Shoniyazov og`abek


Download 45.36 Kb.
Sana21.03.2023
Hajmi45.36 Kb.
#1285606
Bog'liq
TARIXIY GEOGRAFIYA 5-Semenar

Bajaruvchi: Jumaboyev A.

TARIXIY GEOGRAFIYA

Savollar

  • 1. Kartografiya va tarixiy kartografiya fanlari nimani o'rganadi?
  • 2. Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti haqida nimalarni bilasiz?

1-Javob

  • Karta — bu tarixiy hujjat bo'lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, sodir bo'lgan voqealar, vayron bo'lgan va yana tiklangan shaharlar, daryo o'zanlarining o'zgarishi, unutilgan qadimgi sugorish inshootlari, xalqlar tarixini hududlar bilan boglab o'rganadi.
  • Kartografik tasvirlarga nisbatan “karta” so'zining qo'llanilishi Uygonish davrida lotinchadan “charta”(varaq, qogoz) so'zidan, o'z navbatida u qadimgi yunon tilidagi “xartes” (papirusdan tayyorlangan qogoz) so'zidan olingan. Bu so'z ilk bor Portugaliyadagi XIV asr kartalarida uchraydi. Karta so'zi aslida lotincha “chartes” — xartes so'zidan olingan bo'lib, yozuv uchun mo'ljallangan papirus varagi degan ma'noni bildiradi.
  • Tarixiy kartografiya — ilmiy fan bo'lib, u asosan tarixiy kartalar va atlaslarni tuzish, ularning uslubiyatini ishlab chiqish bilan shugullanadi. Kartografik uslubning tarix fanida qo'llanilishi tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo'llanmalar yaratilishiga olib keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik oqibatlar ko'rsatib o'tiladi. Umumiy tarixiy kartalar bu jarayonlarni yanada to'liqroq ko'rsatishga, ochib berishga harakat qiladi
  • Tarixiy kartalarning turli xillari bo'ladi: tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlik harakati, dehqonlar qozgoloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy, madaniyat tarixi bo'yicha va boshqa kartalar kiradi. O'quv-tarixiy kartalar o'rta va oliy maktablarda o'qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo'ladi.

2-Javob

  • Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geografiyaga bogliq bo'lib kelgan. 1579-yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo'shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603-yili 38 ta kartadan iborat bo'lgan antik davrning geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi.
  • XVII asrning ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar va V.Dyuval atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo'limi bor edi. XVIII asr oxirida fransuz kartografi J.B.D`Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi.
  • Orteliydan tortib to XIX asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy voqealar bo'lib o'tgan hududlar, geografik sayohatlar yo'nalishlari aks ettirilgan edi. Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibroqim payhambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odissey yurgan yo'llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy ma'lumotlar ham qayd qilina boshlangan.
  • Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958-yil Polshada nashrdan chiqqan Plots voevodligi tarixiga oid atlasning alohida o'rni bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining muhim elementi — bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to'la aks ettirish, tarixiy jarayonlarning iqtisodiy tomonini ochib berishdir.
  • O'rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma'muriy, tarixiy kartalar kam yaratilgan bo'lsa-da, demografik, hududlarning iqtisodiy tarixiga oid kartalar esa deyarli bo'lmagan.
  • O'rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so'ng Turkiston general-gubernatorligi va yarim mustaqil Buxoro amirligi va Xiva xonligining o'sha davrga oid ba'zi kartalari mavjud. O'zbekiston xalqlari tarixiga oid kartalar mavjud bo'lsa-da, tarixiy- geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-demografik kartalarni yaratish o'zbekistonlik olimlarning birinchi galdagi vazifasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1.Багров Л.С. Карты Азиатской России. Исторические заметки. — Петроград, 1914.
  • 2.Баранский Н.Н. Экономическая картография. Вып. 3. — М.,1940.
  • 3.Берлянт А.Н. Карта рассказывает. — М.: Просвещение. 1978.
  • 4.Булгаков П.Г. Глобус Беруни // Общественные науки в Узбекистане. 1965, №1.
  • 5.Булгаков П.Г., Розенфельд Б.А., Ахмедов А.А. Мухаммад ал-Хорезми. — М.: Наука, 1983.
  • 6.Книга Большому Чертежу. Под ред. К.Н.Сербиной. — М.-Л.: Изд-во АН СССР, 1950.
  • 7.Мирзалиев Т.М., Мухитдинов Ш.М., Базарбаев А. Атласное картографирование в Узбекской ССР. — Т.: Фан. 1990.

Download 45.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling