Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar
Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari
Download 385.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 M Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlar fanining predmeti
4. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalarining turlari
Jahon tajribasida davlat maqsadli fondlarining juda ko’p turlari mavjud va bu ularni ikki katta guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy yo’naltirilgan fondlari (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug’urta fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash umummilliy fondlari); iqtisodiy yo’naltirilgan fondlari (o’z yo’nalishi va manbalariga ega). Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlari jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. Davlat maqsadli fondlarining mablag’laridan foydalanish fondlarining maqsadi, aniq iqtisodiy sharoitlar va ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan kelib chiqiladi.Mablag’larning ma’lum bir qismi ta’sischilik faoliyatiga hamda qimmatli qog’ozlarga quyiladi. Davlat maqsadli fondlari investor sifatida hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi mumkin. Davlat maqsadlifondlari maqsadli fondlari maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Davlat maqsadlifondlarini shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi. Byudjetdan tashqari fondlar haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash lozimki, bu fondlar har doim ham davlatga tegishli bo’lmaydi, jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojlarni kengayishi jamiyat a’zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini qondirishga maqsad qilib quyilgan nodavlat byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga to’rtki bo’ldi. Maqsadli jamg’armalarni quyidagi xususiyatlar bo’yicha tasniflash mumkin (2- rasm): Tashkiliy usuliga ko’ra: - maqsadli jamg’armalarni tashkil qilish uchun mahsus ajratilgan byudjet mablag’lari hisobidan; - o’z mablag’lari hisobidan. Shakllanish usuliga ko’ra: - Mahsus o’rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga; - Davlat byudjetidan assignatsiyalar; - Mahsus yoki ixtiyoriy zaymlarnichiqarish; - Qimmatli qog’ozlar emissiyasi va joylashtirilishi orqali. Amal qilish muddatiga ko’ra: - Doimiy, doimiy va uzoq muddatda faoliyat yurituvchi; - Vaqtinchalik, jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki ekologik vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. Tegishlilik huquqi va mulkiy tegishliligiga ko’ra: - davlat; - davlatlararo; - xalqaro. Maqsad va vazifalariga ko’ra: - ijtimoiy; - sug’urta; - iqtisodiy; - kredit; - ilmiy-tadqiqot; - investitsion; - ekologik; - siyosiy va boshqalar. Markazlashish darajasiga ko’ra: - markazlashgan; - markazlashmagan. Mablag’lar ishlatilishining maqsadli yo’naltirilishiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa fondlarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi fondlar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko’mak beradi.Ushbu fondlarni shakllantirishda asosan sug’urta qilingan shaxslarning sug’urta badallaridan, tadbirkorlarning sug’urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy fondlarga Pensiya Fondini, Bandlikka ko’maklashuvchi davlat jamg’armasini va boshqa nodavlat fondlarini (“Nuroniy”, “Mehr nuri”, “Sen yolg’iz emassan” fondlari) kiritish mumkin. Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlar jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy fondlarga Respublika Yo’l fondini, davlat mulk qumitasining mahsus hisob varag’ini va boshqa fondlarni kiritish mumkin. Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik fondlarni tashkil etishga kata e’tibor berilmoqda. Ushbu fondlarning daromad qismini shakllantirishda byudjet mablag’lari qatorida yirik kompaniyalarning mablag’lari, universitetlarning badallari va boshqa manbalardan foydalaniladi. Yuqorida ta’kidlangan fondlarning mablag’lari fundamental tadqiqotlar, ilmiy markazlar qurilishi, kadrlarni tayyorlash sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. Turli mamlakatlarda turli yo’nalishlarga qaratilgan fondlar ularda tanlangan moliyaviy siyosatiga mos ravishda tashkil etiladi. Bir mamlakatda mavjud bo’lgan byudjetdan tashqari fondning mavjudligi ikkinchi bir mamlakatda ham huddi shu fondning mavjud bo’lishiga asos bo’lmaydi. Masalan, Rossiya federatsiyasida Ijtimoiy sug’urta fondi mavjud, O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug’urta funktsiyasini Pensiya fondi bajaradi. Davriylik xususiyatiga ko’ra byudjetdan tashqari fondlarni doimiy va vaqtinchalik fondlarga ajratish mumkin. Vaqtinchalik fondlar ma’lum bir davrga tuzulib, o’zining oxirgi maqsadini amalga oshirganidan so’ng to’xtatiladi. Masalan O’zbekiston Respublikasida vaqtinchalik fondlar jumlasiga Maktab ta’limi fondini kiritish mumkin. Ushbu fondning tashkil etilishi va foydalanilishi 2004-2009 yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini amalga oshirish bilan bog’liqdir. Davlat byudjetida jamlangan byudjetdan tashqari fondlar davlat maqsadli fondlar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tarkibi keltirilgan. Byudjetdan tashqari fondlar maqsadli ishlatilishga yo’naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag’larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi. Download 385.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling