Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet43/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar.



  1. Miniatyura – turli cholg’u sozlari uchun yoziladigan kichik musiqiy pesa.

  2. Ekspromt – fortepiano uchun yoziladigan badiha uslubi qo’llanilgan musiqiy asar.

Nazorat savollari.



  1. Nima uchun Shubertning 8–simfoniyasi «Tugallanmagan» degan nomga ega?

  2. Simfoniya musiqasining umumiy xarakteri qanaqa?

  3. Bu simfoniyani Betxoven simfoniyalaridan farqi nimada?



Topshiriqlar.



  1. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.

  2. «Tugallanmagan simfoniya» ning birinchi qismidan bosh va yordamchi mavzularni yodlang.

Adabiyotlar.



  1. Konen V. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. Tom 3. M 1976.

  2. Chyornaya E. «Franc Shubert» M. 1964.



Mavzu: Feliks Mendelson Bartoldi ijodi.
(1809-1847)
Rejasi:

1.F. Mendelson - X!X asr nemis musiqa madanyatining yorqin vakili.


2.Mendelson ijodiga xarakteristika.


Bayoni:

F.Mendelson X!X asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk kompozitor, dirijyor, pedagog, marifatparvar, musiqa sanatining targ’ibotchisidir. Uning ijodi nemis musiqa madaniyatidagi yorqin hodisalardan biri bo’lib, o’zida o’sha davrdagi badiiy yuksalishni aks ettirdi. Mendelsonning kompozitor, dirijyor, fortepiano ijrochisi, pedagog, tashkilotchi sifatidagi serqirra faoliyati marifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Qisqa hayoti davomida tinimsiz ijod qilgan kompozitor juda katta badiiy meros qoldirdi. Bo’lajak kompozitorning istedodi juda tez rivojlandi. Olti yoshida onasidan fortepiano chalishni o’rgangan bola o’n uch yoshga kelib ajoyib asarlar yaratgani uchun uni «musiqiy mo’jiza» deb atadilir. Ustozlari: kompozitor K.Celter va fortepiano ijrochisi P.Bergerning samarali mehnati, o’sha davrning buyuk allomalari Gyote, Gegel, Geyne va Veber bilan bo’lgan doimiy muloqot Mendelson istedodining rivojlanishida va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynadi.


Musiqa sanatining jonkuyar targ’ibotchisi sifatidagi faoliyatini Mendelson yigirma yoshida boshladi. 1829-yilning 11 martida Berlinda uning tashabbusi va rahbarligida I.S.Baxning buyuk asari «Strasti po Matfeyu» ijro etildi. Bu tadbir vafotidan keyin xech kim eslamagan, deyarli unutib yuborilgan I.S.Bax ijodiga katta qiziqish uyg’otdi. Keyinchalik Bax asarlarining doim ijro etilishi va to’la nashr etilishida Mendelsonning ulkan hissasi bor. Keyingi yillarda u Germaniyaning boshqa shaharlari - Dyusseldorf va Leyptsigda ham katta kontsert jamoalari rahbari bo’lib ishladi. Koncertlar dasturiga o’tmishdagi buyuk kompozitorlarning unitilgan va kam ijro etiladigan asarlarini kiritdi, shu bilan birga zamondosh kompozitorlarning ijodini ham targ’ib qildi. Musiqiy talim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Mendelson 1843-yilda Leyptsig shahrida Germaniyadagi birinchi konservatoriyani ochdi.Bu rejani amalga oshirish yo’lida turli qiyinchiliklar va to’siqlarni engdi. O’sha davrdagi ilg’or qarashlarga ega bo’lgan taniqli kompozitorlar va ijrochilarni konservatoriyada ishlashga jalb qildi. Bu o’quv dargohi ko’plab musiqa sanatining targ’ibotchilarini etishtirdi va bu ham Mendelsonning targ’ibotchi va pedagog sifatidagi ulkan hizmatidir. Uning bu tashabusidan keyin Germaniyaning boshqa shaharlari Berlin, Kyoln va Shtutgartda ham koservatoriyalar ochildi.
Mendelson qizg’in kontsert va pedagogik faoliyatini olib borar ekan, ijodiy ishini ham to’xtatmadi. Turli janrlarda ajoyib asarlar yaratdi va kompozitor sifatida ham katta shuhrat qozondi. Uning ilg’or, pragressiv intilishlari ijodda ham o’z aksini topdi.
Mendelsonning musiqasining asosiy fazilatlaridan biri uning keng ommaga tushinarliligidir. Uning sanati barcha demokratik kayfiyatda bo’lgan musiqa ixlosmandlarining badiiy didiga mos edi. Asarlaridagi mavzular va obrazlar o’sha davr nemis madanyati bilan uzviy bog’liq bo’ldi. Ayniqsa milliy sheriy folklor, zamonaviy sheriyat va adabiyotdagi obrazlar Mendelson asarlarida o’z aksini topdi. Kompozitor xalq qo’shiqlariga ayniqsa katta qiziqish bilan qaragan. Uning ko’plab asarlarida, ayniqsa romanslarida nemis xalq qo’shiqlariga xos bo’lgan xususiyatlarni uchratish mumkin.
Mendelson o’z ijodida klassik kompozitorlarning ilg’or ananalarini davom ettirgan. Ammo romantizm davrining ijodkori bo’lgani uchun asosan lirik kayfiyatdagi romantik obrazlarni yaratdi. U nozik did bilan insonning ichki dunyosini ifodalash, tabiatning ulug’vor manzaralari va xalq hayotini tasvirlashning katta ustasi edi. Xalq qo’shiqchilik uslubi bilan bog’liq bo’lgan yorqin kuychanlik, raqs elementlarini doim qo’llash, shaklning aniqligi Mendelson uslubiga xos xususiyatlardir.
Mendelson yaratgan asosiy asarlar quyidagilar:
Simfonik orkestr uchun 5 ta simfoniya va 6 ta uvertyura, fortepiano va orkestr uchun 2 ta kontsert, skripka va orkestr uchun kontsert, fortepiano uchun 48 ta «So’zsiz qo’shiqlar», uchta oratoriya, ikkita trio va 7 ta kvartet, 80 dan ortiq qo’shiqlar va hokazo.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling