Shveysariya Konfederatsiyasi Schweizerische Eidgenossenschaft
Download 163.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Shveysariya - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shveysariya Konfederatsiyasi Schweizerische Eidgenossenschaft
Shveysariya Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285 km². Aholisi 7,997 mln. kishi (2012). Poytaxti Bern shahri Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi. Shveysariya Konfederatsiyasi Schweizerische Eidgenossenschaft (olm.) Confédération suisse (frs.) Confederazione Svizzera (ital.) Confederaziun svizra (rum.) Confoederatio Helvetica (lot.) Bayroq Gerb Shior : "Unus pro omnibus, omnes pro uno" Madhiya : Schweizerpsalm (Cantique suisse) (Salmo svizzero) Poytaxt Bern Eng katta shahar Zürich Rasmiy til(lar) nemis, fransuz, italyan va retroman Hukumat Federativ Respublika Maydon • Butun 41 285 km 2 km 2 • Suv (%) 4.2 Aholi • 2016-yilgi roʻyxat 8,401,120 ( 99-oʻrin ) • Zichlik 202 kishi/km 2 Pul birligi Frank ( 1 frank = 100 rappen ) Vaqt mintaqasi UTC +1 • 1-avgust Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidur. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan. Sh. — federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874-yil 29 mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻʼtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtlokdari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoklarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor. • Yoz ( DST ) UTC +2 Download 163.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling