Щтанова Ирода


Shaxs о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslari


Download 255.66 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi255.66 Kb.
#1569350
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik 33

Shaxs о‘z-о‘zini anglashining ijtimoiy asoslari.

Talabaning о‘z-о‘zini idrok qilishini uni ijobiy ishlarga yо‘naltirish orqali о‘stirish kerak. Bunda talaba ijobiy tajriba orttirsin, ya’ni о‘ziga, oilasiga, guruhiga, jamoasiga manfaatli ish qilib, olqish olsin. Talabalarni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Talabaning о‘zini shaxs sifatida anglashi, о‘z ijobiy va salbiy sifatlarini tahlil qilishi, boshqa shaxslar ichida о‘z shaxsini alohida ajratish kabi muhim ijtimoiy-psixologik sifatlarni shakllantiradi. Bu esa shaxsda о‘z-о‘zini nazorat qilish tizimini yuzaga keltiradi.
О‘zini anglagan inson о‘z manfaatlarini ham himoya qila oladi. О‘z manfaatlarini himoya qila olish о‘z fikri, huquqlari, talablarini ishonch bilan gapira olish va о‘zini hurmat qilishni anglatadi. О‘ziga ishongan odam har qanday hodisaga о‘z munosabatini ochiq va qat’iy bayon qiladi. YA’ni u о‘z hissiyotlari uchun ma’suliyatni о‘z zimmasiga oladi va boshqalarga ham nimani his qilayotganligini anglata oladi. Bu xulqning normal usuli. Hammada ham atrofdagilar uchun befarq bо‘lmagan о‘z fikr, talab va huquqlar bor. Bularni hurmat qilishlariga erishishning yagona yо‘li - ularni shaxsning о‘zi himoya qila olishidir. О‘ziga ishongan odamlar о‘z shaxsiy ehtiyojlarini anglaydilar va ularni qat’iy talab qiladilar. Shu bilan birga bunday odam boshqa odamning ham о‘z manfaatlarini himoya qilish huquqini tan oladi. Shuning uchun ham ular о‘z talablarini qо‘yishda odob doirasidan chiqishmaydi va atrofdagilarning talablariga ham hurmat bilan qarashadi. О‘ziga ishongan odamlar о‘z-о‘zlari va atrofdagilar bilan samimiy, ‘alol munosabatda bо‘ladilar. Ular borliqni real idrok qiladilar, bо‘lib о‘tayotgan hodisalar haqida ularning ahamiyatini bо‘rttirmay va kamsitmay gapiradilar. Ular uchun muhimi illyuziyalar emas, reallikdir. Yetuk odam о‘zining va boshqalarning nimaga arzishini bilishni xohlaydi. Asosiy tamoyil-о‘zini yaxshi kо‘rsatishga intilmasdan tabiiy tutishdir.
Bunda quyidagi psixologik bilimlar muhim rol о‘ynaydi:
- insonning о‘z qadrini bilishi;
- jamiyatdagi о‘z о‘rnini tо‘g‘ri idrok qilishi;
- о‘z oilasi, sevgan kasbi haqida о‘ylashi;
- о‘zining «Xobbi» sini aniqlashi, bо‘sh vaqtini unga sarflashi;
- har qanday vaziyatda ham idrokli, irodali, mulo’azali bо‘lishi va optimistik ruhda yashashi zarur. Insonning ruhiy salomatligi uchun eng avvalo mas’uliyat va majburiyat hissi, intizomlilik, iroda, о‘zini hamisha boshqara bilish, bosiqlik sifatlarining bо‘lishi zarur.
Insonning о‘z-о‘zini anglashi, о‘z ruhiyatini barqarorlashtirib, xotirjam bо‘lishi, taqdiri va salomatligiga о‘zi xо‘jayin bо‘lishida о‘z faoliyatini va xulq-atvorini tahlil qilish muhim sanaladi.
Bunda «Besh barmoq» usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Sinchaloq - tafakkur jarayoni: «Bugun men qanday bilim va
tajribalarni о‘zlashtirdim».

Download 255.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling