Shponka ariqchisini gorizontal va vertikal frezalash dastgohlarida hosil qilish


Download 261.69 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi261.69 Kb.
#1678994
Bog'liq
Shponka ariqchisini gorizontal va vertikal frezalash dastgohlarida hosil qilish


Shponka ariqchisini gorizontal va vertikal frezalash dastgohlarida hosil qilish. Ishlov berish uchun xomashyo, kesuvchi va moslama tanlash
Reja:

1. Shponka frezalash stanoklari


2. Freza stanogi haqida tushuncha.
3. Frezalashda kesish elementlari.

Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy tushunchalar


Shponka frezalash stanoklari shponka pazlarini frezalash uchun xizmat qiladi. Bir shpindelli vertikal shponka frezalash stanogi shpindel freza bilan birga bosh harakat—aylanma harakat oladi. Bundan tashqari paz o'qi bo'ylab to'g`ri chiziqli surish harakatiga ega bo'ladi va paz bo'yicha yurishning oxirida vertikal surish harakatini ham oladi. Ishlov beriladigan zagotovka stolga o'rnatiladi.
6Д92 modelli shponka frezalash stanogi yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlay.

Har yurishning oxirida karetkaning vertikal surilishi avtomatik tarzda sodir bo'ladi. Ishlov berish jarayonida paz kengligi 0,02-0,03 mm dan ortmaydi. Yuza tozaligi 6-7 sinflarga yetadi. Kesuvchi asbob—shponka frezasini 15-20 martagacha qayta charxlash mumkin, ish unumdorligi 2-3 marta ortadi.
Kopirli-frezalash stanoklari kulachok, shablon, press-forma, shtamp, turbina parraklari, murakkab korpus tipidagi detalarning shakl-dor yuzalariga ishlov berish uchun mo'ljallangan. Ishlov berish kopir (shablon) bo'yicha bajariladi; kopir ko'pincha ishlanayotgan detalga nisbatan 1:1 masshtabida tayyorlangan bo'ladi.
Kopirli frezalash stanoklari quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi: stanok bajaruvchi mexanizmi (freza bilan birga)ning harakati kopirlash qurilmasining sezgir elementi (shup, nakonechnik)ning harakati bilan bog`langan bo'lishi zarur. Sezgir element (shup) kopirning pro-filiga tegib turadi. Shu tufayli kopirli frezalash stanoklarining tarkibida kuzatuvchi yuritma bo'lishi kerak. Ishlash prinsipi bo'yicha kuzatuvchi yuritmalarning gidravlik, mexanik, elektrik va elektrogidravlik turlari bo'ladi.
Kopirlash ishlari ikki turga ajratiladi: kontur bo'yicha kopirlash (tekislikdagi yassi egri chiziqlar bo'yicha ishlash va hajmiy kopirlash (yuzalarga ishlov berish).
641 modelli kopirli-frezalash stanogi yassi kopir bo'yicha, shuningdek hajmiy kopirlash prinsipi bo'yicha ishlaydi. Stanokda kuzatuvchi yuritmalarning mexanik turlaridan bo'lgan pantograf (to'rt zvenoli sharnirli parallelogramm) qo'llangan. Bu stanokda kopirlash masshtabi 1:1,5+1:10 oralig`ida bo'lishi mumkin.

6Б443 modelli kopirli-frezalash stanogi yarim avtomat siklida ishlab , surishlarning elektrogidravlik kuzatuvchi yuritmasiga ega. Stanok kopir bo'yicha fazoviy murakkab shaklga ega bo'lgan shtamp, kokil, press-formalarni tayyorlashda qo'llaniladi.
ЛР397ФЗ modelli kopirli-frezalash stanogi raqamli dastur bo'yicha boshqarilib, fazoviy murakkab shakldagi press-forma, matritsa, shtamplar va shunga o'xshash detallarni ishlab chiqarishda foydala-niladi. Bu stanokda frezalash, parmalash va teshik kengaytirish operatsiyalarini, shuningdek raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan frezalash stanoklari uchun boshqarish dasturlarini tayyorlash mumkin. Stanok tezkor harakatlanuvchi kuzatish yuritmasiga ega
Frezalash stanogi - detallar ning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli gʻiddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash prinsipi 16-asrda Leonardo da Vinchining dumaloq egov koʻrinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo boʻlgan. 1665 yilda Pekinda aylanuvchi egov oʻrnatilgan stanok kurilganligi maʼlum. Hozirgi zamon Frezalash stanogining nusxalari 19-asrda vujudga kela boshlagan.
Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga boʻlinadi.
Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar bilan ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishdasiljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogilardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (andozalar, kulachoklar va boshqalar)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviymurakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka Frezalash stanogidan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga torets frezalari bilan ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki torets yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogi lari qoʻllaniladi.
Yogʻoch ishlash Frezalash stanogida freza mahkamlanadigan aylanuvchi vertikal shpindel mavjud. Undan zagotovkalarni kesib ishlashda foydalaniladi. Oddiy, karusel (bir va ikki shpindelli) va andaza bilan ishlaydigan xillari bor.
Фрезалашфреза деб аталувчи куп тишли кесувчи асбоб ёрдамида заготовкани кесиб ишлаш жараёни. Фрезаларнинг куйидаги турлари мавжуд: цилиндрик ёки ук фрезалар, кесиб иккига ажратувчи, бурчак фрезалар, торец, бармоксимон, фигурали, тарок, модулли фрезалар.
Фрезалар тишларининг шаклига кура куйидаги турларга булинади:
а) тишлари уткир учли фрезалар.
б) тишлари кертилган фрезалар.
Тишлари уткир учли фрезалар орка юзасидан, тишлари кертилган фрезалар эса олдинги юзасидан кайта чархланади.
Фрезалашни 2 хил усули мавжуд:
1. Суриш йуналишида фрезалаш. Бунда фрезанинг айланиш йуналиши суриш йуналиши билан бир томонда булади.
2. Суришга карама-карши йуналишда фрезалаш. Бунда фрезани айланиш йуналиши суриш йуналишига тескари булади.
Йулаки фрезалаш билан карши фрезалашни бир-бирига таккослаб куйидагини кайд килиш мумкин: йулаки фрезалашда фрезанинг хар бир тиши металнинг маълум катталикдан максимумгача булган катламини кесиб олади, натижада фрезани тиши фрезаланаётган юза билан контактда булган пайтда унга энг катта кучланиш тушади. Шу сабабли металлнинг зичланган кобигини фрезалашда ёки куйилган катламини фрезалашда йулаки фрезалаш усулидан фойдаланиш тавсия этилмайди.
Заготовканинг фреза кесувчи тигларига нисбатан буйлама йуналишда силжиш киймати суриш дейилади. Фрезалашда куйидаги суришлар булади.
Sz-фрезанинг бир тишига тугри келадиган суриш
Sайл.-фрезанинг тула бир марта айланишига тугри келадиган суриш
Sм-минутига тугри келадиган суриш.
Бу катталиклар орасидаги богланишни куйидагича ёзиш мумкин.

Фреза бир марта утишда кесиб олган материал катламининг фреза укига перпендикуляр йуналишда улчанган киймати фрезалаш чукурлиги дейилади ва “t” билан белгиланади. Кесиш юзасидан фрезанинг битта тиши кесиб олаган катламининг фреза радиуси йуналишида улчанган киймати кесиш калинлиги дейилади ва “а” билан белгиланади. amax= sinj
j-фрезанинг заготовка билан уриниш бурчаги
Sz-киринди кундаланг
кесимининг юзаси f=В amax
Фрезанинг тишлари кесиш шароитига караб ейилади. Фрезалаш жараёнида фрезанинг тишлари орка юзадан ёки бир вактнинг узида хам орка, хам олдинги юзаларидан ейилади.
Цилиндрик фрезалар, шаклдор фрезалар ва арикча очиш фрезалари, одатда тишларининг орка юзаларидан ейилади. Кесиш тезлиги фреза-ланаётган материалга фреза материалининг сифатига, фреза диаметрига, кесиш режимига, фреза тишининг геометрик параметрларига, фреза-нинг тургунлигига ва совитиш суюклигининг сифатига караб аникланади.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Arshinov V.A., Alekseev G.A. Rezanie materialov i rejushiy instrument.- M., 1976.
2. Ivanova G.A. Osnovы teorii rezaniya, instrumentы stanki. -M., 1953.
3. Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarni kesib ishlash, stanoklar va asboblar. – Toshkent, 1976.
4. Nikiforov V.M. Metallar texnologiyasi va konstruktsion materiallar. Toshkent, 1976.
5. Gorbunov B.I. Obrabotka metallov rezaniem, metalorejushie instrumentы i stanki. -M., 1981.
6. Granovskiy G.I., Granovskiy V.G. Rezanie metallov. -M., 1985.
Download 261.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling