Сho’yan metallurgiyasi. Cho’yan va po’lat ishlab chiqarishdagi kerak bo’ladigan xomashyo
Download 81.52 Kb.
|
odina
СHO’YAN METALLURGIYASI. CHO’YAN VA PO’LAT ISHLAB CHIQARISHDAGI KERAK BO’LADIGAN XOMASHYO. MIDREX VA ROMELT PECHLARI. Ibotov Bobur Odil o’g’li Metallurgiya kafedrasi assistenti Navoiy Davlat Konchlik va texnologiyalar Universiteti talabasi Bobomurodova Odina Annotatsiya: Kalit so’zlar: magnit temirtosh, maydalash va saralash, yuvish, okatishlar, rudani boyitish, po’lat olish, romelt, midrex. Hozirgi vaqtda cho’yan asosan domnalarda ishlab chiqariladi 1tonna suyuq cho’yanning xalqaro narxi 140-160 doll ga teng. O’zbekistonda faqat bitta kambinat-Bekobot metallurgiya kambinati qora metallurgiyaga ixtisoslashgan.kambinatda marten usulida po’lat olinadi. Cho’yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar temir rudalari yoqilg’ilar(koks,toshko’mir) flyus(ohaktosh, qum).Ruda sifatida qizil,qo’ng’ir,magnet hamda shpat temirtoshlardan ishlatiladi.rudani boyitish jarayonida yirik rudalar maydalanib mexanik g’alvirlarda elanib 30-80mm bo’laklarga saraladi.Maydalangan magnit temirtosh magnit separatoring uzluksiz harakatlanuvchilentasiga yuklab turiladi. Ruda elektro magnitning tasir zonasiga kirganda uning temir oksidli qismi elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan tozalanadi.boyitilgan temir rudasi tashqaridagi maxsus yashikka ortila boradi.keyingi yillarda mayda temir rudalariga vaboyitmalariga malum miqdorda ohaktosh va koks maydalari, biro z bentonit gil qo’shib suv bilan qorishtirilgan massa sayoz idishda ishlov berilib, diametri 25-30mm g’ovak sharsimon bo’lak (okatish)lar olinadi. Ularni pechda 1300-1400c haroratda qizdirib, pishirilgandan so’ng saralanadi.Okatishlardan foydalanish koksni tejash imkonini beradi. Kuydirish jarayonida okatishlar ikki xil turda parchalanib ketishi mumkun:okatishlar yuzasida yoriq hosil qiluvchi va yuqori haroratda mayda bo’lakchalarga sochiluvchi portlovchi parchalanish.yoriq hosil bo’lishi qurutish jarayonining boshlang’ich davrida quritilayotgan okatish tarkibida namlik borligi hisobiga sodir bo’ladi. Qurutishning bu bosqichida okatish o’zini egiluvchan yelim kabi namoyon qiladi. Okatishlarning yoriqlar hosil qilishi va parchalanishga mustahkamligi shaxtadagi namlikga bog’liq bo’ladi. Namlik qachon yuqori bo’lsa parchalanish harorati shuncha past bo’ladi. Okatishlovchi shixtalarning talabi 40-50% qattiq moddalar, 15-20%namlik, 35-45% xavo.Okatish hosil qilishda gaz hosil qilishda gaz hosil qiluvchi faza kamayadi, quritishda esa teskarisi. Okatishlarni dastlab qizdirib, keyin mashinada transportirovka qilinadi. Cho’yan tarkibidagi uglerod miqdorini Mn, Cr, V oshiradi. Uglerod miqdorini kamayishiga Si, P, Cu sababchi bo’ladi.SHuning uchun ferromarganets va yuqori marganetsli cho’yanda uglerod miqdori yuqori, odatiysiga qaraganda qayta ishlangani (7%gacha), quyma cho’yanda esa kremniyning konsentratsiyasini oshishi uglerod miqdorini tushiradi (3,4-4,5%). Cho’yanda 94% Fe va 6% turli qo’shimchalar bor.Cho’yanni po’latga qayta ishlash jarayonida qo’shimchalarning asosiy qismi oksidlanadi. Po’latni eritishda suyuq cho’yan 100%ni tashkil qiladi. Boksid po’lat ishlab chiqarishda flyus sifatida ishlatiladi, shlakni haroratini tushurishda va suyuq holda harakatini va shlak hosil bo’lish jarayonini oshiradi. Boksid juda oz miqdordagi kremnezemni o’z ichiga olgan holda po’latni erishini sezilarli darajada kamaytiradi. Hozirgi kunda malum bo’lgan ikki bosqichli suyuq fazali jarayonlar Corex, Romelt, Dios,AISI, Hismelt usullari bor. Romelt jarayonida temir oksidlari yuqori haroratda suyuq eritmada tiklanadi.Bu jarayonda tarkibida kremniy va marganest kam bo’lgan (0,05-15%)cho’yan olinadi.Yoqilg’I sifatida koks va ko’mirdan foydalaniladi temir tarkibli kontsentratga ko’mir va ohak uzluksiz ravishda Romelt pechiga yuklanadi.Pechdagi jarayonlar qizdirilgan shlak eritmasida vannaning barbotaj qilinadigan zonasida sodir bo’ladi. Bu jarayonda shlak bo’sh jinslar, ko’mirning kuli, fuluslardan hosil bo’ladi.SHlak va cho’yan cho’kuvchi hajmi pech ishchi hajmining yon qismida joylashgan. Romelt pechining ishlab chiqarish unumdorligi 31t/s bo’lganda uning tag qismining maydoni ni tashkil etadi. Romelt pechida egzoz gazlarining energiysi bug’ yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Jarayonda qimmat kokslanadigan ko’mir o’rniga arzon termik ko’mirdan foydalaniladi. Tarkibida temir bo’lgan har qanday xomashyoni shu jumladan chiqindilarni 1 bosqichda dastlabki tayyorlovsiz qayta ishlash imkonini beradi. Temirni yuqori haroratda olinishi ta’minlanadi, eng kam temir miqdori 30% bo’lgan boyitilmagan yoki ozgina boyitilgan rudalarni qayta ishlanadi. Midrex jarayoni oksidlangan okatishlarni shaxtali pechda konvertirlangan tabiiy gaz bilan tiklash jarayoni hisoblanadi.SHaxtali pechlarda metallashtirish jarayoni 0,2MPa gacha bosimda olib boriladi.Midrex jarayonining barcha bosqichlari nisbatan past bosim ostida (1,3-2 atm)sodir bo’ladi.Pechda hosil bo’ladigan tiklanish mahsulatlari CO2 vaH2O ning bir qismi reformerda tabiiy gazni konversiyalash uchun ishlatiladi, qolgan qismi esa texnalogik sikldan chiqariladi. Suv bug’larining ko’pgona qismi chiqindi gazlarni sovitishda yo’qotiladi. Yoqilg’ining umumiy sarfini kamaytirish va reformerda hosil bo’ladigan xira gazlarni issiqligidan samarali foydalanish maqsadida, tabiiy gaz va yoqilg’I gazlarini yondirish paytida ularni rekuperatorlarda tozalanadi. Rekuperatorlarda xira gazlarni harorati 1125 C dan 280 C gacha nominal ko’rsatgichgacha tushuriladi. Midrex jarayonini tezlashtirish maqsadida kislaroddan foydalanib, tabiiy gaz sarfini kamaytirishga qaratilgan texnalogiyalar ishlab chiqilmoqda. Kislaroddan foydalanishning ikki ta yo’nalishi ishlab chiqilgan : gazning xaroratini taxminan 970 C oshirish maqsadida tiklovchi gazga kislorod puflash;tabiiy gazning kislorodli konversiyasi bunda olingan konvertor gaziga pechning markaziy qismidan kislarod puflash, bunda ham tiklovchi gazning harorati 970 C gacha yetkaziladi. Qaytaruvchi gaz tabiiy gazdan nikel katalizatori ishtirokida olinadi, shuning uchun katalizator zaharlanishining oldini olish uchun tabiiy gazni oltingugurt izlaridan tozalash kerak (oltingugurt 0,0014% dan oshmasligi shart). Midrex texnalogiyasining nochorligi temirni gaz bilan kamaytirishning past tezligi bilan bog’liq. Texnalogik jarayon uchun yoqilg’i sarfi 360-430 kg ni tashkil etadi. Midrex texnalogiyasining afzalliglaridan biri oltingugurt va fosfor uchun mahsulotlarning yuqori sifatliligi chunki oltingugurt va fosforni ko’mir bilan kiritilishi istisno qilinadi. Cho’yan tarkibidagi fosfor 0,1 dan 0,3 % gacha bo’lishi mumkin. Ushbu ko’rsatilgan oraliqdagi fosforni po’lat quyishda osonlik bilan chiqarib tashlash mumkin. Cho’yan tarkibidagi fosforni ko’payishi qo’shimcha ohaktosh ishlatishni talab qiladi va buning natijasida agregatlarning ishlab chiqarish unumdorligi kamayadi.Natijada jarayon iqtisodiy jihatdan zarar ko’radi.Fosforli cho’yan tarkibida 1,0-2,2% gacha fosfor bo’lishi mumkin. Cho’yan tarkibidagi oltingugurtning ko’pligi eritish vaqtining uzayishiga olib keladi. Tarkibida kam miqdorda oltingugurt bo’lgan cho’yandan po’lat quyish iqtisodiy jihatdan qoplanmaydi. Cho’yanlar tarkibdagi Cu, Ni, As lar po’lat quyish jarayonida metalldan ajralib chiqmaydi, bunday cho’yanlar tabiiy minerallashgan cho’yan deyiladi. Bundan tashqari tarkibida marganets bo’lgan madanlarni asosan marganetsi kam bo’lgan cho’yan (0,2-0,4% marganets) eritishda ishlatiladi. Hozirda O’zbekistonda 200 ga yaqin mayda Download 81.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling