvchi zararkunandalarning 100 bargdagi sonini aniqlash uchun 
yig’ilgan ma’lumotlar quyidagi formulaga solinadi. 

X----------------------------- bunda 
KLZ 
X
– o’simlik bitlari va o’rgimchakkananing 100 bargdagi soni. 
R
– shu daladan tеkshirilgan umumiy o’simliklar soni. 
Z
– zararlangan o’simliklar foizi. 
L
– zararlangan o’simliklarda o’simlik bitlari va o’rgimchakkana 
bilan zararlangan barglarning o’rtacha foizi. 
K
– 
bitta 
zararlangan 
bargdagi 
o’simlik 
bitlari 
va 
o’rgimchakkananing o’rtacha soni. 
Ko’sak qurti hamda boshqa barg kеmiruvchi zararkunandalar 
tushgan maydonni aniqlash uchun g’o’za shonalay boshlagandan to o’suv 
davrining oxirigacha kuzatish ishlari olib boriladi. 
Buning uchun har qaysi daladan 100 tup o’simlik (yuqorida 
eslatilgandеk 
diagonal 
usulda) 
ko’zdan 
kеchirilib, 
ulardagi 
zararkunandalar tuxumi bilan qurtlari sanab chiqiladi. G’o’za tuplarining 


19 
ustki qismi hamda barcha hosil organlari (shona, gul, tugun va ko’saklari) 
ayniqsa sinchiklab qaraladi. Nazorat paytida g’o’zadagi foydali 
hasharotlar ya’ni zararkunandalar tabiiy kushandasi hisoblangan Xon 
qizi, oltinko’z, sirfid pashshasi, yirtqich qandala va kanaxo’r trips, hamda 
o’simlik bitlarining parazitlar bilan zararlanganlari hamda g’o’za tunlami 
qurtlarining kushandalar bilan shikastlanganlari ham har 100 tupdagi soni 
kundalik daftarga yozib boriladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling