Щтанова Ирода


Download 255.66 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi255.66 Kb.
#1569350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
yuridik 33


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
-------guruh talabasi ----------------------------------------ning

YURIDIK PSIXOLOGIYA


fanidan
Shaxs faoliyati mahsulini tahlil qilish metodi”
mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar:--------------------------


Farg‘ona- 2023


.
MUNDARIJA


Kirish………………………………………………………….....................
I bob. Shaxs faoliyati mahsulini tahlil qilish muammosining nazariy qismi
1.1. Olimlarning shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning о‘rni haqidagi fikrlari…………………………………………………….................................
1.2. Talaba shaxsining о‘ziga xos xususiyatlari……………..............................
II bob. . Shaxs faoliyati mahsulini tahlil qilishning amaliy qismi
2.1. Talaba yoshlar о‘z-о‘zini anglashining amaliy tahlili………………………………………………………………………………………..
2.2. Shaxs о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslari.……………………........
Xulosa……………………………………………………………..................
Tavsiyalar……………………………………………....................................
Adabiyotlar rо‘yhati……………………………….......................................
Ilovalar………………………………………………..................................


KIRISH
О‘zbekiston Respublikasida ta’lim islohotlarini amalga oshirish jarayoni, ta’limni boshqarishni demokratiyalashtirish va bozor iqtisodiyotiga о‘tish ta’lim muassasalari о‘quvchilarining ma’naviy qiyofasini, shuningdek, ta’lim, ayniqsa, tarbiya jarayoni maqsadi va usullarini sezilarli darajada о‘zgartirdi. Endi yosh avlod shaxsni oldindan belgilangan stereotip qarashlar asosida shakllantirish vaqti о‘tdi. Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy maqsadi shaxsga о‘z hayotida erkin tanlash imkoniyatni yaratib berish, tо‘g‘rirog‘i, erkin shaxsni shakllantirshdir.
Hozirgi zamon ta’lim muassasalari, о‘qituvchi va murabbiylari oldida erkin fuqaroni, yuksak ma’navvyatli shaxsni shakllantirish, boshqacha aytganda, huquqlarini yaxshi biladigan, о‘z kuchi va qobiliyatiga tayanadigan, yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy jarayonlarga shaxsiy nuqtai nazardan bildira oladigan, shu bilan birga, о‘z manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘unlashtirib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallagan mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasi turibdi.
Albatta, bо‘lajak mutaxassislar shaxsining rivojlanishi ularning ijtimoiy-madaniy muhit va boshqa kishilar bilan maqsadli о‘zaro ta’siriga bevosita bog‘liq. Bunday maqsadli о‘zaro ta’sirni faqat pedagog-tarbiyachilar va bо‘lajak mutaxassislarning о‘zlari yо‘lga qо‘ya oladilar. Shu bois, endilikda ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni tubdan о‘zgartirish talab etilmoqda.
Bugungi kunda yoshlarni ijtimoiy rivojlanishning xilma-xil (sotsial, iqtisoiy va siyosiy) tendensiyalari bilan tanishtirish orqali tarbiyalash masalasi dolzarbdir.
Albatta, ta’limdagi yangi maqsadlarga muvofiq ravishda о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish usullari о‘zgarmoqda. Ta’limning variativligini rivojlantirish, rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga, rivojlantirishga yо‘naltirilgan ta’limni joriy etish ana shular jumlasidandir.
Bugungi kunda tarbiyaviy ishlar kopsepsiyasini ishlab chiqish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bо‘yicha maxsus dasturlar va salmoqli tavsiyalar zarur. Ularni yaratishda hozirgi zamon yoshlarining ma’naviy ehtiyojlari va hayotiy qadriyatlaridagi keskin о‘zgarishlar e’tiborga olinmoqda.
Tarbiyaning yangi konsepsiyasini yaratish borasidagi ishlar о‘z natijasini bera boshladi. Ta’lim muassasalari, pedagogik jamoa tarbiyaviy ishlarning yangi yо‘nalshlarini belgilashda mustaqillik mafkurasi va milliy g‘oyaga tayanmoqda. Ular о‘quv jarayonining tarbiyaviy maqsadni aniqlashtirib beradi.
Umuman, ta’lim muassasalari pedagogik jamoasining tarbiyaviy ishlar tizimi bо‘lajak mutaxassislarda shaxsiy va kasbiy sifatlarni, shuningdek, о‘quv-pedagogik muhitda bag‘rikenglnk munosabatlarini shakllantirishga, о‘z-о‘zini axloqiy va estetik jihatdan rivojlantirishga yо‘naltirilgan murakkab ijtimoiy-pedagogik ta’limdan iboratdir.
Tarbiyaning psixologik muammolarini о‘rganishda shaxsga xos bо‘lgan xususiyatlarni shakllantirishning psixologik mexanizmlari tо‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Nazariy va eksperimental tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, har qanday xususiyat о‘z rivojlanish jarayonida ba’zi bosqichlarni bosib о‘tar ekan. Bunda barcha xususiyatlar uchun umumiy bо‘lgan bosqich ham mavjuddir. Bu bosqich shaxsni shakllantirishning umumiy meto-dologik prinsipini aks ettiradi. Bu yerda tashqi sotsial ta’sirlarning ichki ta’sirlarga, subyektiv holatlarga aylanib borishi nazarda tutiladi. Boshqacha aytganda, sotsial tajribani о‘zlashtirib borish yо‘li bilan yangi bir xususiyat vujudga keltiriladi. Bundan tashqari konkret shaxs xususiyati uchun xos spetsifik bosqichlar mavjud bо‘ladi. Mana shu bosqichlarning barchasini bilib olgan tarbiyachi о‘z oldiga qо‘ygan vazifa va maqsadlardan kelib chiqqan holda shaxsga xos xususiyatlarni shakllantirish yoxud ularni qayta tarbiyalash bilan bog‘liq о‘z ishlarini tashkil etadi.

Download 255.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling