Shunday qilib birinchi ustunda vaqt oraliqlari, birinchi qatorda esa soʻzlashuvlar davomiyligi joylashadi
Download 0.75 Mb.
|
024-21 Axmedov X (2-shaxsiy topshiriq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKA
- KO`P O`LCHOVLI DISKRET TASODIFIY MIQDORLAR
- OLINGAN NATIJALAR XULOSASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “OLIY MATEMATIKA” KAFEDRASI EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKA FANIDAN KO`P O`LCHOVLI DISKRET TASODIFIY MIQDORLAR mavzusida bajarilgan AMALIY ISH-2 Bajardi: Kompyuter injiniringi yo`nalishi II kurs 024-21 guruhi talabasi Axmedov Xumoyun Toshkent–2023 KO`P O`LCHOVLI DISKRET TASODIFIY MIQDORLAR Har bir vaqt oraligʻiga tushgan soʻzlashuvlar davomiyliklarini sanashni Excel dasturlar paketi imkoniyatlaridan foydalanib, quyidagi jadvalga ega boʻlamiz: Ikki oʻlchovli tasodifiy miqdor taqsimot qonunini hosil qilish uchun barcha chastotalarni jami soʻzlashuvlar soni n=96 ga boʻlamiz, natijada lar hosil qilinib, quyidagicha taqsimot qonuniga ega boʻlamiz: Shunday qilib birinchi ustunda vaqt oraliqlari, birinchi qatorda esa soʻzlashuvlar davomiyligi joylashadi. X tashkil etuvchining taqsimot qonunini ikki oʻlchovli tasodifiy miqdor taqsimot qonunidan ajratib olamiz: Mos ravishda Y tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni ham xuddi shunga oʻxshash topiladi: Oldingi laboratoriya ishlarida diskret tasodifiy miqdor sonli xarakteristikalarini aniqlash koʻrib chiqilgan, shunga koʻra: X tasodifiy miqdor matematik kutilmasini formulaga asoslanib, Excel dasturlar paketidagi СУММПРОИЗВ buyrugʻidan foydalanib hisoblaymiz, undan qanday foydalanish oldingi laboratoriyada toʻxtalganmiz. X diskret tasodifiy miqdorni dispersiyasini formulaga asoslanib, Excel dasturlar paketidagi СУММПРОИЗВ buyrugʻidan foydalanib hisoblaymiz, undan qanday foydalanishga oldingi laboratoriyada toʻxtalganmiz. X diskret tasodifiy miqdorni oʻrtacha kvadratik chetlanishini topish uchun, topilgan dispersiyadan ildiz olamiz; Y tasodifiy miqdor uchun ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirib: MY, DY, larni topamiz. Kovariatsiya koeffitsiyentini aniqlash uchun, uni hisoblash formulasiga asoslanib, Excel dasturlar paketidan foydalanib topamiz, buning uchun СУММ va СУММПРОИЗВ buyruqlari kombinatsiyasidan foydalanamiz: Korrelyatsiya koeffitsiyentini aniqlash uchun Formuladan foydalanamiz, kerakli hisob-kitoblardan foydalanib, telefonda soʻzlashuv davomiyligi bilan sutka vaqti oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlaymiz: OLINGAN NATIJALAR XULOSASI Abonentni asosiy soʻzlashuvlari sutkani soat 10.00 bilan 19.30 oraligʻida toʻgʻri kelar ekan ( . Abonent oʻrta hisobda har safar 2.52 minut soʻzlashar ekan. Abonent soʻzlashuvlarining oʻrtachadan chetlanishi 3.22 minutni tashkil qiladi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti manfiy chiqqanligi uchun sutkada vaqtni oʻtishi bilan soʻzlashuvlar davomiyligi oʻrtasidagi bogʻliqlik yoʻnalishi teskari ekanligini anglatadi. Bu esa sutka oxirlagan sari soʻzlashuv davomiyligi qisqarib borishini anglatadi va aksincha qanchalik vaqtli boʻlsa, soʻzlashuv davomiyligi uzoqroq davom etishini anglatadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti miqdori 0.123 nolga yaqin miqdor boʻlganligi uchun, bu miqdorlar oʻrtasidagi chiziqli bogʻliqlik juda sust ekanligini anglatadi. Bu esa ular chiziqli boʻlmagan boshqa koʻrinishdagi bogʻliqlikka ega boʻlishini inkor etmaydi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling