Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти
Download 235.74 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-LABORATORIYA MASHGULOTI USLUBIY KORSATMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Jihozlar va ko’rgazmali qurollar
1 5-Laboratoriya ishi Keskichning yeyilishini ishlov berish masofasiga bog’liqligini aniqlash 1. Ishning maqsadi Yig’uv texnologik sxemalarini variantlarini tuzib chiqish va ularning tahlili. Yig’ma birliklarni sxemalar bo’yicha yig’ish ko’nikmalarini hosil qilish. 2.Jihozlar va ko’rgazmali qurollar: a).Qismning (uzelning) umumiy ko’rinishi [Ishchi chizmasi 2-rasm] va texnik talablari. b). Metallda bajarilgan qism (uzel). v). Slesarlik – yig’uv asbob komplekti. 3.Nazariy qism Texnologik jarayonni ishlab chiqishdan avval, mashina yig’ish ketma- ketligini to’g’ri belgilash qulay bo’lishi uchun yig’uv texnologik sxemasi tuziladi. Yig’uv sxemalarini tuzishning bir nechta tamoyillari ma’lum. Bulardan biri ko’rgazmaga ega eng sodda va qulayrog’ini prof. V.M. Кovan taklif etgan sxemadir. Har xil yig’iluvchi element (uzel, uzel bo’lagi, detal) uchta katakka bo’lingan to’g’ri to’rtburchak va kataklar o’lchamlari barcha yig’uv elementlari uchun bir xilda bo’ladi. Кataklarga detalning nomi, raqami, yig’uvda qatnashayotgan soni yoziladi (1–rasmga qarang). 1-rasm. Qaysi elementdan yig’uv boshlansa o’sha elementni baza detal deb ataymiz. Detal yoki uzel (birikma) baza element bo’lishlari mumkin. Yig’uv sxemasini tuzish uchun qog’ozda to’g’ri chiziqli kesma o’tkaziladi (kesmaning uzunligi yig’iluvchi elementlar soniga bog’liq). Кesmaning uchlariga 2,4-rasmda ko’rsatilgandek kataklarga ajratilgan to’g’ri to’rtburchaklar chiziladi. 2-rasm. Chap tomondagi to’g’ri to’rtburchak – baza element, o’ng tomondagi to’g’ri to’rtburchak – yig’ilgan mahsulotni ifodalaydi (masalan; yig’ilgan reduktor 2- rasm). 2 So’ngra qaysi tartibda yig’ish kerak bo’lsa – sxemada to’g’ri to’rtburchaklar o’sha tartibda joylashtiriladi. Alohida detallar birlashtiruvchi chiziq ustiga, birikma – qismlar esa shu chiziq pastiga chiziladi. Yig’uv texnologik sxemasining misoli 4-rasmda ko’rsatilgan. Yig’uv sxemasini tuzishda uzelni guruh va guruhchalarga bo’lish qulayroq bo’ladi. 1-guruh deb, mahsulotga bevosita kiruvchi uzelga aytiladi. 2-guruh deb, mahsulotning 1-guruhiga kiruvchi uzelga aytiladi va h.k. Oxirgi guruh faqat detallarga ajralib ketadi. Shuningdek turli tartibdagi guruhlarga ajratadi (4- rasmdagi misolni ko’ring). Xuddi shunga o’xshash “Tartibli yig’ma birliklar”ga ajratish usuli ham qo’llaniladi. Bu usulda birinchi tartibli yig’ma birlik bevosita buyum (mahsulot) tarkibiga kiradi. Ikkinchi tartibli yig’ma birlik esa birinchi yig’ma tarkibga kiradi va h.k. n-tartibli yig’ma birlik faqat alohida detallarga ajraladi. Bu holda buyumning (mahsulotning) o’zi no’linchi yig’ma birlik hisoblanadi. Mahsulotning murakkabligiga bog’liq holda yig’ish sxemasi katta yoki kichik darajadagi kattalashganlikda tuzilishi mumkin. Кattalashtirilgan sxema, bevosita mahsulotga kiruvchi uzellar va detallar oralig’idagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu holda uzellarni yig’ish uchun alohida sxemalar tuziladi. Ayrim hollarda texnologik sxema yozuv ko’rsatmalar bilan ta’minlanadi. Masalan: surik bilan moylang, solidol bilan to’ldiring, bosim bilan o’tqazing, valsovkalang, mahkamlang va boshqalar. Yig’uv texnologik sxemalari ma’lum darajada texnologik jarayon ishlab chiqishni soddalashtiradi. Yig’uv sxemalarini tuzishda yig’uv jarayonini murakkablashtiruvchi turli bog’liqsizliklar ayon bo’ladi va xatoliklar topiladi. Texnologik sxema, texnologik jarayon ishlab chiqilgunga qadar mashinani uzellarga ratsional ajratish imkonini beradi, qaysiki ularning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda yig’uvni ta’minlashga yordam beradi. Yig’uv sxemasi o’lcham zanjirlarini tahlil qilish uchun hamda qurilmalarning texnologiya bopligini baholash uchun qo’llanishi mumkin. Download 235.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling