Sho’rxoklarning kelib chiqishi,klassifikatsiyasi. Ekinlarning rivojlanishiga sho’rlanishning ta’siri
Download 34 Kb.
|
1404299340 52573
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sho’rhoklar klassifikatsiyasi
- Adabiyotlar
Sho’rlangan tuproqlar Reja:
Sho’rxoklarning kelib chiqishi,klassifikatsiyasi. Ekinlarning rivojlanishiga sho’rlanishning ta’siri. Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar. Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar meliorasiyasi. Sho’rlangan tuproqlar deb,tarkibida qishloq xo‘jalik o’simliklari uchun zararli miqdorda suvda oson yeruvchi tuzlar saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson yeruvchi tuzlar jumlasiga odatda sovuq suvda yeruvchanligi gipsga (SaSO4 2H2O) nisbatan yuqori bo’lgan tuzlar kiritiladi. Sho’rlangan tuproqlarga sho’rhoklar, sho’rhokli tuproqlar va sho’rtoblar kiradi. Sho’rlangan tuproqlar quruq dasht va chala cho’llar, cho’llar zonalarida keng tarqalgan bo’lib, shuningdek dasht, o’rmon dasht va tayga o’rmon zonasida uchraydi. MDH hududida sho’rlangan tuproqlar 52,3 mln gektar yoki barcha tuproqlar maydonining 2,4%ini tashkil etadi.Shulardan sho’rtoblar 35 mln ga to’g’ri keladi. Bundan tashqari zonal tuproqlar orasidagi sho’rtoblar kompleksi qariyb 70 mln,gektarga yaqindir.Shunday qilib sho’rhoklar,sho’rtobli tuproqlarning umumiy maydoni 120 mln ga yoki 5,4% ga barobardir. Sho’rxoklarning kelib chiqishi. Sho’rlangan tuproqlar jumladan sho’rhoklarning kelib chiqish sabablari juda ham xilma-xil. Bulardan biri va eng muhimi quruq iqlimli sharoitda tarqalgan va tarkibida turli xildagi tuzlar saqlovchi ona jinsidir. Tuzlarning shamol yordamida qattiq chang holida yoki atmosfyera yoig’nlari natijasida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishiga tuzlarning impulvyerizatsiyasi deyiladi. Sho’rhoklar klassifikatsiyasi. Tuproqlar sho’rlanish darajasiga ko’ra: sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va sho’rhokka bo’linadi. Dastlabki genetik tip belgilarini saqlagan ustki gorizontlarida tuzlar eng ko’p bo’lgan, kuchli sho’rlangan tuproqlar sho’rhokli tuproqlar deyiladi.Mazkur tuproqlar o’tloqi-sho’rhokli,botqoq sho’rhokli, taqir-sho’rhokli va sho’rhokli bo’z tuproqlarga bo’linadi Ekinlarning rivojlanishiga sho’rlanishning ta’siri. Tuproqlarning sho’rlanishi ekinlar hosilini keskin ravishda kamaytirib yuboradi. Кuchli sho’rlangan yerlarda esa o’simliklar bo’tunlay o’smay, nobud bo’ladi. O’simliklar va tuproq o’rtasidagi suv almashinishining buzilishi minyeral oziq moddalarining o’simlik hujayralariga o’tishiga katta salbiy ta’sir etadi. Qayta sho’rlanishga qarshi kurashdagi muhim tadbir sug’orish sistemalarida suvni qat’iy belgilangan miqdorda sarflashdan, minyerallangan suvni oqizib yuborish maqsadida zovurlar qurish, o’simliklarni yomg’irlatib sug’orish, yaxshi zovurlashgan sharoitda tuproq sho’rini yuvilishi puxta o’tkazishdan iborat. Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar. Sho’rtoblar deb, illyuvial qatlamning tarkibida ko’p miqdorda singdirilgan holatdagi almashinuvchi natriy,ba’zan (O’rta Osiyo sharoitidagi sho’rtobsimon tuproqlarda) esa ancha miqdorda singdirilgan magniy ham saqlovchi tuproqlarga aytiladi.Sho’rtob tuproqlarning eng asosiy xususiyati illyuvial qatlamining kuchli dispyerslangan va shu tufayli suv fizik xossalarining yomonligi hisoblanadi.Tuproqda suvda oson yeriydigan tuzlarning ko’payishi singdiruvchi kompleksning natriy bilan to’yinishiga olib keladi va natijada sho’rtoblanmagan tuproq asta sekin sho’rtobga aylanadi.Sho’rtob tuproqlar sho’rlanish haraktyeriga ko’ra sodali,soda-sulfat-xloridli va xlorid-sulfatli sho’rtoblarga ajratiladi. Sho’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar meliorasiyasi. Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarni yanada kengaytirishda asosiy manba hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalanish bu tuproqlar unumdorligini yaxshilash,dehqonchilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida qayd qilinganidek, sho’rtoblar agronomik xossalarining yomon bo’lishiga asosiy sabab singdirilgan natriy hisoblanadi. Shuning uchun sho’rtob tuproqlar unumdorligini oshirishdagi asosiy tadbir singdirilgan natriyli gips yoki boshqa kalsiy tuzlari tarkibidagi kalsiy kationi bilan almashtirishdir. Natriy sulfat tuzi tuproqdagi yomg’ir suvi yoki yer sho’ri yuvilganda tuproqning pastki qatlamiga cho’kadi. Bundan tashqari sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarga o’g’it solish, sho’rtobli qatlamlarni ag’darib chuqur haydash, sug’orish ishlarini keng ko’lamda joriy qilish,yer ostki suvlar yuza joylashgan yerlarda zovurlar qazib ularning satxini pasaytirish kabi tadbirlar bu tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlarini yaxshilab, unumdorligini oshirishdagi asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Agar agromeliorativ tadbirlar o’z vaqtida va to’g’ri qo’llanilsa bu yerlarda ekin ekib, ulardan mo’ttasil yuqori hosil olish mumkin. Adabiyotlar: Abdullayev X.A. O’zbekiston tuproqlari. T:,1977 Boboxo’jayev.I. Uzoqov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi. Boboxo’jayev I. Uzoqov P. «Tuproqshunoslik» T: Mehnat 1995. Bohodirov M. Rasulov A. «Tuproqshunoslik» T: O’qituvchi 1975. Кaurichev I.S. Pochvovedenie M. Кolos 1989. Peyve Ya.V Bioximiya pochv M.Selxozgiz 1949. Rasulov .M. Irmatov I. Tuproqshunoslik, dehqonchilik asoslari bilan T. O’qituvchi 1980 Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling