Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligini ko‘rsatdi
Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida
Download 64.52 Kb.
|
PQ-4477 04.10.2019
Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida:
binolarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan ko‘p qavatli uy-joy va shaxsiy uy-joy fondini rekonstruksiya qilish; Oldingi tahrirga qarang. qurilish me’yorlari va qoidalarini qurilish va rekonstruksiyani amalga oshirishda energiya samaradorligi talablarini kuchaytirish yuzasidan har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqish; (8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) binolarni qurish va ulardan foydalanishda qurilish me’yorlariga rioya qilishni nazorat/monitoring qilish tizimini yaratish; binolarni qurish va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini oshirishni hisobga olgan holda arxitektura-rejalashtirish yechimlariga bo‘lgan yondashuvlarni takomillashtirish; binolarni energetik sertifikatlashtirish tizimini yaratish; issiqni saqlovchi qurilish materiallari uchun amaldagi me’yor va standartlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini qabul qilish; energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari tizimini rivojlantirish, xususan “yashil” ipoteka kreditlaridan foydalanish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ko‘p qavatli binolarni energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun maqsadli fondlar yaratish; energiyani tejashni rag‘batlantirish uchun tabaqalashtirilgan tariflar tizimini rivojlantirish; binolarni zamonaviy issiq saqlovchi materiallar, steklopaketlardan foydalangan holda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash texnologiyalarini takomillashtirish; muhandislik uskunalari, issiq saqlovchi materiallar, isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalarini “yashil” standartlar asosida rivojlantirish va modernizatsiyalash; markaziy isitishda issiqlik ta’minotining “yopiq” tizimini keng joriy etish; shaharlar va qishloqlardagi jamoat binolari, ko‘p qavatli turar joylar va shaxsiy uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun yuqori samarali avtomatlashtirilgan tizimli mahalliy qozonxonalardan foydalanish; parallel ishlaydigan iste’molchilar tizimiga issiqlikni bir tekis yetkazish maqsadida issiqlik bo‘g‘inlari tartibotini boshqarish uchun smart-tizimlar ishlab chiqish va joriy etish; alohida binolar ehtiyojlarini hisobga oluvchi yuqori texnologiyali sovitish va ventilatsiya tizimlaridan, masalan, issiqlik nasosi funksiyasi bo‘lgan split-konditsionerlardan foydalanish; maishiy uskunalar uchun energiya samarador standartlarni joriy etish; energiya ta’minoti manbai sifatida fotoelektrik panellarni joriy etish; binolarni yoritish uchun smart-tizimlarni ishlab chiqish va zamonaviy energiya samarali lampalardan keng foydalanish; aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali binolarning energiya samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot kampaniyalarini o‘tkazish. 9. Download 64.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling