Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar
“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti va
Download 385.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti
2.
“Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti va maqsadi Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat maqsadlimaqsadli pul fondlarining o’rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush daraja-sini oshirishda, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga davlat maqsadli fondlaridan ham foydalaniladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi. O’zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo’llari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning strategik ahamiyatini inobatga olgan holda, «O’zavtoyo’l» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, Respublika yo’l jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga avtomobil yo’llari qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, yo’llar bo’yidagi infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan 2015 yil uchun belgilangan vazifalarni so’zsiz bajarish bo’yicha amaliy choralar ko’rish vazifasi topshiriladi 3 . Ayni paytda davlat maqsadli davlat maqsadli fondlari nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilishi, balki jamiyatda ijtimoiy masalalarni ham o’z o’rniga ega bo’lishi kerak. “Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida talabalarga davlat maqsadli jamg’armalarining zarurligi, ahamiyati, qonuniy asoslari, fondlarning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rgatishdan iboratdir. “Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining vazifalari: Davlat maqsadli fondlarining zarurligi, maqsad va vazifalari; Davlat maqsadli fondlarining tashkil etishning huquqiy asoslari; Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish amaliyotini tahlil qilish; Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish amaliyotini tahlil qilish; Xorijiy davlatlarda davlat maqsadli fondlarini tashkil etish asoslarini o’rganish; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda davlat maqsadli fondalaridan samarali foydalanish masalalarini ko’rib chiqishdan iborat. 2 Vahobov A. A. Qosimova.G.A. Jamolov X.N., O’quv qullanma. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. «Moliya». T., 2004. -96 b. 3 Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”, T.O’zbekiston, 2015 “Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlar” fanining predmeti- davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlarning qonuniy asoslari va faoliyat jarayonini nazriy jihatdan o’rganishdan iboratdir. Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling