Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 440 Kb.
bet38/75
Sana21.04.2023
Hajmi440 Kb.
#1372281
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Iogann Cebastyan Bax ijodi.

Beshinchi simfoniya.


Do minor tonalligida yozilgan beshinchi simfoniya 1808 yilda yozib tugatilgan bo’lib Betxoven simfoniyalari orasida eng mashhuri hisoblanadi. Asosiy g’oyaning aniq va ravshan ko’rsatib berilishi simfoniyaning shuhratiga sabab bo’ldi.
Simfoniya mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: "Zulmatdan - yorug’likka, kurash orqali - g’alabaga". Betxoven bu to’rt qismli asarning ham yaxlitligiga, qisimlarning bir biri bilan uzviy bog’liqligiga erishgan. Insonning yovuz takdir bilan olib borgan kurashi va g’alabasini mahorat bilan tasvirlagan. Simfoniya to’rt tovushdan iborat bo’lgan dahshatli kirish mavzusi bilan boshlanadi. Bu mavzuni kompozitor "Taqdir shunday eshik qoqib keladi", - deb ta’riflagan. Bu mavzu simfoniyaning hamma qismlarini bog’lab turuvchi vositadir. Ekspoziciyadagi bosh mavzu dahshatli kirish mavzusini rivojlantiradi. Yordamchi mavzu esa lirik xarakterda. Uni inson mavzusi deb hisoblash mumkin. Birinchi qismda yovuz taqdir mavzusi ko’p marta takrorlangani va rivojlantirilgani vaqtincha taqdir kurashda ustunlikka erishganligini ko’rsatadi.
Ikkinchi qism musiqasi xarakteri bilan birinchi qismdan farq qiladi. Jangovar chaqiriqlarning eshitilib turishi yangi kurashlarga tayerlanayotgan inson obrazini tasvirlaydi. Ikkinchi qism musiqasi variaciyalar shaklida yozilgan.
Simfoniyaning uchinchi qismi Skerco deb atalsada, musiqa fojiali va hayajonli xarakterga ega. Kurash yangidan boshlanganligi ko’rsatilgan. Uchinchi va oxirgi to’rtinchi qismlar o’rtasida tuxtalish yo’q.
Sonata allegrosi shaklida yozilgan to’rtinchi qism-final musiqasi tantanali, bayram kayfiyatini ifodalaydi. Buning uchun Betxoven orkestr tarkibiga yangi sozlar - kichik fleyta va trombonlarni ham kiritgan. Musiqa kurashda taqdir ustidan g’alaba qozongan insonni ulug’laydi.


Tayanch so’zlar.
1. Skerco - italyancha so’z "Hazil" degan ma’noni bildiradi. Quvnoq xarakterdagi kuyning nomi. Syuita va partitalarning tarkibiy qismi bo’lgan. Betxoven sonata va simfoniyalarining uchinchi qismini «skerco» deb atagan.
2. Marsh - frantsuzcha so’z "Yurish" degan ma’noni bildiradi. Ko’pchilikning bir xilda yurishiga yordam beruvchi musiqiy janr.
3. Kontrdans - frantsuzcha va inglizcha so’z "Qishloqcha raqs" degan ma’noni bildiradi. Qadimiy ingliz raqsi.
4. Marsiya - turli sharq xalqlarida folklor janri. Aza, motam marosimlarida ijro etiladigan lirik she’r yoki qo’shiq.



Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling