Shukurov Sherzod Shokir o’g’li S0601-20 guruh talabasi


Download 20.72 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1545977
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu topshirig\'i Yangi O\'zb tarixi


partiyasizlik;

  • harbiyxizmatchilarvaularning oila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni ta'minlash asosida tashkil qiladi va amalga oshiradi.

    Umuman O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari – buharbiy tuzilmalar, harbiy o'quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat, davlat tomonidan tashkil qilingan va ta'minlangan bo'lib, ular urush va harbiy mojarolaraning oldini olish, O'zbekiston Respubli­kasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgandir.

    Shavvkat Mirziyoyev 2018-yil 10-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida soʻzlagan nutqida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish, milliy armiyamiz jangovar shayligini oshirish borasidagi ishlar haqida toʻxtalar ekan, oldinda turgan muhim vazifalarni ham sanab oʻtgan edi. 


    Jumladan, qoʻshinlar istalgan daqiqada oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishga qodir boʻlishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi boʻyicha muntazam shugʻullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy professional kadr boʻlishi uchun oʻz sohasini puxta egallashi shart ekani taʼkidlangan edi. 
    2018 yil 26-noyabr kuniQurolli Kuchlar akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha masalalar qatori harbiy qurilish sohasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. 
    Oʻtgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari toʻliq yangilandi. Samarasiz va bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada qoʻshinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan taʼminlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy boʻlinmalar jangovar tayyorgarligini oshirish, vaqt koʻrsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi. Mamlakatimiz armiyasi qurolli kuchlar qudrati boʻyicha dunyo reytingida bir yilda 9 pogʻonaga koʻtarilgani, Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan nufuzli "Kembriya patruli" tanlovida harbiylarimiz 90 mamlakatdan ishtirok etgan 123 jamoa orasida birinchi oʻrinni egallagani bu boradagi ishlar toʻgʻriligini yaqqol isbotlaydi. 
    Download 20.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling