Shunday qilib, tasavvur qilish jarayonini tadqiq kilish,tasavvurni inson faolligining ajralmas qismi sifatida xulosa chiqarishga imkoniyat yaratib beradi


Download 27.61 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi27.61 Kb.
#1538493
Bog'liq
2......111111 reja


2.1. Modulli –kompetentli yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoni mazmuni va mantiqiy tuzilmasi.
Ta’lim sohasida “mutaxassis “ tushunchasini oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida o’qitishda ta’limning yo’nalishi va mantiqiy tuzilmasini kategoriya sifatida nazarda tutiladi va bu modellashtirish, loyihalashtirish,konstruksiyalash ,bashorat qilish kabi tushunchalar bilan qo’llaniladi.
O’ylaymizki bo’lajak o’qituvchi kasbiy-pedagogik faoliyatning ushbu turlarini amalga oshirishni bilmog’i lozim: ta’lim va tarbiya,ta’limga oid pedagogik faoliyat ,o’quv metodik ishlar,tashkilotchilik va boshqaruv faoliyati ,ilmiy-tadqiqot faoliyati va ma’naviy –marifiy ishlar.
Talabalarning – bo’lajak o’qituvchilarning o’quv-ijodiy faoliyatida ayrim predmetlarning fazoviy xossalarini anglash muhim ahamiyat kasb etadi va uni bilish natijasida idrok kilish jarayonida jarayonlarning shakli, tuzilishi,qo’llanishi va boshka xossalarini bilib olish xisobiga ta'lim jarayonining qurilishi shakllanadi.
Shunday qilib, tasavvur qilish jarayonini tadqiq kilish,tasavvurni inson faolligining ajralmas qismi sifatida xulosa chiqarishga imkoniyat yaratib beradi. U muammoli vaziyat mavjud bo’lgan joyda va vaqtda yangi yechimni qayerdan qidirib topish zarurligida vujudga keladi. Tasavvur individual bo’lib, shaxsning umumiy yo'naltirilganligi bilan bog’lik va uning amaliy faoliyatida ayniqsa faol bo'lib ko'zga tashlanadi.. Biz tasavvur qilish - aloxida xissiy ta’sirchanlik yaratuvchi qiziqishlar bilan faollashadi va shaxsning extiyojlariga asoslanadi, deb xisoblaymiz. Talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun o’quv jarayonini tashkil etish katta axamiyatga ega bo’ladi, bunda faoliyat mashaqqatli mehnat ko’nikma va malakalarini beruvchi miqdoriy jixatdan oz-ozdan to’planib, ma’lum vaqtda yanada yuqori va sifatli pog'onani egallaydi.
O’ylaymizki , Modul ta’limiga xos xususiyatlaridan biri – ta’lim jarayonini jadallashtirishdan iborat . Ta’lim jarayonini jadallashtirish: 1) modul ta’limi tamoyillariga muvofiq o‘quv axborotini “tig'izlashtirish”;
2) ta’lim davrida “tig'izlashtirish” yo‘li bilan o‘quv jadvalini moslashtirishdan iborat.
O‘quv jarayonini tashkil etishda mashg‘ulotlarni haftalik modulli rejalashtirish va talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash samarali deb belgilanadi. Unga ko‘ra bitta o‘quv moduli (2-3 ta ma’ruza, tegishli ravishda seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari) bir haftaga rejalashtirilib, talabalar bilimini testlar, sinov topshiriqlari yordamida baholash bilan tugallanishi lozim .
N.A.Muslimovning fikricha” Talabalarga bilim berish, ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi asosida didaktik jarayonni bir butun xolda loyixalash yotadi. Ta’lim soxasiga «loyixalash» tushunchasining kiritilishi bir kator metodologik muammolarni xal kilish bilan boglik, jumladan, fan atamalarining kengayishiga bulgan zarurat, ayrim an’anaviy kategoriyalar xakidagi tasavvurlarning kayta kurilishi, ularning bir-birlari bilan uzaro munosabatlarining zarurligi va x.k.[10]
Pedagogik loyixalash pedagogning kasbiy faoliyat turi ekani shaxsan N.V.Borisova,V.P.Bespalko, G.A.Lebedeva, V.M.Monaxov, V.I.Orlov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Bizning fikrimizcha, shuni ta’kidlash kerakki, kator psixologik-pedagogik ishlar “rejalashtirish”, “oldindan ko'ra bilish “, “konstruksiyalash” loyixalashni ko'zda tutadi. Loyixalashning bunday aniqlangan tushunchalari bilan bir qatorda uning to’la va anik ta’rifini keltirishga harakat qilamiz .
Ilmiy psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarda loyixalashning quyidagi variantlardagi ta’rifi uchraydi.
N.V.Borisovaning fikricha, loyixalash - bu ta’lim berish jarayonlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan faoliyat deb ta’kidlaydi. Keltirilgan ta’rifga asosan, pedagogik loyixalash ta’lim jarayoni sharoitlarida amalga oshiriladigan va uning samarali ishlashiga va rivojlanishiga yo’naltirilgan faoliyatdan tashkil topadi. Oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisining bunday faoliyati dolzarb muammoni xal etish extiyoji bilan asoslangan va ijodiy xarakterga ega. Uning natijasi pedagogik ob’ekt modeli bo’lib, u tizimli xossalarga ega, pedagogik kashfiyotga tayanadi, chunki uning asosida muammoni yangicha xal etish usuli yotadi va foydalanishning mumkin bo’lgan yechimlarini tadbiq etadi.
Xar qanday pedagogik ta’lim amaliyotda xar doim xam to’la amalga qo’llanavermaydi. Pedagog loyixalashtirgan ba’zi jarayonlar, xodisalar tasodifiy omillarning ta’sir etishi natijasida uning nazoratida ushlab turolmaydi. Shu sababli uning joriy etilishini ta’minlaydigan barcha elementlari, konstruktiv bo’g’inlari va shartlarini sub’ektlari sifatida individual xususiyatlarining ko’p omilligiga asosan sanab chiqish va tavsiflash haddan tashkari murakkab bo'ladi. Masalan, o’quv mashg’ulotida talabalar motivatsiya darajasining yetarli emasligi ularning qizikishlariga, extiyojlariga mos o’qitish shakllari va metodlarini qullash xamda ukuv materialini takdim etishdagi ishlari bilan tuzatish mumkin.
Bashoratlash (prognoz) loyixalashtirishdan bir qator muhim farklarga ega. Bu, eng avvalo, loyixalashtirish bilan parallel ravishda amalga oshiriladigan ob’ektning rivojlanish istiqbollarini tizimli tadqiq qilishdir. Bashoratlashning bosh maqsadi bo’lajak ob’ektning xarakteris tikalarini tavsiflash,loyixalashtirishning bosh maqsadi esa uni ko’rishdir. Birinchisining natijasi bo’lajak ob’ektni abstrakt tasvirlash, ikkinchisi ning natijasi esa uning batafsil qurilishidir. Bashorat borlikka muvofiklikka, loyixa esa belgilangan maksadga muvofiqlikka asoslanib baxolanadi.[11]
Bizning fikrimizcha bashorat qilishdan farqli ravishda loyihalashtirish usuli orqali bo’lajak o’qituvchi ta’limdan ko’zlangan aniq bir maqsadga erishishi mumkin.
Bundan tashkari, V.V.Kraevskiy va I.Ya.Lerner kayd etganlaridek, «Loyixa –o’qituvchining o’z bo’lajak faoliyati haqidagi tasavvuridir. Bunday tasavvur elementlarining hammasi xam rejaga kiritilavermasligi mumkin va shunday bo’lishi xam kerak. Axborotning bir qismi uning pedagogik ongida qoladi. Loyixalashtirish pirovard natijada o’z aksini rejada topadi» [12]
O’ylaymizki bo’lajak o’qituvchi loyihalashtirish jarayonida tuzilgan rejalar asosida faoliyatini tashkil etishi mumkin ,lekin u kutilmagan vaziyatlarni ham hisobga olmog’i kerak.
N.A.Muslimov fikricha , Oliy ta’lim muassasasi ukituvchisining o’quv faoliyatini loyixalashtirish mantig’i eng umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:
- o’qitishning didaktik maksadlarini aniklash, kutilayotgan
didaktik natijani o’lchanadigan parametrlarda tavsiflash;
- o’qitish mazmunini mutaxassisning bo’lajak kasbiy faoliyati
doirasida asoslash;
- o’quv materiali mazmunining strukturasini, uning axborot
sig’imi va shuningdek, uning elementlari orasidagi ma’naviy
bog’lanishlarni aniqlash;
- o’qitishning jarayoniy tomonini ishlab chiqish: talabalar
o’zlashtirishlari lozim bulgan kasbiy tajribani bilish va uni amaliy vazifalar tizimi ko’rinishida ifodalash;
- bu tajribani o’zlashtirishning maxsus didaktik tomonlarini, yakka tartibli (individual) va jamoaviy o’quv faoliyatining maqbul metodlari, shakllari va vositalarini izlash;
- talabalar bilan sub’ekt-sub’ekt munosabatlari darajasida uzlashtirilayotgan tajribani yangi faoliyat soxalariga ko’chirish maqsadida pedagogik o’zaro ta’sirni tashkil etish mantig’ini
aniqlash;
- o’quv dasturini o’zlashtirish sifatini nazorat qilish.[13]
Aytilgan fikrlardan kelib chiqiladiki, pedagogik loyixa pedagogning amallari ketma-ketligi sifatida yuqorida ko’rsatilgan tartibda mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb muammosini xal etish imkonini yaratib beradi va oliy ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotida ommaviy foydalanish uchun ko'pgina imkoniyatlarni beradi.
Talabalarning kreativ kompetentliklarini shakllanishi esa “ta'lim dasturlarini buyurtma asosida konstruksiyalash”, “ pedagogik metodlar va usullar “ kabi kompetentlik ixtisoslik fanlarida seziladi, ya’ni talaba o’quv dasturida ko’rsatilgan turli metod va vositalarning yangi model larni yarata oladi.
Bunda ta'lim turiga, ma'lumotlarning tarkibiga, yo'nalishi va ixtisosligiga, shuningdek, zamonaviy ta'lim vositalariga qarab model eskizlarini chizadi berilgan vazifani ijodiy yondashib xal etadi. Talaba uz fantaziyasiga ega bo’ladi. Bu jarayonda talaba ta'lim yangiliklari va zamonaviy texnika, texnologiyalarni amalda qo’llay oladi va yaratilgan modellar asosida mustaqil ravishda pedagogik jarayonni tashkil eta oladi.
Demak,boshlang'ich ta’lim yo’nalishida mutaxassislik fanlari dan mashg’ulotlarni olib borishda talabalarning kasbiy kompetentliklari bo’lib xisoblangan texnologik, loyixalash va kreativlik kompetentliklari shakllantirib borish muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida bildirilgan muloxazalardan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish maqsadida boshlang'ich ta’lim yo’nalishida taxsil oladigan talabalar uchun “pedagogika tarixi va nazariyasi”, “ta'lim dasturlarini buyurtma asosida konstruksiyalash” va “ talabalarni buyurtma asosida tayyorlash mutaxassislik fanlari bo’yicha o’qitish texnologiyasi loyixalandi va amaliyotga joriy qilindi.
O’qitish texnologiyasini tanlashda ularni mezonlarini ko’rib chikish lozim bo’ladi. Mezonlardan biri - metodlarning didaktik qoida- larga mos bo'lish shartidir. Keyingi mezon esa – metodlar mazmunining ta’lim maqsad va vazifalarini ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va o’stirish bilan mosligi uchun xizmat qilishidir.
Ta’lim metodlarini tanlashning uchinchi mezoni – metodlar mazmuni ta’lim mazmuniga mos kelishidir. Mazmunlardan biri induktiv metod orqali yaxshi yoritib berilishi, boshqasi esa -
deduktiv muammoli izlanish metodini qo’llash boshka bir dars
jarayoni uchun to’g’ri kelmasligi xam mumkin. Metod tanlashning
mezonlaridan biri o’quv jarayonini tashkil qilish shakllari,umumiy guruh, guruh va yakka tartibdagi ishlar uchun ta’limning
turli metodlaridan foydalanish muhimdir. Ta’lim metodini tanlashda o’qituvchi o’z imkoniyatlari va pedagogik bilim darajasiga asoslangan xolda ta’lim metodini tanlasa, bu orqali yuqori darajadagi o’quv tarbiya natijalariga erishilishi mumkin bo’ladi.
N.A.Muslimovning fikricha: Har bir metod boshqa bir metod yordami bilan qo’llaniladi. Masalan, reproduktiv va muammoli-izlanish metodi, suxbat, ko’rgazmalar, amaliy faoliyat yordamida qo’llaniladi. Shu navbatda suxbat, ko’rgazmali va amaliy faoliyat metodlari xam reproduktiv yoki izlanish metodlari orqali qo’llanilishi mumkin.[14]
Boshlang'ich ta’limi bakalavriat yo’nalishida ishlab chikilgan o’quv uslubiy majmualar o’quv texnologiyalari kompleks integrativ tizim sifatida tadqiq etilgan. U o’z ichiga ko'plab yo’l-yuriq va xarakatlarni tartibli tarzda jamlagan bo’lib, pedagogik yo’naltirilgan maqsadlarni amalga oshirish, uning mazmundor informatsion predmetli va protsessual jixatlarini, bilimlarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan, kasbiy maxorat va talabaning shaxs sifatida shakllanishini ta’minlovchi o’quv maksadlarini bajaradi.
Boshlang'ich ta’limi o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasini o’ziga xosligini rivojlantirishda kognetiv faoliyat texnologiyasiga ko’ra, bo'lajak o'qituvchi uslubini yaratish maxoratini xam kreativ texnologiya katoriga kiritish mumkin. Bu yerda talabalar vizual emas, balki tasodifiy loyixalash materiali bilan ish yuritadilar.
Ijod qilishga intilish L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra, ijodiy faoliyatni tasavvur qilish to’g’ridan-to’g’ri insonning mavjud tajribalarining boyligi va serkirraligiga bog’likdir.
Bu tajriba shunday materialki, ulardan fantaziya vujudga keladi.[15]
Demak, yukoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, mashg’ulotlar jarayonida o’qituvchining vazifasi talabalar faoliyatini shunday tashkil qilishdan iboratki, ular imkon boricha o’zlarining umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari, talabalarda berilgan vazifalarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirishga inlishni tashkil etishidir. Ushbu bosqichda tushuntirish ishlaridan, metod va didaktik vositalardan tortib yakunigacha bo’lgan jarayon talabalar kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.
Talaba shaxsini anik metodikalar asosida doimiy urganish
ta’limda samarali natijalarga olib keladi. Bu borada olib
borilayotgan nazariy va amaliy ishlarni eng avvalo, talabaning kizikishlarini, uning extiyojlari, ishtiyoki va idealini
urganish kabi xususiyatlar talabaning borlikka, ijtimoiy xayot
vokea-xodisalariga, jamiyatga, jamoaga, boshka shaxslarga xamda uz-uziga munosabatlarini anglatadi. Demak, talabalarning
urab turgan olamga munosabatini, yuzaga kelgan muammolar
yechimini tugri xal kilishi va turli vaziyatlardan chikib ketishi uchun uning kompetentligini shakllantirish xususiyatlariga xam e’tiborimizni karatishimiz zarur.
Oliy ta’lim ukituvchiga butun xayoti davomida tayanch ma’lumotiga kunshmcha ravishda maxsus kunikma va malakalarni egallab
borishga va ularni ta’lim oluvchilar bilan ishlash jarayonida
kullashga, u^itUvchining kasbiy-ijodkorlik imkoniyatlarini
amalga oshirishga va shu orkali kasbiy kompetentliligini doimiy
ravishda oshirib borish imkonini beradi.
Demak, yukoridagi fikrlardan shuni aytish joiz buladiki,
bulajak kasb ta’limi ukituvchilarini kasbiy kompetentligini
shakllantirishda insonning ijodkorlik faoliyati, ijodiy fikrlashining asosiy unsurlari shakllanishi darajasi katta ta’sir
k>fsatadi va $kituvchilik faoliyatining sermaxsul bulishiga olib
keladi.
Download 27.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling