Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.59 Mb.
|
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: B
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA SHAHAR SAN’AT KOLLEJI «MUSIQA NAZARIYASI» KAFEDRASI «HORIJIY MAMLAKATLAR MUSIQA ADABIYOTI» FANIDAN MA’RUZALAR MATNI Farg’ona –2005 yil. «Horijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti» fanidan yozilgan mazkur ma’ruzalar matni o’quvchilarga G’arbiy Yevropa mamlakatlari musiqa madaniyati, musiqiy oqimlar, uslublar va yetuk kompozitorlar ijodi haqidagi ma’lumotlarni beradi. Muallif: B. R. Yakubov – Farg’ona san’at kollejining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi o’qituvchisi. Taqrizchilar: M. Mahmudova – Farg’ona san’at kollejining «Musiqa nazariyasi» kafedrasi o’qituvchisi. D. Oripova– Farg’ona San’at kollejining «Musiqa nazariyasi» kafedrasi o’qituvchisi. Ma’ruzalar matni «Musiqa nazariyasi» kafedrasida 2002 yilning 30 avgustida 1–sonli yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan. Kirish. «Horijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti» san’at kollejlarida o’tiladigan asosiy fanlardan biridir. Bu fanni o’tish uchun har bir mutaxasisliklar uchun ishlab chiqilgan o’quv rejalarida soatlar ajratilgan. Mazkur fanni o’tish, musiqa san’ati borasida sifatli mutaxasislar tayyorlash jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Fan bo’yicha yozilgan ushbu ma’ruza matnlari orqali o’quvchilarga XVIII–asrdan XX–asrgacha G’arbiy Yevropa mamlakatlari musiqa san’atida o’rin tutgan asosiy oqimlar, uslublar, yirik Yevropa kompozitorlarining hayoti va ijodi haqidagi bilimlar beriladi. Kompozitorlarning asosiy asarlarini tahlil qilish va o’rganish ham muhim vazifalardan biridir. Matnlarni yaratishda shu kungacha mavjud bo’lgan rus tilidagi adabiyotlardan foydalanilgan. Har bir ma’ruzadan so’ng tayanch iboralar, nazorat savollari, topshiriqlar va adabiyotlar ro’yxati berilgan. Ba’zi mavzularda o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test savollari ham ilova qilindi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling