Universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti kartografiya kafedrasi geodeziya
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Panjiyev R 1-amaliy
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI KARTOGRAFIYA KAFEDRASI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO`NALISHI IKKINCHI BOSQICH O`ZBEK GURUHI KARTASHUNOSLIK FANIDAN MAVZU:UMUMGEOGRAFIK VA MAVZULI KARTA ELEMENTLARINI O`RGANISH. BAJARDI: PANJIYEV R. QABUL QILDI: MO`MINOV A. TOSHKENT-2020 AMALIY ISH MAQSADI Umumgeografik va mavzuli kartalarning elementlarini o`rganish. Karta turlarini tadqiq etish bo`yicha amaliy ko`nikmalar shakllantirish. AMALIY ISHTOPSHIRIQLARINI BAJARISH TARTIBI Umumgeografik va mavzuli geografik xaritalardan foydalanib, quyida keltirilgan amaliy masalalarni yeching: 1. Umumgeografik va mavzuli xaritalarni elementlarini diqqatlik bilan o`rganing. Har bir elementlar qanday vazifa bajarishini asoslang(internet va boshqa manbalar yordamida) 2. Umumgeografik va mavzuli xaritalarining elementlarini chizing. Topshiriqni ikki xil yo`l bilan bajarish mumkin: 1) qo`lda kartografik qonun qoidalar e`tiborga olingan holda chiziladi. 2) turli xil kompyuter dasturlari ( MS Word, PowerPoint, CorelDRAW, Adobe photoshop) yordamida bajariladi. 3. Bitta umumgeografik xarita va bitta yozuvli xaritani tanlab oling. 4. Tanlab olingan umumgeografik va mavzuli xaritalar uchun tegishli elementlarni chizing. Elementlarni chizishda noodatiy shaklllar va dizaynga asoslaning. 5. Umumgeografik va mavzuli xaritalarni elementlari va tanlab olingan umumgeografik va mavzuli xaritalar elementlari bo`yicha farqlarini aniqlang. AMALIY ISH TOPSHIRIQLARI JAVOBI 1-topshiriq. Geografik xarita- Yer yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma`lum matematik qoidalar asosida bir oz o`zgartirib, kuchaytirib, umumlashtirib qog`ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) bo`lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni vaqt mobaynida o`zgarishini, ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni ko`rsatadi. Geografik kartalar mazmuniga ko`ra dastlab ikki yirik guruhga- umumgeografik va mavzuli kartalarga bo`linadi. Ular bir biridan, avvalo, mazmuni, tasvirlash obyektlari, obyektlarni tasvirlash mukammalligi bilan farq qiladi. Umumgeografik kartalar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
kartalar Yordamchi elementlar Qo`shimcha elementlar Xaritani o`qishni va undan foydalanishni osonlashtiruvchi turli elementlar majmuasi yordamchi elementlar deyiladi. Xarita mazmunini to`ldiradigan, boyitadigan va tushunishga yordam beradigan ma`lumotlar majmuasi qo`shimcha elementlar deyiladi. Matematik asos Kartografik tasvir Obyektlarni o`rnini aniqlash, orientirlash, to`g`ri va aniq tasvirlashga xizmat qiluvchi elementlar majmuasiga matematik asos deyiladi. Xarita mazmunini qabul qilingan shartli belgilar va kartografik tasvirlash usullari vositasida ifodalangan shakli. Umumgeografik kartalarda joy landshaftining elementlari: relief, gidrografik obyektlar, tuproq, o`simlik qoplamlari, grunt ko`rsatkichlari teng aniqlikda tasvirlanadi. Shu bilan birga, umumgeografik kartalarda hududning siyosiy chegaralari, aloqa obyektlari, ahamiyatga ega bo`lgan aholi punktlarini tasvirlanishi orqali karta mazmuni boyitiladi. Agar kartada obyekt (predmet, hodisa, voqea yoki jarayon)ning alohida parametric boshqalarga nisbatan batafsilroq tasvirlansa, bunday kartalar mavzuli geografik kartalar deyiladi. Mavzuli kartada geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlarga nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Masalan relyef xaritasida asosiy element relief bo`lib, u aholi punktlari, yo`llar va boshqalarga qaraganda ancha aniq va mukammal rasvirlanadi. Masalan relyef xaritasida asosiy element relief bo`lib, u aholi punktlari, yo'llar va boshqalarga qaraganda ancha aniq va mukammal ko'rsatiladi. Kartada biron tabiiy yoki ijtimoiy hodisa tasvirlansa ham u mavzuli xarita deyiladi. Bunday kartalarga tarix kartalari, geologik, iqlim, tuproq kartalari va boshqa kartalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Mavzuli geografik kartalar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
Mavzuli kartalar Matematik asos Kartografik tasvir Legenda Geografik asos Kartaning mazmuni Yordamchi elementlar Qo`shimcha elementlar Mavzuli va maxsus xaritalarda kartografik tasvirni tashkil etuvchi karta mazmuni va geografik asos shartli ravishda bir-biridan farqlanadi. Karta mazmuni – kartada tavirlanayotgan ob'ektlarning aloxida yoritiluvchi parametrlarini ifodalovchi kartografik belgi va usullar yig'indisi. Geografik asos – bu kartaning umumgeografik qis-midir. U karta mazmunini tashkil yetuvchi elementlarni joylashtirish va oriyentirlash uchun xizmat qiladi. Har bir kartaning eng muhim elementi – legendadir. Legenda – bu karta mazmunini ochib beruvchi barcha shartli belgilar va izohlar tizimidir. 2-topshiriq.
asos Qo`shimcha elementlar Yordamchi elementlar Kartografik tasvir Umumgeografik kartalar Proyeksiya Masshtab Geodezik asos Komponovka Diagrammalar Matnli va raqamli ma`lumotlar Qo`shimcha karta va profillar Ma`lumotlar Suv obyektlari Chizmalar Legenda Iqtisodiy va madaniy elementlar Siyosiy ma`muriy bo`linish Aloqa yo`llari va vositalari Aholi yashaydigan joylar O`simlik va tuproqlar Relyef Gidrografik obyektlar
3-topshiriq Umumgeografik karta
4-topshiriq
Qashqadaryoning tabiiy kartasi elementlari Matematik asos Proyeksiya Masshtab Koordinata to`ri Komponovka Suv obyektlari Aholi yashaydigan joylar Qo`shimcha elementlar Kartografik tasvir Siyosiy ma`muriy bo`linish Gidrografik obyektlar Relyef Legenda karta nomi Yordamchi elementlar
rayonlashtirish kartasi Proyeksiya Masshtab Komponovka Aholi yashaydigan joylar Qo`shimcha elementlar Suv obyektlari Siyosiy ma`muriy bo`linish Gidrografik obyektlar
elementlar Karta nomi Kartografik tasvir Matematik asoslar 5-topshiriq Qashqadaryo tabiiy kartasi - umum geografik kartadir. Kartografik tasvir geografik koordinatalar turiga joylashtirilgan. Kartada viloyatning xududlari qabul qilingan shartli belgilar usulida chegaralangan. Aloqa obyektlari ham chiziqli shartli belgilar bilan tasvirlangan. Relfning past-balandliklari gipsometrik usulda tasvirlangan. Toponimlar nomlari standart shriftda yozilgan. Gidrografik obyektlar va gidronimlar nomlari moviy rangda. Karta mazmuni hududdagi foydali qazilmalar haqidagi ma`lumotlar bilan boyitilgan. Bunda belgilar usulidan foydalanilgan. Legendada shartli belgilar izohi relfni o`qish uchun gipsometrik shkala berilgan.
O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish kartasi - mavzuli kartadir. Matematik asoslari proyeksiya, komponovka va masshtabdan iborat. Proyeksiya har bir kartada bo`ladi. Ushbu kartada siyosiy ma`muriy bo`linish, aholi yashaydigan joylar, aloqa liniyalari ham ko`rsatib o`tilgan. Karta mazmunu shundan iboratki, O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish uchun yoritilgan kartadir. Ushbu kartada yordamchi elementlar faqatgina kartaning nomidir. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling