Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligini ko‘rsatdi
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish
Download 64.52 Kb.
|
PQ-4477 04.10.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish:
mamlakatimizning Parij bitimi bo‘yicha miqdoriy majburiyatlari bajarilishini uzluksiz kuzatish uchun issiqxona gazlari ajratmalarini milliy sharoitlarni e’tiborga olgan holda monitoring qilish, hisobini yuritish va verifikatsiyalash tizimini (MRV) yaratish hamda issiqxona gazlari ajratmalari bo‘yicha hisobot berishni ta’minlash; iqlim monitoringi tizimini rivojlantirish; “yashil” texnologiyalarni ilgari surish uchun davlat-xususiy sheriklik salohiyatini rivojlantirish; “yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarga, jumladan kichik biznesga ko‘mak ko‘rsatish; tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligining turli hisoblagichlari, spetsifikatsiyalar kataloglarini yaratish, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish orqali davlat “yashil” xaridlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; kadrlar malakasini oshirish, energiya va resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirish; kasbiy ko‘nikmalarga “yashil” iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qo‘yiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda tarmoqlar xodimlari, shu jumladan rahbar va muhandislar tarkibi xabardorligi va malakasini oshirish; kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash davlat ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda “yashil” iqtisodiyot asoslarini hisobga olish; ekoinnovatsion texnologiyalarni yanada samarali joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalarining kadrlar va texnik salohiyatini oshirish; iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bilan bog‘liq sohalarda tadqiqotlarni rivojlantirish; milliy va xorijiy ilmiy tashkilotlarning “yashil” texnologiyalarni ilgari surish sohasidagi hamkorligini mustahkamlash. 21. “Yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash: “yashil” kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish; “yashil” fondlar, energiya tejamkorligi maxsus fondlari va boshqa xuddi shunday mexanizmlar yaratish; “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektorni faollashtirish, shuningdek, “yashil” investitsiyalarga nisbatan bank tizimini rag‘batlantirish; fiskal (xazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan “yashil” iqtisodiyotning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash. 4-bob. Amalga oshirish mexanizmlari 22. Strategiyaning asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari milliy, tarmoq, soha rejalari va rivojlanish strategiyalarida belgilangan tadbirlar vositasida amalga oshiriladi. 23. Strategiyani amalga oshirishga barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi. 24. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Yashil iqlim jamg‘armasi, Moslashish jamg‘armasi va iqlim bilan bog‘liq boshqa resurslar mablag‘lari, shuningdek, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa chet ellik donorlarning kredit va grantlari jalb qilinishi mumkin. 5-bob. Kutilayotgan natijalar Oldingi tahrirga qarang. 25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi: issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish; qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish; sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish; yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish; iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish; yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish; respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish; hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) 26. Strategiyani amalga oshirish iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish sohasida boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga, issiqxona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, “yashil” energiyadan foydalanishni ta’minlashga, “yashil” ish o‘rinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga xizmat qiladi. Oldingi tahrirga qarang. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 07/19/4477/3867-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son) Download 64.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling