Shu bilan birga 5
Download 5.53 Kb.
|
Hisobot
ANdijon viloyati Baliqchi tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining oktyabr oyida fan oyligi munosabati bilan qilgan ishlari XISOBOTI 2022-yilning oktyabr oyi ona tili va adabiyoti fani oyligi hisoblanadi. Bu oyda ona tili o’qituvchilari tarqatma materiallar, test savollari ko’rgazmali qurollar, bukletlar hamda videoro’liklar qo’shiladi. Shuningdek maktab foyesi, zallar, ona tili va adabiyot kabinetlari bayramona bezatildi. 5-11-sinflarda diktantlar olindi va o’quvchilarning savodxonligi tekshirildi. Foye, zal, kobinetlardagi viktorina savollari har hafta o’zgartitib turildi. Oktyabr oyining 2-haftasida ona tili va adabiyot o’qituvchilaridan To’lasheva Gulzoda, 3-haftasida Qodirova Oydinoy, 4-haftasida Hamraqulova O’lmasxonlar tadbirlar o’tkazdilar. Tadbirda asarlardan parchalar, sahna ko’rinishlari ijro etildi. G’azallar, ona tili haqidagi she’rlardan na’munalar o’qildi. Dilrabo raqslar ijro etildi. 20-oktyabr kuni ona tiliga Davlat maqomi berilishining 33-yilligi munosabati bilan maktabimizda katta tadbir o’tkazildi. Tadbirda barcha o’qituvchilar o’quvchilar ishtirok etdi. Shu bilan birga 5A-sinfda To’lasheva Gulzoda ona tili fanidan, 7A-sinfda Qodirova Oydinoy adabiyot fanidan, 6A-sinfda Hamraqulova O’lmasxon adabiyot fanidan ochiq darslar o’tkazdilar. Barcha o’qiyuvchilarning darslari kuzatuvchi o’qituvchi tomonidan “na’munali” deb topildi. Oktyabr oyi davomida o’tkazilgan tadbirlar, qilingan ishlar o’z samarasini berdi: o’quvchilarning ona tili va adabiyot faniga oid bilimlari ancha oshdi. Hisobot yozuvchi: O’.Hamraqulova Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling