Shukurov Sherzod Shokir o’g’li S0601-20 guruh talabasi


Download 20.72 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1545977
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu topshirig\'i Yangi O\'zb tarixi


Shukurov Sherzod Shokir o’g’li S0601-20 guruh talabasi

  1. Davlat boshqaruvida markazlashtirishni cheklash tushunchasin izohlang.

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini Respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.
Davlat hokimiyatining yana bir tamoyili-bu hokimiyatning taqsimlanishidir. Bu demokratik huquqiy davlatga xosdir. Ana shu tamoyil asosida davlat organlari tashkil qilinadi. Natijada biron-bir davlat organida xaddan tashqari vakolatlar to'planib qolishining oldi olinadi. Turli davlat organlarining vakolatlari aniq bo'lib, ular bir-birining vazifasini bajarishga, o'rnini bosishga harakat qilmaydi. Turli davlat organlari bir-birini nazorat qilib turadi. Hokimiyatning su'istemol qilinishiga yo'l qo'ymaydi. Hokimiyatning bo'linish tamoyili Asosiy Qonunda hamda O'zbekiston Prezidenti asarlarida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidan iborat.
Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan bajariladi. O'zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-respublika parlamenti dastlab Oliy Kengash deb atalib 1990-1994 yillarda faoliyat ko'rsatdi. Oliy Kengash murakkab davrda-sobiq Sho'rolar tuzumining qonunlari xali kuchda bo'lgan paytda faoliyat ko'rsatgan bo'lishiga qaramay yaxshi va unumli ishladi. Yangi jamiyat qurish yo'lida sobiq Oliy kengashimiz 200ga yaqin qonunlar va 500dan ziyod qarorlar qabul qildi. O'zbekitson istiqlolini e'lon qilib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma'naviy negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Mamlakatimiz tarixida birinchi bor O'zbekiston Prezidentini sayladi. Mustaqillik Deklaratsiyasini e'lon qildi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni va uning Asosiy Qonunini qabul etdi. Bularning barchasi tarixiy voqeadir.



Download 20.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling