Shovqin intensivligini hisoblash. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini tadqiq qilish
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish yo‘llari
Download 0.63 Mb.
|
I4nUhbImp0qhLPGb06YAEsKDzmqK-mzz
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish yo‘llari. Mashina-mexanizmlar va jihozlarning ish jarayonida hosil bo‘ladigan titrashlarini, yoki titrash manbaiga ta’sir etib, yoki butun tebranuvchi tizimga ta’sir etish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.
Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining xarakterli xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zaro uzviy bog‘langan hamda qo‘zg‘aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanuvchandir. Shu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarda titrashni yuzaga kelishiga ularning o‘zaro birikkan detallari orasidagi zazorlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo‘ladi. Bu kuchning miqdori va o‘zgarishi ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning xarakteriga (dinamik, statik), tizim elementlarining harakat turiga (aylanma harakat, ilgarilanma – qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning balansirlanganlik darajasiga va detallar orasidagi zazorlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Ularga ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning teng ta’sir etishiga erishish, krivoship mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi. 4.2-rasm. Insonga umumiy tebranish hosil qiluvchi mexanizmlar.3 Bundan tashqari turli xil konstruksiyadagi titrash izolyatorlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bunday izolyatorlarga AKSS-15M, AKSS-25M, AKSS-400I larni misol qilish mumkin. Titrash bilan ishlovchi jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo‘lni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan ushlagich misol bo‘la oladi (4.3. – rasm). Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyafzallardan foydalaniladi. 4.3 – rasm. Havo yostiqli titrashdan himoyalovchi ushlagich: 1 – rezina qobiq; 2 – «nippel»li kiritish teshigi; 3 – havo bo‘shlig‘i. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling