Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.56 Mb.
|
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Mavzu : Motsartning simfonik ijodi. Rejasi
Tayanch iboralar.
1. Bariton - grek tilidan tarjima qilinganda past tovushli,og’ir ton - degan ma’noni beradi.1.Erkaklarning ovoz tembri.2.Misdan ishlangan puflab chalinadigan cholg’u sozi. 2. Cenzura - matbuot va ommaviy axborot vositalarini davlat yo’li bilan nazorat qilish. Shu ish bilan shug’ullanuvchi tashkilot. Cenzura G’arbiy Yevropada 15 asrda paydo bo’lgan. Nazorat savollari. 1. "Figaroning to’yi" operasi qaysi adabiy asar asosida yozilgan? 2. Uvertyura musiqasi qanday xarakterda? 3. Glyuk va Motsartning operaga oid qarashlarida qanday farq bor? Topshiriqlar. 1. "Figaroning to’yi" operasidan uchta musiqiy mavzuni chalishni o’rganing. Adabiyotlar. 1. A.Eynshteyn. «Motsart» Lichnost. Tvorchestvo.M.1977. 2. G.Chicherin. Motsart.Issledovatelskiy etyud.L.1987. Mavzu: Motsartning simfonik ijodi. Rejasi: 1. Motsartning simfonik ijodiga xarakteristika. 2. 40-simfoniya. Bayoni. Motsart butun ijodiy yo’li davomida simfonik orkestr uchun asarlar yozgan. Bu soxa kompozitor ijodining muhim tarkibiy qismidir. Orkestr ijrosi uchun yozilgan 41 ta simfoniya, divertismentlar, serendalar, marshlar va raqslar Motsartning simfonik ijodini tashkil qiladi. Shubhasiz, simfoniyani kompozitor asosiy janr deb hisoblagan. Kompozitor 8 yoshida yaratgan dastlabki simfoniyalarda I.X.Bax asarlarining ta’siri sezilib turadi. Keyinchalik Gaydn yaratgan klassik simfoniya qonuniyat-larini chuqur o’zlashtirgan Motsart bu borada yuksak natijalarga erishdi. Birinchi simfoniyalar xali yosh kompozitor o’z uslubini topmaganligini ko’rsatadi. Ular syuita, serenada, divertismentga yaqin bo’lib turkumdagi bir umumiy mavzu va yaxlitlik sezilmaydi. Lekin bu asarlarda kompozitorning o’sib, rivojlanib borayotgan qobiliyati va ijodiy salohiyatini sezish mumkin. Nihoyatda chiroyli kuylar, musiqiy fikrni orkestr vositalari orqali ifodalashdagi yangilik va o’ziga xoslik bu fikrni isbotlaydi. O’zining qisqa ijodiy yo’li davomida Motsart bir paytning o’zida ham operalar, ham simfoniyalar yaratish ustida ishlagan. Shuning uchun bunday turli janrdagi asarlarning xususiyatlari bir-biriga ta’sir o’tkazganini ko’rish mumkin. Ya’ni Motsart operalarining musiqasni simfonik rivojlanish uslublari bilan boyitgan, simfoniyalar musiqasi esa operaga xos bo’lgan kuylash san’ati, kuychanlik xususiyatini o’zida mujassamlashtirgan. Motsart 1788 yil yozgan uchta oxirgi simfoniyasi (№39, №40, №41) eng yetuk va barkamol asarlar bo’lib, kompozitorning bu janrdagi izlanishlarining natijasi, to’plagan bilimlari va boy tajribasining yorqin namunasidir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling