Shuhratjonova Yusupova Dildora
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Rasmiy uslubga xos xususiyat. : PS 201-guruh Bajardi Shuhratjonova Yusupova Dildora Mirsaidova Rokiya talabasi Muslima Ma’lumot 01. Rasmiy idoraviy uslubi haqida ma’lumot Qo’llanishi 02. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda tinish belgilarining qo’llanilishi Xususiyatlari 03. Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari Reja: Ma’lumot 01. Rasmiy idoraviy uslubi haqida ma’lumot Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari farmonlar, bayonotlar shartnomalar, idora hujjatlari e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi . O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi. Qo’llanishi. 02. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda tinish belgilarining qo’llanilishi " Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda tinish belgilarining qo’llanilishi Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. " Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: - bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas , TAVSIYANOMA kabi; - hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; - hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi; - shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ... Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi, ...», kabi. Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi:- matn tarkibida izohlanayotgan sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin; - farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng;- matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. Qavs ; hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik. Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi: - izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning tug‘ishgan singlisi. - ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib ketgan. Xususiyatlari 03. Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb- hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minla ydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shun-ga ко‘rа; ma’lum qilamizki; ... ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. " Rasmiy uslubning morfologik xususiyatlari Rasmiy matnlarning uslubiy alomatlari uning morfologiyasi va sintaksisida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, har bir so‘z turkumiga oid so‘zlarning qo‘llanishida o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. Otlarni olaylik. Umumlashtiruvchi ma‘nodagi otlar faol: bolalar, ota-onalar, qo‘shin, qurol, aholi, xalq, ishchilar, xizmatchilar, shaxslar, tomonlar saylovchilar, partiyalar, vakillar va hokazo. Otlarning ma‘lum bir qismi rasmiy uslub ichidagi janr ko‘rinishlariga mos tarzda qo‘llaniladi . " CRÉDITOS: este modelo de apresentação foi criado pelo Slidesgo , e inclui ícones da Flaticon e infográficos e imagens da Freepik E’tiboringiz uchun rahmat! Por favor, mantenha este slide para atribuição Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling