Shukurov Sherzod Shokir o’g’li S0601-20 guruh talabasi


Mustaqillik yillarida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi


Download 20.72 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1545977
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu topshirig\'i Yangi O\'zb tarixi

5.Mustaqillik yillarida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi.
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani tuzish zarur ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qa­bul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi bayonotida ko'rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqo-bil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, O'zbekiston hududida joy-lashtirilgan sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatai amalga oshirish huquqi ko'zda tutilgan edi. Ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasining o'z Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo'ldi.
«O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan O'zbe­kiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni-ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo'lib o'tgan 12-chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari tizimini takomillashtirishda muhim voqea bo'ldi. Sessiyada «Mu­dofaa to'g'risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida» va «Muqobil xizmat to'g'risida» muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirishtartibi qabul qilindi. Mustaqil O'zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridanoq Respublika suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta'minlash tamoyillari o'rtaga tashlangan edi. Dunyoning yetakchi davlatlari tajribasiga tayanib bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'li tutildi. Milliy xavfsizlik masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda bo'lib o'tgan birinchi sessiyasida ko‘rib chiqilgan. Unda jahonda yuz bergan yan­gi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so'ng, davlatlararo munosabatlar muxolifiikka emas, balki xalqaro huquqiy me'yorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo'lishi kerakligi to'g'risidagi g'oya ilgari surildi.Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi ko'rsatib berildi.
6. Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish bo‘yicha qilingan ishlar bo‘yicha misollar keltiring. Aholini favqulodda vaziyatlarda himoya qilish borasidagi qonunchilik tizimining takomillashishini qanday izohlagan bo‘lar edingiz
O'zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari milliy harbiy mutaxassislarni tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana shulardan kelib chiqib, so'nggi paytlar-da O'zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun yuksak malakali ofitserlar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil etildi. Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora tadbirlari ko'rilmoqda. Zotan, hukumat «Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta'minlash uchun - zarur mablag' ajratishni davom ettiraveradi».
O'zbekiston Qurolli Kuchlari qat'iy, bosqichma-bosqich reja asosida, tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlakatimiz davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himo­ya qilinishini ta'minlaydigan darajada kuch-qudratga ega.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o'z faoliyatini:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling