Shuxratjon Nosirov


Download 37 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi37 Kb.
#1272207
Bog'liq
Shuxratjon Nosirov


Shuxratjon Nosirov” nomli meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik klasteri tashkil etish to‘g‘risida
Shaharda mavjud yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish mahsulotlar yetishtirishda innovatsion texnalogiyalrni keng joriy etish, oziq-ovqat xafvsizligini ta`minlash, aholiga sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, ichki bozorlarda mahsulotlar narxi barqarorligi ta`minlash eksport salohiyatini yuksaltirish, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida
QAROR QILAMAN:

  1. Shahar hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shahar Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, shahar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining shaharda meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

  2. Shaharda meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik klasteri tsshkil etilsin.

  3. Shaharda tashkil etiladigan meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik klasteriga briktirilgan fermer xo‘jaliklari ilovaga asosan tasdiqlansin.

  4. Meva-sabzovotchilik va kartoshkachilik klasterlariga:

ikki kun muddatda klaster korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
uch kun muddatda tijorat banki hisob raqam ochish;
bir hafta muddatda klasterning muxr va shtamplarini olish;
kartoshka ekish uchun yerlarni sifatli tayyorlash, sug‘orish tarmoqlarini tozalash;
ilovada ko‘rsatib o‘tilgan fermer xo‘jaliklariga yuqori repoduksiyali urug‘lik kartoshkani yetkazib kelish vazifalari yuklatilsin.

  1. Shahar Qishloq xo‘jaligi bo‘limi ikki hafta muddatda meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik klasteri bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasin.

  2. “Agrokimyohimoya” XAJ shahar filiali va “Farg‘onaneftbaza” MChJ Oltiariq filiali klaster bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mavsumda zarur bo‘ladigan mineral o‘g‘it, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlarini aniqlab, ularni yetkazib berishbo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini tashkil etsin.

  3. Quvasoy shahar hokimligi klasterga yer maydoni ajratish, shartnomalarni muvofiqlashtirish hamda tashkiliy agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bersin.

  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X.Xoldarov va Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Niyozov zimmasiga yuklatilsin.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling