5-mavzu. Topografik va obzor-topografik xaritalarni yangilash reja


Download 48 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1315433
  1   2   3
Bog'liq
5-MAVZU. TOPOGRAFIK VA OBZOR-TOPOGRAFIK XARITALARNI YANGILASH


5-MAVZU. TOPOGRAFIK VA OBZOR-TOPOGRAFIK XARITALARNI YANGILASH
REJA:
1. Xaritalarni yangilashning mohiyati va vazifalari
2. Yangilash tizimi va metodlari
3. Topografik xaritalar originallarini tuzish va yangilash texnologiyasi
Tayanch so’z va tushunchalar: masshtab, mayda masshtab, topografik xarita, obzor-topografik xarita, xaritalarni yangilash, yirik masshtab, tahririy-tayyorgarlik ishlari.
1. Xaritalarni yangilashning mohiyati va vazifalari
Topografik xaritalar vaqt o‘tishi bilan muntazam eskiradi, ya’ni tabiiy omillar kabi inson faoliyati ta’sirida joyning o‘zgarishi oqibatida unga mos kelmay qoladi.
Topografik xaritalarni ularning eskirishi bo‘yicha yangilab borish mamlakatning butun hududi yirik masshtabli xaritalar bilan qoplanganda yangi xaritalarni yaratishga qaraganda kam ahamiyatga ega bo‘lmagan, zaruriy ish hisoblanadi.
Topografik xaritalarni yangilash – bu xaritalar mazmunini zamonaviylik darajasida saqlab turish hamda xaritalarning yangi nashrlarini chiqarish uchun bajariladigan jarayonlar majmuidir. U maxsus yo‘riqnomalar, holatlar va texnik ko‘rsatmalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Topografik xarita varog‘ini yangilash zaruriyatini belgilovchi mezonlar joyning o‘zgargan obyektlari muhimligi, xaritaning zamonaviylik darajasi hamda uning xarita mazmuni to‘liqligi, aniqligi va jihozlanishining o‘zgaruvchan talablariga mosligi kabilar hisoblanadi.
Xaritalar quyidagi holatlarda yangilanadi:

  • davlatlar chegaralari va boshqa ma’muriy chegaralar o‘zgarganda;

  • yangi aholi punktlari paydo bo‘lganda va eskilari sezilarli o‘zgarganda;

  • yangi sanoat majmulari, foydali qazilmalarni ishlash joylari, neft va gaz korxonalari, yirik elektr stansiyalar va h.k.lar qurilganda yoki mavjudlari sezilarli kengaytirilganda;

  • yangi temir yo‘l yoki shosse yo‘llari qurilganda yoki mavjudlari tugatilganda;

  • suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlari barpo etilganda;

  • daryolar o‘zanlari suv havzalarining qirg‘oq chiziqlari sezilarli o‘zgarganda, yangi orollar, sayozliklar paydo bo‘lganda;

  • yangi o‘rmon massivlari vujudga kelganda yoki eskilari sezilarli o‘zgarganda;

  • meliorativ qurilish tugagandan so‘ng joy o‘zgarganda, shuningdek joy elementlari sezilarli o‘zgargan boshqa hollarda.

Topografik xaritalar ma’lum izchillik bilan yangilanadi. Yangilash eng yirik masshtabdan boshlanadi, keyin u bo‘yicha butun masshtab qatori ketma-ket yangilanadi.
Birlamchi topografik xaritalarni yangilash hududiy tamoyil bo‘yicha bajariladi:
1:25 000 masshtabli xaritalar 1:200 000 (1:100 000) masshtabli xarita varog‘i doirasiga kiruvchi yangilash talab etiladigan barcha varoqlarda bir vaqtda yangilanadi;
1:50 000 masshtabli xaritalar – 1:500 000 (1:200 000) masshtabli xarita varog‘i doirasiga kiruvchi varoqlarida;
1:500 000 (1:1 000 000) masshtabli xarita varoqlari doirasiga kiruvchi 1:100 000 va 1:200 000 masshtabli xaritalar varoqlarida.
1:500 000 va 1:1 000 000 masshtabli xaritalarni yangilashda alohida varoqlar yangilanishi mumkin.
Yasama topografik xaritalarni yangilash, odatda, birlamchi xaritalar yangilangandan so‘ng 2-3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda butun masshtab qatori bo‘yicha bajariladi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling