Shukronalik-oily fazilat


Download 30.92 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi30.92 Kb.
#1119458
Bog'liq
Maqola.Shukronalik Nizomova Sh


SHUKRONALIK-OILY FAZILAT
Bugun Yangi Oʻzbekiston jahonga yuz tutmoqda. Koʻpchilik davlatlar yurtimizdagi oʻzgarishlar,ayniqsa, fan- ta`lim,iqtisodiy-siyosiy, ma`naviy sohasidagi jadal suratlarda o`sishga havas qilayotganini koʻrish mumkin. Shunday pallada uzoq va yaqin tariximizni, bugungi faraxbaxsh kunlarga osonlikcha yetib kelinmaganini yodga olgisi keladi, kishini. Ayniqsa, xalqimiz boshidan kechirgan alam va sitamlarni keksa avlod juda-juda yaxshi eslaydi.Tarixdan maʼlum, dunyoda ikkinchi renessans davriga asos solgan ziyoli ota-bobolarimizning ilm-fan va taraqqiyot bobidagi xizmatlarini unutishga majbur qilindi. Jahonda tibbiyot asoslari poydevorini yaratgan Abu Ali ibn Sino, hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari mulkiga aylangan kompyuterning paydo boʻlishiga sababchi boʻlgan al-Xorazmiy, koinotni zabt etgan, yulduzlarning dastlabki joylashuvi, tizimini yaratgan Mirzo Ulugʻbek, gʻazal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy, koʻplab davlatlarni zabt etib, ularning taraqqiyotini taʼminlagan Amir Temur bobomiz kamsitildi.Yoki kechagi kunimiz,sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekiston xom-ashyo bazasi, paxta yetishtirib beruvchi provinsiyaga aylantirilganini eslaylik.Oʻzbeklar faqat qishloq xoʻjaligi uchun yaratilgan, ulardan ziyolilar va ilm-fan sohiblari yetishib chiqmaydi, degan yorliqlar yopishtirildi. Ming shukurki, bu koʻrgiliklarning bari ortda qoldi. Istiqloldan buyon erkinlikda yashayotgan xalqimiz oʻzining nimalarga qodirligini koʻrsatmoqda. Bosqichma-bosqich taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtyapmiz. Eʼtirof etish kerakki, mamlakatimiz tarixida 2016-yildan tub oʻzgarishlar davri boshlandi. Tashqi siyosatda ochiqlik va tenglik, xalqimizning manfaatini koʻzlagan holda olib borilayotgan dono siyosat natijasida dunyo hamjamiyatida Oʻzbekistonning nufuzi va oʻrni beqiyos darajada oʻsdi hamda bu jarayonning jadal suratlarda o`sishi davom etmoqda. Bir vaqtlar demokratiya yetarli darajasida emasligi, inson huquqlari poymol boʻlayotganligi, voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etishlar kabi malomatlar boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda manaman degan davlatlar Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga, maslakdoshlikka intilmoqda.Ichki siyosatda esa iqtisodiyotga toʻliq erkinlik berilayotgani, unda davlat aralashuvini kundan-kunga qisqartirilayotgani oʻz samarasini bermoqda.Birgina misol, Bir vaqtlar arzimagan bahona bilan qora roʻyxatga olinib, kamsitilgan fuqarolar, xususan yoshlar qoʻli qonga boʻyalmagan boʻlsa, kechirilib, toʻgʻri yoʻlga tushib olishlari va o`z yo`llarini topib olishlari uchun imkoniyat berilmoqda. Oliy ma`lumot va undan keying ma`lumot olish uchun barcha imkoniyatlarning yaratilishi,ya`ni magistratura bosqichida tahsil olishni xohlayotgan xotin-qizlarning kontrak summalarining davlat tomonidan to`lab berilishi, Ish bilan taʼminlanmagan va kambagʻal oila farzandlari uchun imtiyozli bank kreditlari ajratilib, tadbirkorlik bilan oʻzlarini oʻzlari band etishlari uchun subsidiya asosida issiqxonalar qurib berilmoqda , tikuv mashinalari, asbob-uskuna va xom-ashyo bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek,har bir tumanga hokim yordamchilarining ajratilishi va ular yoshlar masalalarini o`rganishlari bugungi yoshlarimizning barcha sohalardagi qiziqishlari o`rganilib,ularga kerakli maslahatlar berilmoqda.Yurtboshimiz tomonidan hech ikkilanmay Oʻzbekistondagi aholining 10-12 foizi kambagʻalligini roʻyi-rost aytilganligi ularni puxta va aniq manzilli ijtimoiy himoyalash tizimini yaratishga asos boʻldi. Soʻnggi besh yilda erishilgan ijobiy natijalarning asosiy omili xalq manfaatlarini koʻzlagan holda aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash yuzasidan ulkan va dolzarb vazifalar qoʻyish bilan birga ularning yechimi va moliyaviy manbalari ham aniq koʻrsatib berilganligidir. Yuqorida taʼkidlanganidek, ezgu-niyat va ehtiyoj kundan kunga ortib boraveradi, shunga mos ravishda taʼminot manbalari yaratiladi. Insonning ehtiyojlari va maqsadi cheksiz va imkoniyatlardan kelib chiqib ortib boradi. Bu ijobiy holat , chunki hayotimizdagi kamchiliklarni roʻyi-rost va adolatli koʻtarib chiqish zarurligini Prezidentning oʻzi taʼkidlamoqda. Bu harakatlarda avvalo, amalga oshirilgan ijobiy ishlarni eʼtirof etgan holda mavjud muammolarni adolatli bayon etish va ularni yechimi boʻyicha ham takliflar bildirish maqsadga muvofiqdir. Biz nuroniylarimizdan koʻproq yoshlar tarbiyasi, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash va oilalar mustahkamligini taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish masalalarida faol boʻlishlarini soʻraymiz. Zero,muqaddas kitoblarda ham insonlar uchun barcha noz-neʼmatlar, yer, suv va yomgʻirlarni yubordik, ushbu neʼmatlardan foydalaningizlar, faqat isrof qilmangizlar hamda shukrona qilingizlar, deya taʼkidlangan. Shunday ekan, bugungi dorilamon,go`zal turmushimizga shukur qilgan holda yashab,ilm olish farovon yurtimiz ravnaqi uchun barchamiz hamjihat boʻlmog`imiz lozim. Zero, Hazrati Rasuli akram (s.a.v) hadisi shariflarining birida bunday deb amr qilganlar:
“Sizlarga bir kishi yaxshilik qilsa, albatta, uni mukofotlanglar, agar mukofot uchun biron-bir narsa topa olmasanglar, uni chiroyli duo qilinglar”.
Alloh taolo aziz yurtimizni tinch, hayotimizni yanada farovon aylab, barchalarimizni O‘ziga shukr qiluvchi solih bandalaridan bo‘lishimizni nasib aylasin.
Download 30.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling