Shukurov Sherzod Shokir o’g’li S0601-20 guruh talabasi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi saylov qonunchiligida qanday belgilangan?


Download 20.72 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi20.72 Kb.
#1545977
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu topshirig\'i Yangi O\'zb tarixi

3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi saylov qonunchiligida qanday belgilangan?
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida: Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 433-II-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Senatni shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilgan, va I-bob Umumiy qoidalar, 1-moddasida: Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) maqomini belgilash, Senat faoliyatini tashkil etishga va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
4-Modda. Senatni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi.
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senatning vakolat muddati — besh yil.
4.Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuning yoshlar hayotida muhim ahamiyati nimada.
Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun hujjatlari Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.
Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan. Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda tasdiqlangan.

Download 20.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling