Tarixiy ma’lumotlar
Download 485.97 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'lchash
7.1 Texnik o‘lchashning mohiyati va ahamiyati. Tarixiy ma’lumotlar. Kishi kundalik faoliyati davomida turli masofalarni chamalashiga, o„lchashiga to„g„ri keladi. Masofa – bu ikki nuqta orasidagi eng qiska yo„l bo„lib, u nuqtalar orasiga o„tkazilgan to„g„ri chizikda yotadi. Masofa uzunligi bilan farqlanadi. Masalan: atomning yadrosi bilan elektroni orasidagi masofa, chizg„ich shkalasining ikki yonma-yon chiziqchalari orasidagi masofa, qalamning uchlari orasidagi masofa, xonaning ikki burchagi orasidagi masofa, shaharlar orasidagi masofa, Erning shimoliy va janubiy qutblari orasidagi masofa, Er bilan Oy orasidagi masofa, Quyoshgacha bo„lgan masofa, yulduzlar orasidagi masofalar uzunliklari bilan farq lanadi. Biron-bir kattalikni o„lchashning har qanday jarayoni o„lchanayotgan kattalikni uning o„lchov birligi bilan taqqoslashdan iborat. Uzunlikni o„lchash uchun birlik ixtiyoriy tanlanishi mumkin. Tanlangan birlik etalonni o„lchanayotgan buyumga qo„yamiz va uning buyumda ketma-ket necha marta yotishini aniqlaymiz. Olingan son buyumning uzunligi bo„ladi. Agar eslasangiz, bir multfilmda katta ilonning uzunligini qanday o„lchashni bir to„ti amalga oshiradi. Unda ilonning uzunligi 35 to„tiga, 5 martishka maymuniga, 1,5 fil bolasiga to„g„ri keladi. Ushbu filmda uzunlik birligi sifatida har kanday narsa olinishi mumkinligi ko„rsatilgan. YUqorida keltirilgan misollardagi masofalarning uzunliklarini o„lchash uchun angstrem, millimetr, santimetr, metr, kilometr, ming kilometr, yorug„lik yili kabi maxsus o„lchov birliklari qo„llaniladi O„lchash odamzodning tabiiy extiyoji sifatida u bilan birga paydo bo„lgan. Buning sababi odamlar o„zlariga qurol yasashda, uy qurishda, kiyim tikishda, masofani belgilashda o„lchash bilan shug„ullanishga majbur bo„lishgan. Ular o„lchashni maxsus asbob bilan o„lchashmagan, balki o„z tanasining a‟zolari yordamida o„lchashni amalga oshirishgan (Masalan: qarich, quloch, qadam). Ammo, ushbu o„lchov a‟zolari bir odamniki boshka odamnikidan farq kilgan. Bu esa o„lchashda turli noroziliklarga olib kelgan. Keyinchalik o„zaro aloqalarning rivojlanishi natijasida yagona o„lchovlar poydo bo„la boshlagan. Qadimgi Misr exromlarini qurishda yog„ochdan bo„lgan o„lchovlar qo„llanilganligi ma‟lum. YAgona o„lchovlar ham inson tanasidan olingan. Masalan: yard – Angliya qiroli burnining uchidan yon tomonga cho„zilgan va kaftini musht xolida ushlab turgan qo„lining barmog„idagi uzuk ko„zigacha bo„lgan masofa olingan, fut esa tovondan oyoq panjasining uchigacha bo„lgan masofa. Inglizlarda yana milya, dyuym kabi uzunlik birliklari mavjud bo„lgan. 1 milya = 1852 metrga teng bo„lib, u taxminan Er meridianining 1 minutiga teng, 1 dyuym = 2,54 sm ga teng bo„lib, u odam bosh barmogining kengligiga teng. Pyotr-1 zamonida Rossiyada bir qancha uzunlik birliklari bo„lgan: CHig„onoq – Pyotr 1 ning qo„l chig„anog„idan qo„lidagi uzuk ko„zigacha bo„lgan masofa. Sajen – quloch, ya‟ni ikki yon tomonga cho„zilgan qo„llar uchigacha bo„lgan masofa. Kiya sajen – chap oyoq uchidan yuqoriga cho„zilgan o„ng qo„l uchigacha bo„lgan masofa. Arshin, vershoklar yuqoridagilardan xosil qilingan xosila uzunlik o„lchovlari bo„lib xizmat qilgan. XV-XVI – asrlarda Bobur zamonida o„zbeklar uzunlikni “yig„och” nomli o„lchov asbobida o„lchashgan. O„rta Osiyoda xam uzunlik o„lchovlari bo„lib qarich, qadam, tirsak, quloch, chaqirimlar xizmat qilgan. Fransuzlarda uzunlik o„lchov birligi “tuaz” bo„lgan. Tuaz – juft qadam orasidagi masofaga teng. YUqoridagilardan ko„rinib turibdiki , uzunlik o„lchov birligi har xil jamoa, shahar, qishloq, o„lka va davlatlarda har xil bo„lgan. Jamiyatning rivojlanishi, sanoat va texnika taraqqiyoti, jamoalararo, shaharlararo, o„lka va davlatlararo aloqalarning rivojlanishi o„lchov birligini va uning aniqligiga bo„lgan talabni rivojlanishiga olib keldi. YAgona o„lchov birligi joriy qilishga ehtiyoj tug„ila boshladi. Avvaliga bir o„lchov birligidan ikkinchisiga o„tish jadvallari tuzildi: I sajen = 3 arshin = 7 fut = 84 dyuym kabi. O„lchashda amal qilib kelinayotgan qoidani o„zgartirish bo„yicha birinchi revolyusiyani Fransuzlar amalga oshirishdi. Bunda ular o„lchov birligini inson tanasidan emas, balki tabiatdan olishni taklif etdilar. 1790 yilda o„tkazilgan Fransiyaning milliy majlisi komissiya tuzdi va o„zlarining milliy o„lchov birligini tuzish haqida qaror qabul qildilar. Bu komissiya Parij meridianini o„lchashni amalga oshirdi. Bunda “tuaz”lardan foydalandilar.1799 yili uzunlik birligi qilib Parij meridiani uzunligining 40000000 1 bir qismini olib uni «metr» deb atadilar. Metrni xosil qilishda 1795 yilda Konvent tomonidan taklif qilingan o„nlik sanoq sistemasidan foydalanildi. Millimetr, santimetr, detsimetr, mikrometr, kilometr kabilar metrning o„nga karrali bo„laklaridan xosil kilindi. Bir vaqtning o„zida og„irlik birligi qilib 1 sm 3 distillangan suvning og„irligi olindi va uni gramm deb ataldi. XVIIIvaXIXasrlarda butun dunyoda va ayniqsa Evropada sanoat rivojlandi. Savdo soxasidagi xalqaro aloqalarda keskin burilishlar davri bo„ldi. Buning natijasida yagona o„lchov birligiga o„tishga bo„lgan ehtiyoj vujudga keldi va metrning boshqa o„lchovlardan afzalligi isbotlandi. 1870 yilda bir qancha davlatlar ishtirokida xalqaro konferensiya o„tkazildi. Unda yagona uzunlik o„lchov birligi sifatida metr qabul qilindi. Metrni barcha davlatlarda joriy qilish bo„yicha vazifalar belgilandi va tashkiliy komissiya tuzildi. 1875 yilda xalqaro “metrik” konvensiya o„tkazildi. Unda xalqaro va bir davlat uchun metr prototipi tiklandi. Ishtirokchi davlatlar soniga qarab asosiy etalon metrga mos ravishda qator birlamchi va guvox etalonlar tayyorlandi. Qur‟a tashlab ular qatnashchi davlatlarning vakillariga tarqatildi. Masalan: unda buyuk olim D.I.Mendeleev qatnashib Rossiyaga № 28 birlamchi va № 11 guvox etalonlarini olib kelgan. Birlamchi etalon davlatning uzunlik birligini ta‟minlovchi va saqlovchi vosita hisoblanadi. Guvox etalon esa birlamchi etalonni to„gri saqlanayotganligini tekshirib turish uchun va u ishdan chiqqan yoki yo„qolgan taqdirda o„rniga qoladigan nusxasi hisoblanadi. №1 metr etaloni Fransiyaning poytaxti Parij yaqinidagi Sevr shahrida saqlanadi. Metr etaloni platina+iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo„lib, uzunligi 1020 mm ga teng va kundalang kesimi ma‟lum shaklda bo„lib, uning jilolangan yuqorigi chuqurchasi yuzasiga uzunligi bo„yicha ikki chekkasiga yaqin joyiga orasidagi masofa 0,5 mm ga teng uchtadan ingichka shtrix chiziqlar chizilgan. SHtrixlar o„rtasidagi chiziqlar orasidagi masofa 1 metrga teng. SHuning uchun Parij meridianinikeyingi o„lchashlar har xil natija berdi va Parij meridiani uzunligininig bo„lagi metr uchun o„zgarmas birlik bo„la olmasligi aniqlandi. SHuning uchun uzunlik birligini saqlovchi yangi o„zgarmas ko„rsatkich topish zarurati tugildi. 1956 yili kripton – 86 izotopining vakuumdagi 1650763,73 ta to„lqin uzunligi 1 metr birligi qilib olindi. Zamonaviy ta‟rifga ko„ra metr - bu yorug„likning bo„shliqda sekundning 299792458 1 ulushida o„tgan masofasidir. 1960 yilda o„tkazilgan xalqaro o„lchov birliklari II-konferensiyasida «xalqaro birliklar sistemasi» qabul qilindi. Butun dunyo bo„yicha yagona metr qabul qilinib, har bir davlat bu sistemaga o„tish uchun ma‟lum muddat olgan. Masalan: Angliya-5 yil, AKSH-10 yil va xokazo. 1975 yilga kelib asosiy davlatlar bu sistemaga o„tib bo„ldi. Bu davr ichida boshqa o„lchov birligi asosida tayyorlangan butun adabiyotlar, ma‟lumotnoma jadvallari kabilardan tortib ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi jihozlar, qurilmalar, asbob-uskunalar yangilandi. Hozirda ham neft-barrellarda, olmos-karatlarda, tezlik quruqlikda km/soatda, dengizda esa uzellarda o„lchansada birliklarning katta qismi universal bo„lib qoldi. Xalqaro birliklar sistemasi (SI) barcha fizik kattaliklar uchun yagona masshtab beradi. Fan va texnikaning turli soxalarida va turli mamlakatlarda qabul qilingan har qanday maxsus birliklarni shu masshtabga keltirish mumkin. SI sistemasida asosiy birliklar qilib quyidagi uchta ko„rsatkich qabul qilingan: 1. Uzunlik birligi – metr, 2. Vaqt birligi - sekund, 3. Massa birligi - kilogramm. Uzunlikning xosila birliklari 1 metrning o„nga karrali qismi orqali ifodalanadi: 1 angstrem = 10 -10 metr 1 mikrometr = 10 -6 metr 1 millimetr = 10 -3 metr 1 santimetr = 10 -2 metr 1 detsimetr = 10 -1 metr Шундан сўнг кўпгина давлатлар ўз миллий ўлчов бирликлари қаторида метрдан ҳам фойдалана бошладилар. Кейинчалик маълум бўлиб қолдики, ер шари ҳам одам танаси каби доим ўзгаришда бўлар экан. 1 kilometr = 1000 metr 1 dengiz milyasi = 1852 metr 1 yoruglik yili = 30000000000∙365∙24∙60∙60 ≈ 946,08∙10 15 metr Masofaning uzunligi, uning o„lchamiga qo„yilgan aniqlik darajasiga qarab tayyorlanadigan, maxsus o„lchov asboblari yordamida o„lchanadi. Atomlarning o„lchamlari elektron mikroskop yordamida, detallarning yuqori aniqlikdagi mikrometrik o„lchamlari optimetr va minimetr kabilarda, detallarning jilvirlangan yuzalarining o„lchamlari shtangensirkul va mikrometr kabilarda, chizmachilikda chizgichlarda, matolarning uzunligi metrlarda, Er o„lchashda o„lchov tasmasi(ruletka) va xakka (dala sirkuli) kabilarda, shaharlar orasidagi masofa spidometrlarda, fazoviy masofalarbinokllar va teleskoplarda o„lchanadi. Demak, “metr” bugungi kunda butun dunyo xalklari ichun masofa va uzunlikning yagona o„lchov birligi bo„lib qo„llanilmoqda. Download 485.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling