Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти


Download 192 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi192 Kb.
#1176616
  1   2   3
Bog'liq
2-LABORATORIYA MASHG`ULOTI USLUBIY KO`RSATMA


2 – laboratoriya ishi


Uch mushtchali patronga o’rnatilgan zagatovkani o’q bo’ylab o’rnatish xatoliklarni aniqlash.
Ishni maqsadi: Uch mushtchali patronga ishlov berish aniqligini analitik hisoblash yo’li yoki jadval tuzish va o’lchamlarni egri chiziq taqsimoti tuzish yo’li yoki to’g’ri geometrik shaklidan og’ish egri chizig’i qurish yo’li bilan tekshirish.


Kerakli jihozlar: 1. Detallar to’plami (partiyasi) ning soni 50…100 ta.
2. Mikrometr: o’lchash chegarasi; 0-25 mm; 25-50 mm.
Uslubiy ko’rsatma

Detallar to’plamiga sozlangan stanoklarda ishlov berilgan paytda tasodifiy xatoliklar ta’siri natijasida har bir zagotovkaning haqiqiy o’lchami tasodifiy kattalik bo’lib, ma’lum oraliqlar chegarasida har xil qiymat qabul etishi mumkin.


O’zgarmas sharoitda ishlangan detallar haqiqiy o’lchamlari qiymatlarining yig’indisi, o’sib (kattalashib) borish tartibi bo’yicha joylashtirilishi va shu o’lchamlarning takrorlanishi (nisbiy takrorlanishi) detallar o’lchamlarining taqsimoti deyiladi.
Detallar to’plamining o’lchamlari taqsimotini jadval yoki grafiklar ko’rinishida ham berish mumkin. Amalda detallarning haqiqiy o’lchamlarini oraliqlarga yoki razryadlarga shunday qilib bo’ladilarki. Bunda o’lchash xatoligini kompensatsiya qilish uchun oraliq bo’lagining qiymati, o’lchov asbob shkalasi bo’lagining qiymatidan bir qancha kattaroq qilib olinadi.
Nisbiy takrorlanish, bu holda haqiqiy o’lchamlari shu intervalga tushgan detallar sonini, o’lchangan zagotovkalar to’plamining umumiy soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Agarda, absissa o’qi bo’ylab o’lchamlarning intervallarini joylashtirilsa, ordinata o’qi bo’ylab ularga mos keluvchi takrorlanishlar yoki nisbiy takrorlanishlar joylashtiriladi, natijada gistogramma taqsimoti deb ataluvchi pog’onalik chiziq hosil bo’ladi.
Agarda, har bir oraliqning o’rtasiga to’g’ri keluvchi nuqtalarni ketma-ket o’zaro birlashtirilsa empirik egri chiziq taqsimoti yoki maydon taqsimoti deb ataluvchi kesik egri chiziq hosil bo’ladi.
Zagotovkalarga har xil sharoitlarda ishlov berishda ularning haqiqiy o’lchamlarining taqsimlanishi (yoyilishi) ham turli matematik qonunlarga bo’ysunadi, ammo mashinasozlik texnologiyasida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan qonunlar quyidagilardir:

  1. Tabiiy taqsimot qonuni Gauss qonuni)..............................

  2. Ekssentrisitet qonuni ( Reley yoki Maksivell qonuni).3,44 ; 5,25

  3. Teng ehtimollik qonuni……… ………….2 = 3,46

  4. Simpson (teng yonli uchburchak) qonuni… .2 = 4,90

  5. Yuqorida sanalgan qonunlar kombinatsiyasi.

Sozlangan stanoklarda ishlangan detallarning haqiqiy o’lchamlarining taqsimlanishi. Кo’pincha tabiiy taqsimot qonuniga bo’ysunadi. Bu holatning nazariy tushunchasini markaziy ehtimollik limit teoremasi -Lyapunov teoremasini beradi.
Tabiiy taqsimot egri chiziq tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:

P1= (1)



bu yerda: - dispersiya (o’rtacha kvadratli og’ish)
Ao’r- matematik kutish (detallar to’plamining aniqligiga ko’ra berilgan detallar to’plamining haqiqiy o’lchamlarining o’rtacha arifmetik qiymati).
X – yo’nalishdagi koordinata (yo’nalishdagi haqiqiy o’lcham).
m- takrorlanish (berilgan o’lchamlar oralig’idagi detallar soni).
N-tanlangan zagotovkalarning miqdori (zagotovkalar to’plamining umumiy soni).



1-rasm

Grafikdan ko’rinib turibdiki, egri chiziq absissa o’qiga asimptotik yaqinlashadi va ±3 dan X=Ao’r masofada absissa o’qiga shunday yaqin keladiki, bu chegarada egri chiziq bilan o’ralgan maydonning umumiy satxini 99,73% ini tashkil qiladi, Shuning uchun amalda egri chiziq cho’qqisidan uning tarmoqlari (uchlari) absissa o’qi bilan ±3 masofada kesishadi deb hisoblanadi (1- rasm).


«A» kattalik tasodifiy kattalikning guruhlanish (yig’ilish) markazini ko’rsatadi, « » kattalik esa bu guruhlanish qanchalik zich o’tayotganligini ko’rsatadi, qaysiki bu ( ) detallar to’plamining aniqligiga qo’llanilishi bo’yicha aniqlik o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Agar detallar to’plami o’lchamlarini hisoblab -o’rta kvadratik og’ish miqdori aniqlansa, uning yordamida nazariy taqsimot egri chizig’ini qurish imkoniyati tug’uladi. Buning uchun egri chiziqning burilish nuqtalari a, b va shu egri chiziq cho’qqisining ordinata o’qi bo’yicha balandliklarni topish kifoya.

Ymax= 1/ 0,4/ (2)


Ya = Yb =Ymax / 0,24 / (3)
Sozlangan stanoklarda ishlangan detallar to’plamining aniqligini matematika statistikasi bo’yicha aniqlash, detallar to’plamining o’lchamlar yoyilish maydoni, chizmada belgilangan o’lchamlar qo’yimi bilan taqqoslashga olib kelinadi va o’lchamlari belgilangan qo’yim ichiga kiruvchi zagotovkalar soni aniqlanadi.
Detallar to’plamining aniqligini statistic tahlil qilishning umumiy usuli quyidagiga keltiriladi.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling