Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.59 Mb.
bet7/75
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1494349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti

Italyancha kontsert.

Kontsert janr sifatida birinchi marta Italiyada paydo bo’ldi. U erda XVII asrda skripka ijrochiligi nihoyatda rivojlangan bo’lib, yakka skripka ijrosi uchun uch qismli kontsertlar yozilar edi. Bax ana shu kontsertlarga taqlid qilib klavesin uchun kontsert yozdi. Unga "Italyancha" deb nom berdi. Kontsertning bunday deb atalishiga boshqa asos ham bor. Bax kontsertni yaratishda Italyan skripka san’ati ustalari A.Vivaldi, A.Korelli, D.Tartinilarning ijodiy uslublariga ham taqlid qilgan. "Italyancha kontsert" fa major tonalligida yozilgan bo’lib, uch qismdan iborat. Uning birinchi va uchinchi qismlari tez sur’atda, o’rta qismi esa sekin sur’atda yozilgan. Shuning uchun qismlar musiqasi xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi. Birinchi qism Allegro. Musiqa nihoyatda yorqin, engil, sho’x, quvnoq xarakterda Kompozitor musiqa bezaklari bo’lgan trel va mordentlarni juda ustalik bilan ishlatgan.


Ikkinchi qism Andante. Musiqa g’amgin, lirik kayfiyatda. Uni eshitganda kech kuz paytidagi tabiat manzaralari kishining ko’z o’ngida gavdalanadi.
Uchinchi qism Presto. Juda tez sur’atda ijro etiladigan musiqa. Shod–hurramlik, tantanali kayfiyat sezilib turadi.
Italyancha kontsert Bax klavesin ijodining eng ajoyib namunasidir. Kontsertning uchchala qismi ham gomofoniya uslubida yozilgan. Ko’p ovozli uslubga xos bo’lgan xususiyatlar deyarli uchramaydi.
Tayanch iboralar:

1. Plektr - grekcha so’z, "urmoq" degan ma’noni beradi, klavesin sozida torni chertuvchi moslama.


2. Inventsiya - lotincha so’z "kashfiyot" yoki "o’ylab topilgan narsa" deb tarjima qilinadi. Baxning ko’p ovozli uslubda klavesin uchun yozgan oddiy asarlari.
3. Kontsert - lotincha so’z "musobaqa" degan ma’noni beradi. 1)Tomosha. 2) Musiqiy janr, asar.
Nazorat savollari.

1. Klavesin cholg’u sozi haqida so’zlab bering.


2. Nima uchun Baxning 48 prelyudiya va fugasi "Yaxshi sozlangan klavesin" deb nomlangan?
3. Frantsuz syuitalariga qanday raqslar kiradi?


Topshiriqlar:

1. Berilgan ma’ruza matni bo’yicha konspekt yozing.


2. "Italyancha kontsert" asaridan musiqiy mavzuni chalib o’rganing.


Adabiyotlar:

1. Proxorova I.Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1985.


2. V.Galackaya. Muzikalnaya literatura zarubejnqx stran. M.1970.
3. Muzikalnaya entsiklopediya. M.1975 T1.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling