Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar
Download 385.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO’Z VA IBORALAR
- 1. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar haqida tushuncha
1-MAVZU: “DAVLAT MAQSADLI VA BUDJETDAN TASHQARI FONDLAR” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI REJA: 1. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar haqida tushuncha 2. “Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti va maqsadi. 3. “Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlari” fanining zarurligi va vazifalari. 4. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarining turlari. TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: Davlat moliyasi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlari, ijtimoiy fondlar, iqtisodiy fondlar, ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash fondlari, ekologik fondlar, jamlanma byudjet, pensiya jamg’armasi, kitob jamg’armasi, bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, respublika Yo’l jamg’armasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi, maqsadli jamg’armalar, maqsadli jamg’armalar daromadlari, ta’lim va tibbiyot tizimiga yo’naltirilgan davlat maqsadli jamg’armalari 1. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar haqida tushuncha Davlat maqsadli fondlari byudjet paydo bo’lishidan ancha avval vujudga kelgan. Ularning paydo bo’lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bo’lgan qo’shimcha mablag’lar bilan bog’liq. Eng qadimgi davlat maqsadli fondlariga qadimgi dunyoda Xitoy, Hindiston, Misr, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bo’lgan hayriya fondlarini kiritish mumkin. Keyinchalik bu fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa funktsiyalarni bajara boshlagan. Markazlashtirilgan davlatchilikning mustahkamlanishi ko’p sonli maxsus fondlari bir xillashtiriilishiga olib keldi, keyinchalik XVII asr oxirida ular davlat byudjetiga jamlandi. Ijtimoiy rivojlanish jarayonida davlat maqsadlifondlarini tashkil etish davlatlar o’z funktsiya va vazifalarini to’liq ado etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Masalan, XIX asr oxirida Germaniya kantsleri Otto fon Bismark tomonidan jahonda birinchi ijtimoiy sug’urta tizimi yaratildi, u dunyoning turli mamlakatlarida keng tarqaldi va pensiya fondlari tuzilishiga asos bo’lgan avlodlarning birgalikda javobgarligi printsipiga asoslandi. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida davlatlarda, iqtisodiy rivojlanishga ta’sirni kengaytirish zaruratidan kelib chiqib,davlat maqsadlipul mablag’lariga ega qo’shimcha fondlarini tashkil etishga ehtiyoj paydo bo’ldi. Bu davrda iqtisodiy ko’maklashuv va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ya’ni aholining alohida ijtimoiy guruhlari manfaatlarini himoya qilish uchun davlat davlat maqsadli fondlari paydo bo’ldi. Hozirgi sharoitda iqtisodiy tangliklar davrida davlat maqsadli fondlarining aktualligi saqlanib qolmoqda, chunki: • bu fondlari byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga aralashuviga imkon beradi va tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi; • davlat maqsadli fondlarining maqsadli xarakteri va maqsadi ularning mablag’laridan samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni engillashtiradi; • ma’lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarning mablag’lari byudjet defitsitini qoplash uchun jalb qilinishi mumkin. Davlat maqsadli fondlarini tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo’lgan xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdan iboratdir. Davlat maqsadli fondlarining mablag’lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga aralashadi, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi, ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Davlat moliyasi tarkibida alohida o’rinni egallaydigan byudjetdan tashqari maqsadli fondlar tegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bo’lmaydi va ko’pgina mamlakatlarda yuridik shaxs huquqiga ega. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling