Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet17/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar:



  1. Orkestr - grekcha so’z "orxestra". Qadimgi grek teatrida sahna oldida xor joylashgan o’rin - degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda orkestr musiqa ijrochilarining katta jamoasi.

  2. Simfoniya – grekcha so’z, tovushlar uyg’unligi, mosligi, degan ma’noni bildiradi. Simfonik orkestr uchun yoziladigan yirik shaklli asar.

Nazorat savollari:

1.Simfonik orkestrda qanday guruhlar bor?


2.Har bir guruhdagi sozlarni sanab bering.
3.Simfonik orkestr tarkibini tuzgan kompozitor kim?


Topshiriqlar:



  1. Berilgan ma’ruza asosida konspekt tayyorlang.

  2. Simfonik orkestr ijrosi uchun yoziladigan asarlar ruyxatini tuzing.



Adabiyotlar:

1. Kniga o muzike. M.1988. 72-90 str.


2.S.Gazaryan. V mire muzikalnix instrumentov. M.1985.
3.Muzikalniy entsiklopedicheskiy slovar. M.1991.


Mavzu: Iosif Gaydn ijodi.
(1732-1809)


Reja:

1. Iosif Gaydn - klassik kompozitor. Vena klassik maktabining namoyondasi.


2. Gaydnning hayoti va ijodiy yuli.


Bayoni:

Iosif Gaydn - buyuk avstriyalik kompozitor. U Vena klassik maktabi namoyondalaridan biri. Gaydn juda katta, mashaqqatli ijod yo’lini bosib o’tdi va juda ko’p asarlar muallifi sifatida tanildi. U 100 dan ortiq simfoniyalar, 24 ta opera, 70 ta torli kvartet, fortepiano uchun 52 sonata va boshqa cholg’u sozlari uchun juda ko’p asarlar yozdi. Shular orasida simfoniyalar, kvartetlar va fortepiano sonatalari kompozitorning yetuk, mukammal asarlari hisoblanadi.


Gaydnni simfoniya va kvartet janrlarining asoschisi deb hisoblaydilar. Bunday asarlar Gaydngacha ham ko’plab yozilgan. Lekin aynan Gaydn ijodida bular klassik (namunali) janrlarga aylandi. O’z asarlarida kompozitor xalq kuylaridan keng foydalandi. Ularga yorqinlik, hayotga muhabbat kabi xarakterlar xos. Ularning shakli ham mukammaldir. Shu xususiyatlar Gaydn musiqasini klassik musiqa (namunali) deb atalishiga huquq beradi.
O’z asarlarida kompozitor o’sha davr kishilarining his tuyg’ulari, uy-fikrlari va kayfiyatini ko’rsatib berdi. Bizning davrimizda ham kompozitor asarlari nihoyatda katta qiziqish bilan ijro etiladi va tinglanadi.
Iosif Gaydn 1732 yilda Vena yaqinidagi Rorau qishlog’ida aravasoz usta oilasida tug’ildi. Dastlabki musiqa savodini uyida o’rgandi, chunki ota-onasi musiqa san’atidan bohabar kishilar bo’lgan. Gaydn juda yoshligidan boshlab xalq kuylari va xilma-xil qo’shiqlar ta’sirida tarbiyalandi. Bu narsa keyinchalik uning ijodini turli xalqlar musiqasi bilan bog’liqligini belgiladi. Bolalik chog’larida Gaydn Venadagi muqaddas Stefan cherkovi xorida kuyladi, musiqadan darslar oldi, skripka va fortepiano chalishni o’rgandi. Ammo 13 yoshida ovozi yo’g’onlashib buzila boshlagach, cherkov xoridan chiqarildi. Gaydn Vena ko’chalarida uysiz, joysiz og’ir hayot kechirishga majbur bo’ldi. Ko’chalarda skripka chaldi, arzimagan haq evaziga musiqa darslari berdi. Bu qiyinchiliklarga qaramay tinimsiz o’qib o’rgandi va o’z mahoratini oshirdi, mashhur kompozitorlar asarlarini tahlil qilib o’rgandi. Vena ko’chalarini kezib yurib venger, chex, xorvat, ukrain va boshqa xalqlarni qo’shiqlarini yozib oldi va o’rgandi. Shuning uchun Gaydn asarlarida bu quvnoq va hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan qo’shiqlarga xos xususiyatlarning sezilib turishi bejiz emas.
1761 yilda yosh, ammo taniqli kompozitorga aylangan Gaydnni boy knyaz Estergazi o’z hizmatiga taklif qildi. Gaydn kapelmeyster (dirijyor) bo’lib ishlashi, orkestr va xonandalarga rahbarlik qilishi, knyaz talabi bilan opera, kvartet, simfoniya va boshqa asarlar yozishi kerak edi. O’jar knyaz ertangi kunga yangi asar yozib tayyor qilishni buyurar edi. Shunda o’tkir qobiliyat va mehnatsevarlik Gaydnga doim yordam berardi. Shu taxlitda kompozitor 30 yil hizmat qildi. Gaydn mahorati shu yillar davomida yetuklikka erishdi. Kompozitor nomi butun Yevropa mamlakatlariga tanildi va mashhur bo’ldi. Ammo Gaydnga ozodlik etishmasdi va u knyazga tobe edi. 1791 yilda keksa knyaz vafot etdi. Uning vorisi orkestrni tarqatib yubordi, ammo 60 yoshli Gaydnga pensiya tayinladi. Chunki taniqli kompozitor uning ixtiyorida bo’lishini xoxlardi. Bu narsa kompozitorga ozodlik berdi va u kontsert faoliyatini boshladi. Butun Yevropa mamlakatlari bo’ylab dirijyor sifatida kontsertlar berdi. Ingliz qirolichasi uni Angliyaga taklif qildi va kompozitor ikki marta Angliyaga borib katta muvafaqqiyatlar bilan kontsertlar berdi. Shu davrda yozilgan 12 ta simfoniya "London simfoniyalari" deb nom olgan. Venaga qaytayotib Gaydn yosh Betxoven bilan uchrashdi va muloqatda bo’ldi. Keyinchalik Venada unga kompoziciyadan darslar berdi. Hayotining so’nggi yillarida Gaydn oratoriya janrida ijod qildi va "Yil fasllari" hamda "Olamning yaratilishi" nomli ikkita oratoriya yozdi. "London simfoniyalari" va oratoriyalar Gaydn ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Kompozitor 1809 yilda Venada vafot etdi.
Gaydn ijodiy merosi juda keng. U barcha mavjud janrlar va shakllarda asarlar yozgan. Uning o’lmas, umrboqiy asarlari hozirgi kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Ular ko’pchilik musiqa ijrochilari repertuarlaridan va millionlab musiqa ixlosmandlarning qalbidan o’rin olgan. Gaydn ijodi o’zidan keyingi ijodkor avlodlar uchun mahorat maktabi bo’lib qoldi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling