Shprengenlli fermalarni hisoblash


Download 8.61 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi8.61 Kb.
#1486039
  1   2
Bog'liq
38 Mavzu Shprengenlli fermalarni hisoblash

Shprengenlli fermalarni hisoblash

Reja:

 

  • SHprengelli fermalar to‘g‘risida tushunchalar.
  • SHprengelli ferma sterjenlarini toifalari.
  • SHprengelli fermalarni harakatlanuvchi yuklar
  • ta’siriga hisoblash

Tayanch iboralar: shprengelli ferma, shprengelli ferma sterjenlarini toifalari, shprengelli ferma sterjenlarini ta’sir chiziklari.

  • Tayanch iboralar: shprengelli ferma, shprengelli ferma sterjenlarini toifalari, shprengelli ferma sterjenlarini ta’sir chiziklari.
  •  
  •  
  • Ko‘priksozlikda ishlatiladigan fermalar katta uzunlikka ega bo‘lib, ularning tugunlari orasidagi masofa (panel) ham katta bo‘ladi.
  • Fermalarning maqbul shakllarini tanlashda ma’lumki, panel uzunligi qancha katta bo‘lsa, fermaning balandligi ham shuncha ortadi. Bu esa iqtisodiy jihatdan samarasizdir. Ferma balandligini saqlagan holda panel uzunligini orttirish mumkin.
  • Agar ferma belbog‘larining tugunlari orasidagi masofa katta bo‘lsa, belbog‘ning har bir sterjenini mustaqil fermacha bilan almashtirish mumkin. Bunday fermalar sh p r e n g e l fermalar deyiladi (10.1-rasm, a va g). Ikki tugun orasidagi yordamchi fermachaga sh p r e n g e l deb ataladi.
  • SHprengelli fermalar tuzilishiga ko‘ra nisbatan mustahkam va engil bo‘lganligi uchun amaliyotda, ayniqsa, ko‘prik qurishlarda juda ko‘p qo‘llaniladi.
  • SHprengelli sistemalar 1895 yilda rus olimi, Moskva temir yo‘l transporti injenerlar institutining professori L.D.Proskuryakov tomonidan tavsiya qilingan.

SHprengelli fermalar bir va ikki pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali shprengel fermalarda shprengelning pastki (yuqorigi) qo‘shimcha tugunlariga qo‘yilgan yuk uning pastki (yuqorigi) asosiy tugunlariga uzatiladi Agar shprengelning pastki (yuqorigi) tugunlariga qo‘yilgan yuk fermaning yuqoridagi (pastki) asosiy tugunlariga uzatilsa, u holda bunday ko‘rinishga ega bo‘lgan fermalar ikki pog‘onali shprengelli fermalar deyiladiBir pog‘onali shprengelli fermalarni hisoblashda, ularning sterjenlari quyidagi 3 ta toifaga bo‘linadi.

  • SHprengelli fermalar bir va ikki pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali shprengel fermalarda shprengelning pastki (yuqorigi) qo‘shimcha tugunlariga qo‘yilgan yuk uning pastki (yuqorigi) asosiy tugunlariga uzatiladi Agar shprengelning pastki (yuqorigi) tugunlariga qo‘yilgan yuk fermaning yuqoridagi (pastki) asosiy tugunlariga uzatilsa, u holda bunday ko‘rinishga ega bo‘lgan fermalar ikki pog‘onali shprengelli fermalar deyiladiBir pog‘onali shprengelli fermalarni hisoblashda, ularning sterjenlari quyidagi 3 ta toifaga bo‘linadi.
  • Faqat asosiy fermaga tegishli bo‘lgan sterjenlar birinchi toifali sterjenlar deb ataladi. 10.1-rasm, v da ko‘rsatilgan 1-3, 3-4, 4-2, 6-4 va shunga o‘xshash sterjenlar. Ulardagi zo‘riqishni shprengelni hisobga olmasdan, asosiy fermani hisoblash orqali topiladi.
  • Faqat shprengelga tegishli bo‘lgan sterjenlar ikkinchi toifali sterjenlar deb ataladi. 10.1-rasm, v da 6-5, 2-6 va shunga o‘xshash sterjenlar. Ulardagi zo‘riqishni aniqlash uchun har bir shprengel asosiy fermadan ajratib olinib, uning muvozanati mustaqil ravishda tekshiriladi (10.1-rasm, b).
  • Bir vaqtning o‘zida asosiy ferma bilan shprengelga tegishli bo‘lgan sterjenlar uchinchi toifali sterjenlar deb ataladi. Ular 10.1-rasm, v da ko‘rsatilgan 1-6, 1-5, 5-2 va shunga o‘xshash sterjenlar.
  • Ikki pog‘onali shprengelli fermalarning sterjenlari to‘rt toifaga bo‘linadi. Ulardan uchtasi yuqorida ko‘rilgan shprengelli fermalar sterjenlarining toifalariga mos keladi.
  • To‘rtinchi toifali sterjenlar fermaning asosiy sterjenlari kabi bo‘ladi, lekin harakat aslida yuqoridan bo‘lganda yukning ta’siri pastga yoki harakat pastdan
  • bo‘lganda yukning ta’siri yuqoriga uzatiladi 1-3, 2-4 kabi sterjenlar to‘rtinchi toifali sterjenlar hisoblanadi.

SHprengelli ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlari oddiy ferma tayanch reaksiyalari kabi quriladi. SHprengelli ferma sterjenlari zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘ini qurishdan oldin tekshirilayotgan sterjen qaysi toifaga tegishli ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi.

Download 8.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling