Shukurova Zebiniso Shuhratjon qizining “Grafik asarlar bajarishning ilmiy, ijodiy va metodik o`ziga xosligi” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasiga taqriz


Download 15.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi15.65 Kb.
#1628170
Bog'liq
Tashqi taqriz



Namangan Davlat unversiteti
70111201-Tasviriy san‟at va amaliy bezak san‟ati mutaxasissligi magistranti
 
Shukurova Zebiniso Shuhratjon qizining
“Grafik asarlar bajarishning ilmiy, ijodiy va metodik o`ziga xosligi” 
mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasiga 
TAQRIZ 
Tasviriy san`at inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta`sir
etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning his qilish, san`at ob`yektidan hissiy 
lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirishda san`atning yo`naltiruvchi asosiy 
kuchini ko`ramiz.
Yangi 
O‟zbekistonda amalga oshirilayotgan inqilobiy o‟zgarishlar 
jamiyatimizni iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy jihatdan jahonning eng rivojlangan 
mamlakatlari qatoridan o‟rin olishda o‟zining ijobiy natijalarini qo‟shmoqda.
Tasviriy san`at tarixidan ma`lumki, o`zbekiston hududida tasviriy va amaliy 
san`at sohasida o`ziga hos maktablar vujudga kelgan hudud sanaladi. Bu tarixiy 
an`ana zamonaviy sharoitda ham o`zining munosib davomchilari mavjudligi bilan 
e`tiborlidir. Tabiiyki, bu boradagi materiallar va ilmiy manbalar tasviriy san`at 
ta`limi mazmunida o`rin olishi lozim. Shuning uchun ham amaldagi Davlat ta`lim 
standartlari hamda o`quv dasturi talablari asosida tasviriy san`at ta`limi mazmunini 
takomillashtirishda natyurmort janriga oid materiallar va ilmiy manbalardan 
foydalanish o`zining ilmiy-metodik yechimini kutayotgan dolzarb muammolar 
sirasiga kiradi. 
Ishning birinchi bobida-
“Grafika san`ati turlari”da grafika tasviriy 
san`atning o`ziga xos turi sifatida yuzaga kelishi, grafika san`ati turlari va ularning 
o`ziga xos texnologiyalari, grafika asarlarni ilmiy asoslarini o„rganib chiqildi. 
Ikkinchi bobida – “Grafik asarlarni yaratishning ijodiy asoslari”da grafik 
asarlar 
yaratish 
mezonlarning 
ilmiy 
tahlili, 
grafik 
asarlarni 
ishlash 
texnologiyalarining o‟ziga xos badiiy tomonlari shuningdek, grafik asarlar 
yaratishda foydalaniladigan materiallar texnologiyasining o„ziga xos tomonlari
ilmiy manbaalar o„rganib chiqildi. 


Uchunchi bobida – “Grafik asarlarni bajarishda metodik izchillikka rioya 
qilish”da badiiy asarlar yaratishda qo`llaniladigan metodik ko`rsatmalar,
bosqichlar asosida grafik tasvir ishlashga qo‟yilgan vazifalar, grafika san`atida 
qo`yilgan zamonaviy talablar masalalari ko„rib chiqilgan. 
Mavzuni yoritish jarayonida 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti
asarlarida ilgari surilgan Vatan tarixini manbalar asosida haqqoniy o`rganish, 
xolislik va tarixiylik tamoyillariga asosiy e`tibor qaratishga oid g‟oyalari 
nazariy 
asos vazifasini bajardi. Magistrlik dissertatsiya ishi jarayonida 
muammoni yangi tarixiy tafakkurning kontseptual nuqtai-nazaridan idrok 
etishga, tarixiy voqealar harakterini ularning real mazmuni asosida, hozirgi 
zamon grafika san‟ati talablari kontekstida ochib berishga asosiy e`tibor 
qaratilgan. 
Shukurova Zebiniso Shuhratjon qizining “Grafik asarlar bajarishning ilmiy, 
ijodiy va metodik o`ziga xosligi” mavzusidagi magistirlik dissertatsiya ishi oliy 
ta`lim va o`rta maxsus ta`lim vazirligining magistrlik dissertatsiyalarini bijarishga 
qo`yilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman. 
Mazkur tadqiqotda Ishning asosnomasida mavzu muammosining o‟ziga xos 
dolzarbligi 
jihatlari 
ishonchli 
dalillar 
bilan 
asoslangan, 
muammoning 
o‟rganilganligi va ta‟lim jarayonidagi bugungi holati va uni zamonaviy talablar 
asosida tashkil etish ilmiy nuqtai nazardan talqin etilgan. 
Ishning shu tarzda ochiq himoyaga tavsiya etishni lozim deb topaman hamda 
dissertatsiyani yuqori saviyada tayyorlanganligini tasdiqlayman. 
Taqrizchi: B.B.Oripov. Namangan davlat pedagogika
instituti aniq va tabiiy fanlarni o’qitish 
metodikasi kafedrasi dotsenti.

Download 15.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling