Shukurullo mardonov umida zokirova
Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
11.6. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak
o‘qituvchilarni badiiy meros negizida ma’naviy-estetik tarbiyalashning nazariy-pedagogik va amaliy asoslari Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy-badiiy meros vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalashning nazariy, pedagogik va amaliy asoslari: uslubiy va pedagogik asoslar, konsepsiya va etakchi g‘oya; zaruriy glossariy; bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mezonlar, maqsad, vazifa, sabab, rag‘bat, mazmun va manbalari; o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ma’naviy-estetik tarbiyada inobatga olinadigan yosh xususiyatlari; psixologik-pedagogik shart-sharoitlar; tamoyillar, ularning o‘ziga xosligi va yo‘nalishi, umumiy qonuniyatlar, omillar; pedagogik jarayon (uning vazifalari, xususiyatlari, mohiyati, mazmuni) sanaladi. Pedagogik fanlarni o‘rganayotganda milliy-badiiy merosdan bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimi sifatida pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish lozim. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida ma’ruza bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy badiiy meros, abadiy qadriyatlar asosida 188 ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ajdodlar badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash shakllari, usullari, vositalari, o‘qitish usullari va uslublari turlicha bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar uchun ma’ruza materiallari bo‘yicha topshiriqlar, ma’naviy-estetik tarbiya tarkibdagi nazariy-pedagogik, amaliy-uslubiy ishlar aloqador-ligi va uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimizning badiiy merosidan “abadiy qadriyatlar” sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda “ijtimoiy maydon”, milliy san’at qadriyatlari sifatida foydalanishni taqozo qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash metodologiyasi, tushunchasi va etakchi g‘oyasi. Ajdodlarimizning milliy-badiiy merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda uslubiy va pedagogik asoslar quyidagilardan iborat: davlat ta’lim siyosatida ta’lim oluvchilarni ma’naviy trabiyalash to‘g‘risidagi metodologik qarorlar, Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlaridagi talabalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qoidalar; xalq pedagogikasida ta’lim konsepsiyasi; Sharqning buyuk mutafakkirlari, zamonaviy olim-pedagoglarning tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari; ta’lim nazariyasi - oliy ta’limda tarbiya, shaxs nazariyasi, motivatsiya asosda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya; pedagogika metodologiyasi - emotsional- hissiy darajadagi materialistik dialektika va anglash nazariyasi; tarbiya, psixologiya, pedagogika, estetika, san’atning zarur materiallariga kompleks yondashishga oid tegishli qoidalar, uslubiy va didaktik tamoyillar; bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash nazariyasining ushbu tarbiyaning kasbiy-shaxsiy amalga oshirish bilan bog‘liqligi hamda anglash va o‘zini o‘zi tarbiyalash empirik metodlarning o‘zaro bog‘liqligi; talabalarni kelgusi kasbiy-shaxsiy tarbiyaviy ishlarga – ma’naviy-esttetik tarbiyalash. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi quyidagi asosiy qoidalardan iborat: bo‘lajak pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalash oliy ta’lim tizimi uchun, shu jumladan, pedagogik ta’lim uchun juda muhim va dolzarb muammo; bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muhim ijtimoiy-pedagogik xarakterga ega, sababi dalat ta’lim siyosatida, Sh.M. Mirziyoyevning nutq va ma’ruzalarida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim oluvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy etuk 189 shaxs qilib tarbiyalashga ustuvor o‘rin berib kelinmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida (tizimida) (o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik va bir- birini to‘ldirish) amalga oshiriladi va bunda ajdodlarning milliy badiiy merosi - ma’naviy-estetik qadriyatlariga asoslanadi hamda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika, nazariy-pedagogik asoslar, ta’limdagi yangi yo‘nalishlar va innovatsiyalardan mo‘ljal olib, o‘zbek xalqining tarixiy- madaniy merosidan foydalanib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlash takomillashtiriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning etakchi g‘oyasi. Tarbiyaning asosiy qonunini “keksa avlodlarining ijtimoiy tajribasini majburiy va zaruriy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi, chunki u yosh avlodni jamiyat hayotiga qo‘shishni va avlodlar o‘rtasidagi davomiylikni, jamiyatni, shaxsni qo‘llab-quvvatlashni va har bir insonning muhim kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi” [141, 93]. Ushbu qonun asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy- estetik tarbiyalash tartibi, xususiyatlari va mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi, shaxsiy yondashuvi, pedagogika OTM talabalarini ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid etakchi g‘oyasi shakllantirildi: bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy-badiiy qadriyatlar asosida tegishli kasbiy va shaxsiy ma’naviy-estetik tarbiyalash omili sifatida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik tayyorgarligi takomillash-tiriladi. Kerakli glossariy (lug‘at) - bu aniq “konseptual makon”dir. Quyidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi va integratsiyalashtiriladi: “ma’naviyat: vazi falari, mohiyati”, “ma’naviyatning tuzilishi, uning tarkibiy qism- lari”, “ma’naviy hayot”, “ma’naviy rivojlanish”, “ma’naviy tarbiya”, “ma’naviy-estetik tarbiya”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy- estetik tarbiyasi”, “estetika”, “estetik qadriyat”, “estetik madaniyat”, “badiiy qadriyat”, “badiiy meros”, “abadiy qadriyatlar”, “milliy-badiiy meros”. Talabalar - bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning maqsadi, vazifalari, motivi, rag‘batlari, mazmuni, manbalari. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling