Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet27/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar.

1. Divertisment - frantsuzcha so’z "ko’ngil xushlik", hursandchilik degan, ma’noni beradi. Sho’x, quvnoq xarakterdagi musiqiy asar.




Nazorat savollari.
1. Motsart simfonik orkestr uchun qanaqa asarlar yozgan?
2. 40-simfoniyaning birinchi qismidagi asosiy musiqiy mavzularni ta’riflab bering?


Topshiriqlar.

1. 40-simfoniya haqida so’zlab bering.


2. 40-simfoniyadagi asosiy musiqiy mavzularni yodlang.


Adabiyotlar.

1. I. Proxorova. Muzikalg’naya literatura zarubejnix stran. M. 1985.


2. Muzikalg’niy entsiklopedicheskiy slovar. M. 1991.

Mavzu: V. A. Motsartning fortepiano ijodi.


Rejasi:

1. Motsartning fortepiano ijodiga xarakteristika.


2. Lya major sonatasi.


Bayoni.

Motsartning serqirra ijodiy faoliyatida fortepiano uchun yozilgan musiqa muhim o’rin egallaydi. Dastlab klavesin, keyinchalik fortepiano Motsartning sevimli cholg’u sozi bo’lib, uning bu sozdagi ijrochilik san’ati yuksak darajada edi. Yakka fortepiano uchun yozilgan asarlardan tashqari fortepiano va orkestr uchun yozilgan 27 ta kontsert, fortepiano qatnashgan ansambl asarlari: triolar, kvartetlar, kvintetlar, fortepiano va skripka uchun yozilgan sonatalar – Motsartning yetuk, hayotbaxsh musiqasining yorqin namunasidir.


Motsartning fortepiano asarlariga baho berishda ulardagi kuychanlik xususiyatining yuqori darajada ekanligi e’tiborni tortadi. Italyan opera san’atiga xos bo’lgan bel kanto (go’zal, chiroyli kuylash) uslubini ham vokal, ham cholg’u musiqasini yaratishda qo’llash - Motsartning asosiy ijodiy va ijrochilik principlaridan biri edi. Ma’lumki, torli-kamonli sozlar tabiatan kuychan tovushga ega, klavesin tovushi esa tez so’nar edi. Kuychanlikka erishish uchun kompozitor tovush uzilishi bilan bog’liq muammoni katta mahorat bilan hal qilgan.
Yakka fortepiano uchun Motsart sonatalar, rondolar, variaciyalar yozgan. Bu asarlar aniq musiqiy shakllarda yaratilar edi. Ulardan tashqari kompozitor erkin shakllarda fantaziyalar ham yozganki, ular Motsartning fortepianoda improvizaciya (badiha) qilish san’ati bilan bog’liq.
Fortepiano uchun yozilgan 19 ta sonata Motsart fortepiano ijodining asosiy qismidir. Dastlabki sonatalar musiqasida kompozitorlardan F. E. Bax, I. X. Bax, I. Shobertlar uslubining ta’siri seziladi. Keyinchalik kompozitor bu borada ham o’z uslubini yaratdi. Sonatalar dramatik mazmunining boyligi, yorqin dinamik qarama-qarshiliklarning doimiyligi, tovush ifodaliligiga alohida e’tibor berish, yuksak darajadagi texnik mahorat – Motsart uslubiga xos xususiyatlardir.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling