Shovqin intensivligini hisoblash. To’siqli konstruktsiyalarda tovush izolyatsiyasini tadqiq qilish


Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari


Download 0.63 Mb.
bet4/9
Sana23.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1112276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
I4nUhbImp0qhLPGb06YAEsKDzmqK-mzz

Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari. Ishlab chiqarishda shovqin ta’sirini kamaytirish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
1. Shovqinni hosil bo‘ladigan manbasida kamaytirish.
2. Shovqinni tarqalish yo‘lida so‘ndirish.
3. Masofadan boshqarish qurilmalaridan foydalanish.
4. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
5. Profilaktik tadbirlar.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘ziga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni, shovqin manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va uchastkalarining joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, eyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10…15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish – 10 …12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish – 10…15 dB ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish – 5…10 dB ga kamaytirishga imkon beradi.


4.1-rasm. Shovqindan umumiy muxofazalanish.1

Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki yonuv dvigatellarini ishlashi vaqtida ham yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon harakati natijasida sodir bo‘lganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samada bermaydi. Shu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin yo‘liga shovqin susaytirgichlar o‘rnatish orqali kamaytiriladi.


Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo‘lishining asosiy sababi-o‘zgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi hisoblanadi. Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orqali kamaytiriladi.
O‘ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyasiyalashda tovush kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni susaytirish yo‘llaridan yana biri binolarga akustik ishlov berish, binolar va sexlarni to‘g‘ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, porolon, mineral momiq, shishatola, g‘ovak polivinilxlorid kabilar ishlatiladi. Bunday g‘ovak materiallar o‘ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali shovqin darajasini susaytirish va me’yorlashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shaxsiy himoya vositalari – quloqchinlar va maxsus tamponlardan foydalaniladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling