Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.59 Mb.
bet5/75
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1494349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti

Tayanch iboralar:

1. Klavesin - fortepiano sozidan avval keng qo’llanilgan klavishli chertma cholg’u sozi.


2. Organ - dunyodagi eng katta cholg’u sozi asosan cherkovlarda o’rnatilgan.
3. Polifoniya - ko’p ovozli musiqa. Musiqa yaratish uslubi.


Nazorat savollari:

1. Bax ijodini necha davrga bo’lib o’rganiladi?


2. Polifoniya uslubi haqida gapirib bering.


Topshiriqlar:

1. Berilgan ma’ruza bo’yicha konspekt yozing.


2. Klavesin va organ cholg’u sozlari haqida "Musiqa lug’ati"dan kerakli maqolalarni o’qing.


Adabiyotlar:

1 .I.Proxorova. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1985.


2. Muzikalnaya entsiklopediya. M.1976. T1.statya "I.S.Bax".


Mavzu: I. S. Baxning klavesin ijodi.


Reja:

1. Klavesin sozi haqida.


2. Baxning klavesin ijodiga xarakteristika.
3. Baxning klavesin asarlari.


Bayoni:

Klavesin cholg’u sozi Baxning eng sevimli cholg’u sozlaridan biri bo’lib, u butun hayoti davomida shu soz uchun asarlar yozgan. O’zi o’sha davrning eng mohir klavesin ijrochilaridan biri edi.


Klavesin sozi XVI-XVIII asrlarda nihoyatda keng tarqalgan bo’lib, zamonaviy fortepianoning ajdodi edi. Bu klavishli torli chertma soz bo’lib, klavish bosilganda parranda patidan yasalgan plektr kerakli torni chertar va shu orqali tovush chiqar edi. Tovush yangroq, ammo tez so’nar va unda kuychanlik etishmas edi. Klavesinda forte yoki piano chalish ham qiyin edi. Shuning uchun XVIII asr o’rtalarida fortepiano sozi kashf etilgach, klavesinga e’tibor susaydi.
Hozirgi kunda Baxning hamma klavesin asarlari fortepianoda ijro etiladi. Kompozitorning bu soz uchun yozgan asosiy asarlari ijodining ikkinchi davriga, ya’ni Kyoten davriga to’g’ri keladi. Ularda Bax klavesinning eng yaxshi xususiyatlarini namoyish qildi. Bu asarlarni ijro etish uchun katta texnika va ijrochilik mahorati kerak. Ko’pchilik asarlarni kompozitor pedagogik maqsadlarda yozgan. Uning o’g’illari va boshqa o’quvchilari shu asarlarni chalib klavesinda ijro etishni o’rganganlar. Misol tariqasida "Kichik prelyudiya va fugalar", "Ikki va uch ovozli inventsiyalar", "Ingliz syuitalari", "Frantsuz syuitalari" kabi asarlarni keltirish mumkin. Bu asarlar hozirgi kunda ham musiqa maktablari va san’at kollejlari o’quv dasturlaridan joy olgan.
Boshqa klavesin asarlari "Italyancha kontsert", "Yaxshi sozlangan klavesin", "Fuga san’ati", "Xromatik fantaziya va fuga" kabilar ancha murakkab bo’lib, ular yuksak darajadagi badiiy asarlardir. Bax klavesin asarlarining bahzilariga izoh beramiz.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling