Shug‘ullanuvchilar haqidagi mulohazalari, asarlari tahlili yoritib berilgan


Download 477.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi477.21 Kb.
#1373831
  1   2   3
Bog'liq
alisher-navoiy-so-z-san-atida-shoh



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 304
ALISHER NAVOIY – SO‘Z SAN’ATIDA SHOH 
Laylo Doniyorova 
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisolashtirilgan filiali 
ANNOTATSIYA 
Maqola so‘z san’atining buyuk namoyondasi mutafakkir Hazrat Alisher 
Navoiyning ijodiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan, shoirning badiiy so‘z bilan 
shug‘ullanuvchilar haqidagi mulohazalari, asarlari tahlili yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: nutqiy nafosat, go‘yanda, saxiylik, xasislik, kamtarlik, ezgulik, 
fazilat. 
 
Kirish 
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida 
butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz 
namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan 
o‘lmas so‘z san’atkoridir. (Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov). 
Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot. 
Har bir millatning adabiyotida bir qasr barpo qilgan buyuk shohi bo‘ladi. Rus 
adabiyotida Pushkin, ingliz adabiyotida Shekspir ana shunday shohlardandir. O‘zbek 
adabiyotida dunyoga dong taratgan, ulkan madaniy xazinasi bo‘lgan boqiy saroyni esa 
Hazrat Mir Alisher Navoiy bunyod qildi. Navoiy nafaqat turkiy adabiyot olamida, balki 
jahon madaniyatining boqiy ustuniga aylandi [1]. 
Alisher Navoiy hayoti davomida yaratgan ijod yo‘li, o‘lmas merosi turkiy 
adabiyotga poydevor bo‘ldi. Boqiy saroyidagi ulkan madaniy xazinasini “Xamsa”, 
“Lison ut-tayr”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Mahbub ul-qulub”, “Badoye’ ul-bidoya”, 
“Navodir un-nihoya”, “Majolis un-nafois” kabi dur-u gavharlar bilan to‘ldirdi. U turkiy 
tilga jon kirgizdi, qadri, hurmatini arab, fors tillaridanda yuqoriga ko‘tardi. Buning 
yorqin isbotini “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari orqali ko‘rish mumkin. 
Tahlil 
Alisher Navoiy – axloq muallimi, komil inson tarbiyachisi. Hazrat ijodining har 
qirrasi, xoh qit’a bo‘lsin, xoh g‘azal, balki ruboiy yoki hikmat, ularni mutolaa qilgan 
har bir kitobxonni barkamol shaxs bilan tanishtirishga, komillik sirlaridan boxabar 
qilishga undaydi. O‘quvchilarning hayotini doimo ezgu va savob amallar to‘ldirishiga 
bir misra hikmati ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash mumkin. 1-sinf 
o‘quvchilari uchun O‘qish kitobida keltirilgan: “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, 
orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim”, hikmati oddiygina misol bo‘la oladi. Lekin shuning 
o‘zi ham cheksiz ma’no kasb etadi. Shoir bolaga ilm berishni ona qornidaligidan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 477.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling