Amaliy ish mavzu: umumgeografik xaritalarni o‘qish, O‘rganish va tahlil qilish. Tabiiy xaritalarni o‘qish, O‘rganish va tahlil qilish (sirdaryo viloyati tabiiy xaritasi misolida) bajardi: turdaliyev j


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1470042
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy ish javoblari



MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI 
KARTOGRAFIYA KAFEDRASI 
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO‘NALISHI 
TO‘RTINCHI BOSQICH O‘ZBEK GURUHI 
O‘ZBEKISTONDA KARTOGRAFIYA FANIDAN 
AMALIY ISH 
MAVZU: UMUMGEOGRAFIK XARITALARNI O‘QISH, O‘RGANISH VA 
TAHLIL QILISH. TABIIY XARITALARNI O‘QISH, O‘RGANISH VA 
TAHLIL QILISH
(SIRDARYO VILOYATI TABIIY XARITASI MISOLIDA) 
BAJARDI: TURDALIYEV J.A. 
QABUL QILDI: ATABAYEV S. 
SIRDARYO-2023


REJA: 
Kirish. O‘zbekiston SSR, Qirg‘iziston SSR, Tojikiston SSR, Turkmaniston 
SSR atlasi: ta’rifi, tavsifi va bibliografiyasi.
Asosiy qism. 
1. Tanlangan hudud tabiiy xaritasini tahlil qilish. 
2. Google Earth dasturiy ta’minotida obyektlarni o‘rganish. Xaritaga 
solishtirish orqali umumlashtirish darajasini aniqlash. 
3. Google Earth dasturiy ta’minotida nuqtalarning balandlik otmetkalarini 
olish. 
4. ArcGIS dasturida hududning tabiiy raqamli xaritasini ishlab chiqish. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
Ilovalar.


O‘ZBEKISTON SSR, QIRG‘IZISTON SSR, TOJIKISTON SSR, 
TURKMANISTON SSR ATLASI: TA’RIFI, TAVSIFI VA 
BIBLIOGRAFIYASI 
Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga 
ega bo‘lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to‘plamiga aytiladi. 
Аtlas, geografik kartalarning oddiy to‘plami emas, balki bir-biriga bogʼliq 
bo‘lgan, bir-birini to‘ldiradigan kartalarning maʼlum bir maqsadga hamda 
foydalanish hususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan to‘plamidir. 
O‘zbekiston SSR, Qirgʼiziston SSR, Tojikiston SSR, Turkmaniston SSR 
atlasi SSSR Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tomonidan 1988-yilda 
nashr etilgan. Аtlas 1987-yilda 7-sonli kartografiya fabrikasida tuzildi va nashrga 
tavsiya etildi. Аtlas turli mashtabdagi o‘ttiz to‘qqizta kartadan iborat bo‘lib, jami 
5 ta bo‘limdan iborat. Shunga ko‘ra, atlas mazmuniga ko‘ra umumgeografik 
atlasdir. Аtlas keng foydalanuvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan. (1-rasm). 
1-rasm. Atlasning muqovasi va yagona legendasi. 
Аtlasdagi barcha kartalar uchun yagona legenda o‘rnatilgan. Kartografik tasvirni 
tashkil etuvchi geografik elementlar, kartografik proektsiyalar ham bir-biridan 
farq qilmaydi. Аtlasda kartaga olinayotgan hududning fazoviy ko‘lamiga qarab 
o‘rta va mayda masshtabdagi kartalar uchraydi. Kartadalardagi barcha shartli 
belgilar unifikatsiya qilingan.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling