TANLANGAN HUDUD TABIIY XARITASINI
TAHLIL QILISH
Sirdaryo (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tabiiy xaritasi) viloyati tabiiy
kartasi mazmuniga koʼra umumgeografik karta, masshtabiga obzor, maqsadiga
koʼra ilmiy-maʼlumotnoma kartasidir. Karta keng foydalanuvchilar
auditoriyasiga moʼljallangan.
Matematik asos. Proektsiya, mashtab, koordinatalar toʼri va kompo-novka
kartaning matematik asosini tashkil etadi. Karta masshtabiga koʼra obzor karta,
mazmuniga koʼra umumgeografik karta, maqsadiga koʼra esa oʼquv-
maʼlumotnova kartasidir. Karta masshtabi 1:1 000 000 ga teng. Karta
F.N.Krassovskiyning teng oraliqli konusli proektsiyasida ishlangan. Parallellar va
meridianlar har ikki gradusdan oʼtkazilgan. Kartada karta masshtabining sonli
koʼrinishi berilgan. Karta komponovkasi juda sodda koʼrinishga ega. Karta uchun
atlas uchun oʼrnatilgan yagona legenda oʼrinlidir va ushbu legenda orqali kartani
oson oʼqiladi. (3-rasm).
2-rasm. Xaritasining chiziqli va sonli masshtabining chiziqli va sonli ko‘rinishi.
Gidrografik obyektlar. Xaritada maydonli (dengizlar, ko‘llar va suv
omborlari) va chiziqli (daryolar, daryo irmoqlari) gidrografik obyektlar
ko‘rsatilgan. Maydonli gidrografik obyektlarni tasvirlashda maydonli shartli
belgilardan foydalanilgan. Belgilar kodlashtirish shartiga koʼra analitik,
kodlashtirish usuliga ko‘ra fonli belgilardar. Maydonli gidrografik obyektlarning
qirg‘oq chiziqlari chiziqli belgilar usulida tasvirlangan. Qirg‘oq konturlari,
asosan, xarita masshtabiga muvofiq generalizatsiya qilingan. Ko‘llar va
suvomborlarining suv osti relyefi tasvirlanmagan. Hududi moviy rang bilan
qoplangan. Chiziqli gidrografik obyektlardan daryolar, yirik kanallar va zovurlar
tasvirlangan. Daryo irmoqlari meandralari nihoyatda nozik tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |