Shukurullo mardonov umida zokirova
XII BO‘LIM. JAHONDA PEDAGOGIKA FANINING
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
XII BO‘LIM. JAHONDA PEDAGOGIKA FANINING
RIVOJLANISHI Reja: 1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida ta’lim-tarbiya va maktab. 2. Qadimgi Yunon faylasuf olimlari (Suqrot, Platon, Arastu, Demokrit)ning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari. 3. G’arbiy Yevropada maktab, maorif va pedagogik fikrlar. Tayanch tushunchalar: Lakoniya, Attika, grammatist, kifarist, po lestra, gimnasiy, Efeb, demos, “Evristik” suhbat, cherkov, gildiya, prixod, monastir maktablari, O‘rta asr universitetlari. 12.1. Qadimgi Sparta va Afina davlatlarida ta’lim-tarbiya va maktab Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, qadimiy Sharqda ibtidoiy jamoa tuzumi emirilib, uning o‘rniga yangi quldorlik tuzumining paydo bo‘lishi moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solinishiga zamin yaratdi. Ayniqsa qadimiy Yunoniston (Gretsiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatiga, maorifiga ulkan hissa qo‘shganlar. Masalan: Xitoyda birinchi marta qog‘oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa er qurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va diqiqalarga bo‘lish o‘ylab topilgan. Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy chek- kasiga yaqin bo‘lgan joylarda O‘rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo‘li qurilgan. So‘ngra Markaziy Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochilgan. Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Bu esa o‘z navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Bizga ma’lumki, quldorlik formatsiyasi davrida qadimiy Sharq mamlakatlari orasida, ayniqsa Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta paydo bo‘lgan va rivojlangan. Yunoniston unchalik katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta 215 shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan. Bu ikki shaharda tarbiyaning o‘ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu tarbiya tizimi “Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo‘ldi. Lekin bu ikki shaharning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha edi. Shuning uchun ular bir- biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko‘zlar edi. Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Spartada dehqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu qullar mehnati evaziga asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. Shu sababli ular tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar edilar. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat, jismonan sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng “Agella” deb atalgan maktabda o‘qishgan. O‘qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi “pedanom” butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida bu maktabda o‘smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastik mashqlari: yugurish, sakrash, nayza otish, qo‘l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so‘zlashuv, madaniyat darsi, surdo darsi tashkil etilar edi. Qadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo‘lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar ham o‘rgatilgan. Bu mashg‘ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo‘lgan. Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomon- laridan biri yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Shu maqsadda yoshlar “Kreptiyalar”da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo‘lib ko‘ringan qullarni o‘ldirar edilar. 216 Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko‘rsatgan mardligi va jasurligi, qahramonlar haqida suhbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilar edi. Spartada 18-20 yoshga etgandan keyin maxsus “Efeblar” (Efeblar qadimgi Yunonistonda balog‘atga etgan o‘spirinlar) guruhiga o‘kazilgan. Bu guruhda bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o‘taganlar. Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘g‘il bolalar bilan qizlar birga qo‘shib o‘qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyini qo‘riqlash, qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tashi, qullarni itoat saqlashini ta’minlashi ko‘zda tutilgan, ular hatto jangda ham qatnashganlar. Qadimiy Gretsiyaning katta shaharlaridan biri Afinada esa hayot, tar tib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan bu- tunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari chek- lanib qo‘yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu erda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at, me’morchilik, haykaltaroshlik taraqqiy etgan edi. Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga qo‘shib olib borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash fakat feodallarning farzandlariga nasib etgan xolos. Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu erda grammatist, Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling