Shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash


Download 0.57 Mb.
bet2/30
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
612.19 Akbarova M fizika labarato\'riya

ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Ishning nazariy qismi puhta o’zlashtiriladi.

  2. Shakldagidek sxema tuziladi (tuzilgan sxemani to’g’riligi o’qituvchiga tekshirtiriladi).

  3. Qarshilik magazinidan eng katta qarshilik R=6000-8000 Om olinadi, shu holatda K1 ulanadi. Galvanometr strelkasining ko’rsatishi yozib olinadi.

4. Shunt qarshiligidan 100 yoki 200 Om qarshilik olinadi (Rsh) va kalit K2 ulanadi. Galvanometr strelkasi dastlabki holatga kelguncha qarshilik magazinidan qarshilik kamaytiriladi. Bu kamaygan qarshilik R­1 bo’ladi.
5. Topilgan qiymatlarni (4) formulaga qo’yib, galvanometrni Rg qarshiligi topiladi. Shunt qarshiligini va qarshilik magazinidan olingan eng katta qarshilik qiymatlarini o’zgartirib tajribani bir necha marta takrorlash mumkin.
NAZORAT SAVOLLAR

  1. Zanjirning bir qismi va butun zanjir uchun Om qonunini yozib, so’ngra tushuntiring?

  2. Kirxgofning 1 va 2 qonunlarini tushuntirib bering?

  3. Ishchi formulani keltirib chiqarilishini tushuntiring?

  4. Shunt va uning qo’llanilishini ayting?



JAVOBLAR:
1–Savolga javob: Zanjirning bir qismi va butun zanjir uchun Om qonunini yozib, so’ngra tushuntiring?
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Bir jinsli (chetki kuchlar mavjud bo’lmagan) metal o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichdagi kuchlanish tushuvi(U)ga to’g’ri proporsional,o’tkazgichning elektr qarshiligi(R) ga teskari proporsionaldir. I =U/R
Butun zanjir uchun omqonuni:
Ushbu E=U+Uich,tenglikka zanjirning bir qismi uchun om qonunidan
U=I*R;Uich=I*r ni qo’ysak,
E=I*R+I*r=I*(R+r) ni olamiz.Bundan:
I =E/R+r
Shunday qilib ,ZANJIRDAGI TOK KUCHI, MANBA ELEKTR YURITUVCHI KUCHNING ZANJIR TASHQI VA ICHKI QISMLARI QARSHILIKLARI YIG’INDISIGA NISBATIGA TENG.Bu butun zanjir uchun OM qonunidir.
Om qonuniga ko’ra ,zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo’lsa,tok kuchi shuncha katta bo’ladi.Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi,negaki ichki qismida I*r kuchlani ortadi : U=E-I*r

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling