Shtamplash uchun qolipni loyihalash
Shakl o‘zgartirish operatsiyalari
Download 61.17 Kb.
|
SHTAMPLASH UCHUN QOLIPNI LOYIHALASH
3. Shakl o‘zgartirish operatsiyalari
A) Teshish va o‘yish operatsiyalari puanson va matritsalarda bajariladi. Turli xil teshiklarni, o‘yiqlarni olish uchun puanson va matritsalarni teshiklarini shakli ham har xil bo‘ladi. Puansonlarni o‘yib tushirilish uchun, teshik ochish uchun turlari mavjud, matritsalarni ham o‘yib tushirish uchun, teshik ochish uchun turlari bo‘ladi. Listlarni shakl o‘zgartirish operatsiyasiga quyidagilar kiradi: B) Bukish. Bukishda zagotovkani deformatsiyalash natijasida uni qatlamlari siqiladi va cho‘ziladi. 7-rasm. Zagotovkani bukish 8-rasm. Zagotovkani teshish. V) Valsovkalash. Zagotovka yuzida turli burtmalar, qattiq qovurg‘alar hosil qilish operatsiyasi 9-rasm Botirish 9A-rasm Botirish 10-rasm Valsovkalash va tekislash D) Botirish. Tekis yuzali zagotovkalardan ichi bo‘sh buyumlarni shtamplash bilan olish operatsiyasiga botirish deyiladi. Botirish yo‘li bilan chuqurrok buyum olish kerak bo‘lsa, buyum ikkinchi marta presslanadi. Botirish protsessida zagotovka chetlarida burmalar hosil bo‘lishi mumkin. Ular materialni ortiqchaligidan kelib chiqadi. Shtamplashda devori qalin bo‘lsa uncha chuqur bo‘lmagan buyumlarni olishda burmalar uncha chuqur bo‘lmagan buyumlarni olishda burma hosil bo‘lmaydi. Burma hosil bo‘lmasligi uchun zagotovkaning chetlari burma tutqichlar bilan siqib qo‘yiladi. 11-rasm. Zagotovkani gilzadan siqib o‘tkazish Ye) Siqish. Bunda zagotovkaning perimetri kichraytiriladi. Bunda asbob faqat matritsani o‘zidan iborat bo‘ladi, puanson bo‘lmaydi. 12-rasm. Qattik kovurg‘a hosil qilish J) Qattiq qovurg‘alar olish uchun shtamplash. Bunda list zagotovkalar uchastkalarini cho‘zilganligi hisobiga chuqurliklar yoki do‘ngliklar hosil qilishdir. I) List buyumlarni to‘g‘rilash. List buyumlarini egilgan uchastkasini to‘g‘rilash silliq yuzali shtamplar yordamida bajariladi. 13-rasm. List buyumlarini tekislash Agarda listlarni egri chiziqli kontur bo‘yicha qirqish kerak bo‘lsa diskli pichoqlardan foydalaniladi. Qaychilarda buyumni kesish uchun kuch R=VSyer1.25 , kg Gilotin pichoqlarda kesish uchun Bunda, R- kesim kuchi; V-zagotovka kengligi; S-zagotovka qalinligi; 14-rasm.Uyish operatsiyasi Listlarni sovuqlayin shtamplashda qilinganda eng murakkab operatsiyalardan biri cho‘zish hisoblanadi. Bu operatsiyalar cho‘zish shtamplarida bajariladi. 1.Puanson; 2.Buyumni bukilmasligi uchun qisqich; 3.Matritsa. Shtamplash uchun shtamplarni asosiy ish organlari puanson-harakat qiluvchi qism formasi har xil bo‘ladi va matritsaning harakatsiz qismi shtampni asosi hisoblanadi. 15-rasm.Cho‘zish operatsiyasi. List po‘latlarga shtamplashdan oldin ba’zan uni to‘g‘rilashga to‘g‘ri keladi. To‘g‘rilash uchun maxsus qurilmalar mavjud. A) barabanli B) kuch bilan 16-rasm. Listlarni to‘g‘rilash kurilmasi. 17-rasm. List qayirish mashinasida qayirish etaplari Uzun yupqa listli po‘latlarni egish ancha qiyin. Ish egilgan vaqtda ham yana to‘g‘rilanib qoladi. Shunday hollarda plastik cho‘zish usuli bilan egiladi. Qalin listli t=4-60 mm po‘latlarni bukish uchun ko‘p (3 yoki 4) jo‘vali list qayirish mashinalarida bajariladi. Odatda, bunday mashinalarning pastki jo‘valarini diametri kichik, balandligi esa katta bo‘ladi. Download 61.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling